holatidagi
rayonlari. Buyuk Britaniya
iqtisodiyoti ayrim sanoat regionlari o‘rtasida keskin farq bilan harakterlanadi.
Buyuk Britaniyada norasmiy ma’lumotlarda, na ilmiy ishlarda aniq
qaysi
rayonlar
depressiv rayonlar ekanligi
haqida
qat’iy
bir xulosa aytilmaydi. Rasman «taraqqiy
etayotgan rayonlar» ajratib ko‘rsatiladi. Ya’ni davlat rag‘batlantirayotgan xo‘jalik
ob’ektlari joylashgan territoriyalar. Odatda ularga Shimoliy rayon, Shotlandiya,
Uels, Shimoliy-G‘arbiy rayon kiritiladi.
(Depressiv)-turg‘un rayonlar
qoloqligiga
quyidagi
sabablar ko‘rsatiladi:
yangi va yangilik yetarli rivojlanmagan sharoitda «eskirayotgan sohalar»
ga ixtisoslashish;
an’anaviy sanoat sohalari va sust rivojlangan infratuzilmasi va xizmat
sohalariga
qaramlik
;
107
katta bozorlar va
qarorlar
qabul
qilinadigan
markazdan uzoqligi;
shu
holat
va depressivlik oqibatida «yomon investitsion muhit».
Depressiv - turg‘un rayonlarning sohaviy tarkibi. Shotlandiya - ko‘mir
qazib
olish,
qora
metallurgiya, kemasozlik, og‘ir mashinasozlik, to‘qimachilik sanoatiga
ixtisoslashgan. Shimoliy dengizda neftga boy ochiq konlar ko‘p. Bular regionda
ximiya va neftni
qayta
ishlash korxonalarini rivojlantirish imkonini beradi. 90-
yillar oxiridan boshlab Shotlandiyada TMK-transmilliy korporatsiya nazorat
qiluvchi
elektron sanoati rivojlana boshladi.
Uels – ko‘mir
qazib
olish va
qora
metallurgiya rayonga TMK katta
qiziqish
bilan
qarayapti
20% chet el
qo‘yilmalari
Uelsga yo‘naltirilayapti.
Shimoliy rayon-ko‘mir
qazib
olish salmog‘i yuqori,
qora
metallurgiya,
og‘ir mashinasozlik, kemasozlik, ximiya sanoati taraqqiy
qilgan
. Sanoatining katta
qismi
sharqiy rayonda jamlangan. Shimoliy rayonda NIOKRning zaif bazasi
saqlanib turibdi, rivojlangan xizmat sohasi, malakali ishchi kuchlari yo‘q.
Shimoliy-
g‘arbiy
rayon to‘qimachilik sanoati, ko‘mir
qazib
olish,
qora
metallurgiya, kemasozlik, mashinasozlik rivojlangani bilan harakterlanadi.
Xo‘jalikning katta
qismi
ikki aglomeratsiyada-Liverpul va Manchesterda
jamlangan.
90- yillardan boshlab depressiv rayonlarda yangi sohalar rivojlana
boshladi: elektronika va radioelektronika, avtomobilsozlik, aviatsiya priborsozligi
va boshqalar. Ammo biroq ko‘rsatilgan rayonlarda ommaviy ishlab chiqarish
joylashgan bo‘lsada, boshqaruv va ilmiy bo‘linmalar mamlakatning janubida
jamlangan.
Shunday
qilib
, Buyuk Britaniyada mintaqaviy
(
regional) ijtimoiy-iqtisodiy
disproporsiya mavjud. Bu esa ularni yumshatish uchun davlat siyosatining
zururligini taqozo etadi: yangi shaharlar, sanoat va ilmiy parklar, inqiroz
(
krizis)
rayonlariga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etilishi zarur.
Yordam kerak bo‘lgan ma’lum
hududlarda
qo‘yidagi
ko‘rsatkichlar
hisobga
olinadi: ishsizlik darajasi, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, yangi
ish o‘rinlari yaratish istiqbollari.
Hududiy
siyosatning asosiy maqsadlari. – eski sohalarni tez almashtiruvchi
sohalarga moslashtirish. Ularda butun depressiya rayonlari iqtisodiyoti joylashgan.
80-yillar boshigacha, «rivojlantirish rayonlari» ga boshqa
hududlardan
yirik
kompaniyalarni jalb etishga zo‘r berilgandi. Eng avval Janubiy Sharqiy,
shuningdek TMK lar jalb
qilindi
. Bunga
qo‘shimcha
to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy
imtiyozlar yo‘li bilan,
ham
infratuzilmani taraqqiy ettirish yo‘li bilan erishildi.
90 - yillarda kichik biznesni rivojlantirishga urg‘u berildi. Ammo kichik
firmalar axborotlar va zarur kapitalga, malakali ishchi kuchlarga, salmokli
buyurtmachilar va boshqalarni talab
qiladigan
alohida «ishchi muhit» ga muhtoj.
Shu sabab, ya’ni aholi va yirik sanoatlar joylashgan markazlardan olisdalik kichik
biznesni rivojlantirishiga imkon bermadi.
Buyuk Britaniyada aholi zich
hududlardan
depressiv rayonlarga ularning
migratsiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan. G‘arbiy
Midlenddan va Janubi-Sharkdan (nisbatan rivojlangan rayonlar) «rivojlanayotgan
108
rayonlar»ga kompaniyalarni o‘tkazish ma’qullandi. Ayni paytda Janubiy-Sharqiy
rayonlarda yangi
qurilishlar
cheklandi.
Hozirgi
paytda regional dasturni
qo‘llab
-
quvvatlash
uchun «tadbirkorlik
zonasi» yaratilayapti. Bu uncha katta bo‘lmagan yer uchastkasida sanoat va tijorat
korxonalari
qurish
va imtiyozli shartlar bilan barpo etilayapti. Yer va mulk
solig‘idan 10 yilga ozod
qilinadi
, malakali kadrlar bepul tayyorlanadi.
Xukumat moliyaviy yordamini tanlab ko‘rsatayapti: yangi loyihalar
qo‘llab
-
quvvatlanadi
,
qudratli
ishlab chiqarish, sifatli tovar va xizmatlar va nihoyat
fantalab loyihalar ma’qullanayapti.
Davlat fantalab korxonalarga loyihani amalga oshirishda minimal zarur
mablag‘lar ajratayapti. Yordam 30 yil muddatga
qarz
sifatida beriladi. Yangi
korxona barpo etishda yer sotib olishni
qoplash
uchun 1 ming funt-sterlingacha
qarz
olish mumkin.
Buyuk Britaniyaga mintaqaviy
(
regional) siyosatni amalga oshirish uchun
YEI mamlakatlariga a’zoligi yordam berayapti. YEI «rivojlanayotgan rayonlar»da
kompaniyalarga ko‘mak berayapti, yordam loyiha
qiymatining
20-30 % atrofida
rayon «kategoriyasi» ga
qarab
belgilanadi.
Mamlakatda regional siyosat YEI ning turli fond va muassasalaridan
to‘ldirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning Yevropa fondida mintaqaviy
taraqqiyot kvotasi (1975 yilda tuzilgan) 21,4 dan 28,5% gacha uning summasi
kattaligida.
Buyuk Britaniya fondi tashkil etilganidan buyon 3 mlrd. f. sterlingdan
ziyodroq mablag‘ oldi, uning 800 mln. f-st ga yaqini Shotlandiyaga, 450-Uels va
Shimoliy rayonga, 400 mln. f-st. Shimoliy-G‘arbiy rayonga kelib tushdi.
Mablag‘lar asosan fonddan grafliklar va okruglarga turli xil infratuzilma ob’ektlari
barpo etish uchun sarflandi. Ayni paytda e’tibor mintaqaviy
rivojlantirish dasturiga
qaratilmoqda
: bu
holda
harajatlar fonddan davlat harajatlarini 55 % gacha
qoplaydi
.
Yevropa ijtimoiy fondi o‘zining mablag‘larining katta
qismini
«rivojlanayotgan rayonlar» ga yo‘naltirmoqda. U harajatlarni 50 % gacha
to‘layapti. Natijada ishini yo‘qotganlarni o‘qitish, xo‘jalik va sanoatni
qayta
qurish
, ularni ishga joylashtirishga yordam berayapti.
Yevropa investitsion banki «rivojlanayotgan rayonlar» ehtiyojlari uchun
imtiyozli ssudalar bilan ta’minlayapti. Bu
ham
50 % gacha harajatlarni
qoplashga
yordam berayapti. Buyuk Britaniya inqiroz rayonlariga yordam Yevropa
hamjamiyati
orqali ko‘mir va po‘lat, imtiyozli
qarzlar
, konchilar va metallurglarni
o‘qitish, uy-joy
qurilishiga
mablag‘ sifatida kelib tushayapti.
Buyuk Britaniya yirik beshta savdo mamlakatlaridan bir sifatida AQSH,
Germaniya, Yaponiya va Fransiyadan keyin joy olgan. U sanoat mollari, neft,
ximiyaviy moddalar, avtomobillar, avia kosmos uchun mahsulotlar, metallar,
tayyor gazmol va mashinalar eksporti bo‘yicha Yevropada yetakchi o‘rinni
egallaydi.
Buyuk Britaniya eksportining asosiy yo‘nalishlari -AQSH (15 %),
Germaniya (11,6 %). Fransiya (9,6 %), Niderlandiya (7,3 %) va Irlandiya (6,9%)
mamlakatlariga
qaratilgan
.
109
Buyuk Britaniya - bu yirik
qishloq
xo‘jaligi tovarlari, xom ashyo, tayyor
va oraliq mahsulotlari, shuningdek (YEI mamlakatlari va Yaponiyadan)
importchisi
hisoblanadi
. Mamlakat importining asosiy manbalari - AQSH (14 %),
Germaniya (11,7 %), Fransiya (7,7 %), Niderlandiya (6,1 %) va Belgiya (4,8 %)
davlatlari
hisoblanadi
.
Buyuk Britaniya uchun import
qiymatining
eksportdan ortiq turishi
harakterlidir. Britaniya tovarlarining tashqi bozorda sotilishini
qiyinlashishida
funt
sterling kursi dinamikasi bilan bog‘liq: boshqa valyutalar bilan taqqoslaganda
uning amaldagi kursi eng yuqori darajada turadi. Buyuk Britaniya eksportiga
noqulay ta’sir
qiladi
va raqobatni o‘tkirlashtiradi.
Buyuk Britaniya – Yevropalik bo‘lmagan investorlar - AQSH, Yaponiya,
Janubiy Koreya, Tayvan uchun bosh investitsiya ob’ektidir. Chet el investitsiyalari
umumiy summasi 150 mlrd. dollardan oshadi. Xorijiy investorlarga Buyuk
Britaniyada 15 % dan ko‘proq ishchi o‘rinlari tegishlidir.
4.§. Fransiya iqtisodiyoti
Fransiya -
G‘arbiy
Yevropadagi eng yirik davlatdir. U
hududiy
jihatdan
Yevropa Ittifoqida birinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatning umumiy maydoni 544
ming kvadrat km.ni tashkil etib, uning uchdan ikki
qismi
tekislikdan iborat. Bu
yerni iqlim o‘zgarishlariga
qarab
uch xil mintaqaga bo‘lish mumkin: ya’ni okean
mintaqasi (
g‘arbdan
), o‘rta yer dengiz mintaqasi (janubdan) va kontinental mintaqa
(mamlakat markazi va sharqdan). Mamlakatning 82 foizi
hududini
, aniqrog‘i 45
mln. gektar maydonini
qishloq
xo‘jaligi yerlari va o‘rmonzorlar egallaydi.
Faqatgina o‘rmonzorlar salmog‘i jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida Shvesiya va
Finlyandiyadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi.
Mamlakat aholisi – 62 million kishidan ortiq
bo‘lib, bir
kv. km ga 105
kishi to‘g‘ri keladi. Aholining teng yarmidan ortiqrog‘i shaharlarda yashaydi.
Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinni
egallaydi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi. Fransiyada tug‘ilish
darajasi past taxminan 1000 kishi
hisobiga
12 ta
chaqaloq to‘g‘ri keladi
.
Fransiya – dinga erkinlik bergan davlat. Bu yerda
qariyib
barcha dinlarga
mansub aholi istiqomat
qiladi
, ya’ni bu yerda katoliklar 81,4 foizni, musulmonlar
6,9 foizni, protestantlar 1,6 foizni, iudistlar 0,4 foizni va boshqa dindagilar 8,1
foizni tashkil etadi.
Fransiyaning salkam 25,6 mln. aholisi faol aholi toifasiga kiradi. Ulardan
19,5 millioni doimiy ishi bilan band bo‘lganlar va 3,1 millioni yoki faol aholining
12,5 foizi ishsizdir. Mamlakatda erkaklar ayollarga
qaraganda
ko‘proq, ya’ni
barcha aholining 53 foizini erkaklar, 47 foizini ayollar tashkil etadi.
Fransiyaning davlat tuzilishi - respublika. Uni davlat prezidenti
boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Fransiya respublikasi
quyidagi
holatda
tarkib topgan: mustamlaka yerlar (22 ta chegaradosh va 96 ta ma’muriy terretorial
okrug), 4 ta dengizorti ma’muriy territorial okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana,
Reyuon), 4 ta dengizorti
hudud
(Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli,
110
Uolles va Futuna, Janubiy yerlar va Fransiya Antarktidasi), shuningdek, alohida
haq
-
huquqlarga
ega
hudud
(Mayor, Sen-Per Mikelon).
Mamlakatning oliy organi – parlament. U senat va ikki palatali
parlamentdan tashkil topgan.
Fransiya Yevropa Ittifoqi (YEI), Yevratom, G‘arbiy Yevropa ittifoqi va bir
necha siyosiy
hamda
iqtisodiy tashkilotlar a’zosi. 1949 yildan esa NATOga a’zo
bo‘lgan.
Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko‘pgina yerosti
qazilma
boyliklariga
ham
ega. Ya’ni bu yerdan temir rudasi, toshko‘mir, uran
rudasi, boksit va kaliy tuzi ko‘p miqdorda
qazib
olinadi. Yalpi ichki mahsulot
(YAIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda to‘rtinchi (AQSH,
Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o‘rinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport
qilish
(asosan mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo‘yicha
ham
to‘rtinchi,
qimmatli
zahiralarga egaligi bo‘yicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan
keyingi) o‘rinni band etgan. Shuningdek, Fransiya Yevropada
qishloq
xo‘jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarish va chetga eksport
qilish
borasida birinchi o‘rinda
turadi. Bu mahsulotlar kosmosda, aviasozlikda, aloqa va telekommunikatsiya,
energetika, informatika, transport taraqqiyoti va meditsina sohasida muhim rol
o‘ynaydi. Mamlakat G‘arbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida
ham
faol ishtirok etadi.
Fransiya iqtisodiyoti uchun harakterli jihatlardan biri-yirik monopoliya
mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po‘lat eritish
va undan mahsulot tayyorlash bo‘yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr
texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha 50 foizlik ulushni va
avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha
qariyib
100 foizlik ulushni o‘z
qo‘lida
ushlab
turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish
harbiy
sohadagi sanoat mollaridir.
E’tiborlisi, fransuzlarga xos sanoatlashtirishning muhim ko‘rinishi katta-katta
ishlab chiqarish ob’ektlarini butunlay
hokimlik
tarzida egallaganlikdadir. Bunday
holatda
mamlakatda yuz xil turdagi sanoat ishlab chiqarish turlari 20 ta shunday
yirik mulk egalari tasarrufida. Masalan, «Peja-Sitreon» va «Reno»
monopolistlarida avtomobil sanoati, «Elf-Akiten» monopolistlarida neft sanoati va
«Yunizor-Syansilor» da
qora
metallurgiya, shuningdek, «Kompaniya jeneral
elektrosite» da yadro energetika, «Ron-Pulenka» monopolistlarida esa kimyo
sanoati kabilar. Mazkur mamlakat iqtisodiyotining yana bir o‘ziga xosligi gigant,
yirik korxonalar
hamda
kichik o‘rta tadbirkorlik korxonalari kapitallari
(mablag‘lari) markazlashgan moliyaviy muassasalarda saqlanmasligidir.
So‘nggi yillarda Fransiya iqtisodiyotida barqaror o‘sish ko‘proq fransuz
monopolistlarining xorijlik sheriklar bilan
hamkorlikda
ishlashlarida namoyon
bo‘lmoqda. Ya’ni, ular xalqaro harakterga ega bo‘layotir. Masalan, «Roni-
Pulenka»ning mavjud tovar aylanmasida 60 foizlik ulush xorij operatsiyalariga
to‘g‘ri keladi. Umuman
hozirda
mamlakat iqtisodiy
hayoti
xorijga siljish siyosati
asosida o‘zaro bog‘langan
holda
rivojlanmoqda. Natijada katta sarmoya va
salohiyatga ega
qo‘shma
korxonalar tashkil etildi. Masalan, 1989 yilda «Pejo» va
«Fiat»
qo‘shma
korxonasi faoliyat boshlagan bo‘lsa, keyinchalik ikkita yirik
111
kompaniya – «Jeneral elektrik» va «Altom» lar o‘rtasida elektr jihozlari va
temiryo‘l vagonlari ishlab chiqarish borasida kelishuv yo‘lga
qo‘yildi
.
Fransiya iqtisodiyotida moliyaviy operatsiyalar tashkiliy tizim shaklida
yuritiladi. Xorij valyutalari barcha mamlakatlardagidan farq
qilgan
holda
nazoratga
olingan valyuta ayirboshlash guruhlari va ularning filiallari orqali almashtiriladi.
Bugungi Fransiyaning o‘ziga xos xususiyati-bank operatsiyalarida ro‘y
berayotgan pullarni o‘zlashtirish yoki maqsadli faoliyatdan tashqari harajatlarni
sodir etishga
qarshi
qat’iy
chora ko‘rilganidir. Davlat kapitali asosan sanoat
rivojiga yo‘naltirilgan. Shu jihatdan banklar
ham
sanoat kompaniyalari,
qo‘shma
korxonalar bilan bir tan, bir jon. Sanoat kapitallar esa o‘z navbatida xolding
kompaniyalari, investitsiya jamg‘armalari va kompaniyalarning
hududiy
taraqqiy
etishi uchun yo‘naltiriladi. Fransiyada mavjud moliyaviy mablag‘ning tashkil
etilgan shakli moliyaviy guruh deb yuritiladi. Moliyaviy guruh – bu sanoatning,
bankning, savdo monopoliyasining, ilmiy-ishlab chiqarish sohalarining topgan
mablag‘lari majmuidir. Bu mablag‘lar nafaqat sanoatchilar yoki bank burjuazlariga
beriladi, balki u mamlakatda doimiy ravishda iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish va
rivojlantirish uchun sarf etib boriladi. Ular asosan kichik va o‘rta kapitalistlar,
omonat kassalarini sug‘urta
qiluvchi
kompaniyalar va shirkatlar (kooperativ)
shaklida ishlayotgan mehnatkashlarga beriladi. Fransiya iqtisodiyotini
yuksaltiruvchi bunday moliyaviy guruh asosan to‘rtta («Pariba», «Syuez»,
«Rotshild» va «Ampen Shreyder» guruhlari) va shu singari guruhlar mamlakatdan
chetda faoliyat yuritadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Fransiyaning iqtisodiy
taraqqiyotida kichik biznes alohida rol o‘ynaydi. Bugungi kunda mamlakatda 35
mingdan ziyod kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi, ularda 2
mln. aholi band. Mamlakat eksport salohiyatida bu
qatlam
23 foizni tashkil etadi.
Kichik va o‘rta biznes sub’ektlari mamlakatda asosan mavjud monopoliyaning
asosiy kuchi va ta’lim sohasini yangi texnologiyalar bilan ta’minlovchi dastak
sifatida xizmat
qiladi
.
1980 yilda banklarga pul mablag‘larini
qo‘ygan
omonatchilarni turli
moliyaviy xavf-xatarlardan
qo‘riqlash
hamda
mamlakatda faoliyat yuritayotgan
banklar bir-birini
qo‘llab
-
quvvatlash
uchun Fransuz banklari assotsiatsiyaga
(AG‘V) a’zo fransuz banklari
hech
qanday
to‘lovi yo‘q va ular kafolatli
jamg‘armalar tuzmagan. Faqatgina inqirozga yuz tutgan yoki omonatchilar
pullarini
qaytarmaslik
darajaga tushgan bankka assotsiatsiya taqsimotiga ko‘ra
har
bir bank o‘z moliyaviy ulushini
qo‘shadi
.
Hamjihatlik
nuqtai nazaridan olib
qaralganda
bu mexanizm AG‘Vga a’zo banklarning istiqbolli faoliyat yuritishi va
omonatlarni sug‘urtalanishida o‘ziga xos kafolat rolini o‘ynaydi.
Fransiya
hukumati
mavjud moliyaviy resurslarni mamlakat ichki iqtisodiy
aloqlariga jalb etishning yangicha yo‘lini faollik bilan amalda
qo‘llay
boshladi. Bu
ish asosan 1990 yil davlat tasarrufidagi mulk va ob’ektlarni sotishdan boshlanadi.
Mazkur jarayonda ko‘plab yirik rentabellik kompaniyalar, milliy iqtisodiyot uchun
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kosmik va aviasozlik texnikalari,
telekommunikatsiya va transport vositalari xususiylashtirildi. Dunyo bozorida o‘z
mahsulotlari bilan muhim o‘rnashib olishda xususiylashtirishning ahamiyati
salmoqli ekani vaqt o‘tishi bilan o‘z isbotini topa boshladi. Shuning barobarida
112
katta kompaniyalarning sotilishidan va davlat kapitalidan yig‘ilgan mablag‘
mamlakat ichkarisida faoliyat yuritayotgan ayrim istiqbolli, ammo moliyaviy
ko‘makka muhtoj korxonalarni
G‘arbiy
Yevropada faoliyat yuritayotgan firmalar
bilan
hamkorlikda
ishlashi uchun sarf etildi. Natijada tez orada
har
qanday
davlatning sifatli mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan ishlab chiqarish
korxonalari kashf etila boshlandi. Shulardan biri –«Frans telikom» bo‘lsa, yana biri
– «Aerospasyal» aerokosmik konsernidir. Davlatning dastlabki tashkil etgan
hamkorlikdagi
korxonasi «Aerospasyal» - «Matra»
hozirda
aeronavtika va
aerosozlik sanoatida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni
egallaydi. Shuningdek, neft mahsulotlarini
qayta
ishlash bilan mashg‘ul bo‘lgan
«Total» - «Petrofina» va ta’lim sohasida yuqori natijalarga ega bo‘layotgan
«Reno»
hamda
Yaponiyaning
«Nissan»
kompaniyalari
erishayotgan
muvaffaqiyatlar bugun nafaqat Yevropada, balki dunyo bo‘yicha e’tirof etilayotir.
Nufuzli xorij kompaniyalari bilan bu kabi
hamkorlikdagi
korxonalar faqat Fransiya
uchun emas, balki Yevropa iqtisodiyoti uchun yutuq bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotni boshqaradigan asosiy shakllar. Fransiyaning biz ta’kidlagan
monopolik kapitali uchun harakterli jihatlardan biri moliya va pul-kredit
munosabatlari barqarorligini ta’minlab turishdan iborat. Agarda iqtisodiyotning bu
muhim tarmoqlarida pasayish darajasi sezilsa davlat ushbu zahiralardan
foydalaniladi.
1980 yillar o‘rtalarida Fransiya
hukumati
mamlakatda keng ko‘lamli
xususiylashtirish dasturini e’lon
qildi
. Natijada yalpi ichki mahsulot ulushida
davlat sektori ishtiroki pasaydi, ya’ni davlat ishi bilan band bo‘lganlar 16 foizni,
ishlab chiqarish bilan band bo‘lganlar 28 foizni, jami pul aylanma
harakatda
36
foizni tashkil etdi. Xususiy sektor esa elektr energiya ishlab chiqarilishida 70 foiz,
aloqa va transport sohasida 59 foiz, aviatsiya sanoatida 84 foiz, avtomobil ishlab
chiqarishda 40 foiz,
qurol
-yarog‘ ishlab chiqarishda esa 75 foiz ulushiga ega
bo‘ldi. Davlat 90 foiz depozit va 85 foiz kredit mablag‘larini o‘z nazoratiga oldi.
Fransiyada davlat mulki asosan uch xil shaklda boshqariladi:
1. Milliy jamiyat shaklida. (masalan, «Gaz de Frans», Elektrisiti de Frans»,
«Sharbonaj de Frans» banki va boshqalar kabi);
2. Ma’muriy boshqaruv. (Atom energiyasi bo‘yicha kommisariat, pochta
xizmati, tamaki va gugurt sanoati boshqaruvi va boshqalar).
3. «Aralash iqtisodiyot» jamiyati. («Fransez de petrol» kompaniyasi).
Bundan tashqari davlat mulkini tashkil etuvchi jihatlar yangi tarmoqlarda ishlab
chiqarishni yo‘lga
qo‘ygan
(masalan, informatika, energetika, yadro sanoati,
bioindustriya) va faoliyati turini o‘zgartirgan, keskin burilish yoqasida turgan
kompaniyalar sanaladi.
Aksariyat mamlakatlarda asosiy mablag‘, ichki iqtisodiy kengayish va
takroriy ishlab chiqarish ta’minoti kabi vazifalarni davlat
hal
etmaydi. Ya’ni,
davlat bu borada islohatchi emas. Ammo, Fransiya uchun harakterli tomon aynan
shu – ya’ni bosh islohatchi sifatida bu jarayon idora etadi,
hatto
tijorat banklarining
aktivlari va stavka foizlarini doimiy nazoratida ushlaydi.
Rivojlangan bozor munosabatlariga o‘tish davri rejasi boshlangan o‘sha
90-yillar o‘rtasida dastlabki belgilangan maqsad mamlakatdagi mavjud ishlab
113
chiqarish sur’atini barqaror saqlash, bozorning chet el mahsulotlari bilan to‘lishini
kamaytirish, ishsizlik kelib chiqmasligini
qattiq
nazorat
qilishdan
iborat edi. Bu
vazifani uddalash uchun mamlakatda 14 turdagi noan’anaviy tuzilmalar tashkil
topdi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa aniq edi: zamonaviy texnologiyalarni
o‘zlashtirish, mamlakat ichkarisida yuqori sifatli raqobat muhitini yaratish,
Yevropa bozorini egallashga keng ko‘lamli tayyorgarlik ko‘rish va boshqalar.
Mamlakat umumiqtisodiyotida davlat aralashuvi ko‘lami Fransiyada
AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan ko‘ra ancha yuqori sanaladi.
Fransiya iqtisodiyotida zamonaviylashgan sohalar tizimi
quyidagicha
holatni
tashkil etadi: sanoatda – 26,7 foiz,
qishloq
xo‘jaligida – 4,3 foiz,
qurilishda
– 5,6 foiz va xizmat ko‘rsatish sohasida 5,8 foizdan iborat.
Oxirgi yillarda Fransiya iqtisodiyoti tizimida keskin o‘zgarishlar ko‘zga
tashlandi. Sanoat ishlab chiqarish
hajmi
mohiyatili o‘sdi. Jumladan, sanoatdagi
ulush ichki mahsulotlar
hisobidan
50 foizni, eksport
hisobidan
esa
qariyib
90 foizni
tashkil etmoqda. Ayniqsa sanoat taraqqiyoti avtomobilsozlik, aviasozlik,
elektronika, atom energetikasi, neft kimyo va maishiy elektr asboblar ishlab
chiqarish sohasida yaqqol ko‘zga tashlandi. Bugungi kunda fransuz aviatsiya-
raketa sanoati jahonda uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, kimyo sanoati,
alyuminiy ishlab chiqarish, radioelektronika sanoatida rivojlanish salmog‘i keskin
oshmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatda
harbiy
-aerokosmik sanoati
ham
dinamik
ravishda yuksaldi. Bu o‘sish yillik 10 foizni tashkil etdi. Shu
qatori
yillik o‘sishda
farmatsevtika (7,4 foiz) va elektronika (6 foiz) sanoati
ham
doimiy taraqqiyot
yo‘liga chiqqan. Fakat yillar salmog‘ini solishtirganda mashinasozlik, stanoksozlik
va temiryo‘l transporti mahsulotlari ishlab chiqarishdagina o‘zgarish sezilayapti,
xolos.
Informatika, aerokosmik sanoat, stanoksozlik sohasi uchun zarur
texnologiya va uskunalar ishlab chiqarish uchun ikki tomonlama eksport-import
operatsiyalari va po‘latni
qayta
ishlash, to‘qimachilik xomashyosi, organiq kimyo
kabi yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish
ham
fransuz sanoatida o‘ziga xos
xususiyat kasb etayotir.
Fransiya sanoati keng ko‘lamdagi va chukur o‘tkazilgan
qayta
qurish
jarayon yangi yuksalish yo‘liga chiqib oldi. Bu o‘z navbatida fan-texnika
taraqqiyoti bilan o‘zaro uzviy bog‘liq
holda
olib borildi.
Har
yili davlat ilmiy–
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanma (NIOKR) lari rivoji uchun ichki
daromaddan 2,2 foiz miqdorida moliyaviy mablag‘ ajratadi. Katta bilim, salohiyat
mushtarakligi samarasi o‘laroq tez orada elektrotexnologiya, transport ehtiyot
qismlari
, aerokosmik va
harbiy
sanoat uchun zarur jihozlar ishlab chiqarilishida
rivojlanish ko‘zga tashlandi. So‘nggi paytda jahon oksoqlanishi sezilayotgan
avtomobil sanoatida
ham
muhim siljishlar bo‘ldi. Dunyo ayniqsa iste’moli uchun
o‘ta ahamiyatli bo‘lgan kemasozlik, charm poyabzal, oziq-ovqat, yog‘ochni
qayta
ishlash, metallurgiya, neft xomashyosi, shuningdek issiqlik – energetika resurslari
lokalizatsiyasi, atom elektrostansiyasi kabi sohalarda yangi islohatlar jarayonini
o‘tash talab etilayotgan edi.
Hozirda
kechayotgan bu jarayon Fransiyani kelgusida
mazkur tarmoqlar bo‘yicha jahon bozorida yanada katta salohiyatga ega bo‘lishida
114
o‘z samarasini ko‘rsatadi. Birgina energetika zahirasi jihatidan mamlakat 77 foizlik
ulushga ega. Fransiya
har
yili 490 mlrd. kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab
chiqarish
quvvatiga
ega. Umuman olganda mamlakat elektr energiyasi ishlab
chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Kanadadan
keyingi 6-o‘rinni band etgan.
Fransiya
qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi va uni chetga eksport
qiluvchi
dunyodagi yetakchi davlatlardan biri. Uning tabiiy iqlim sharoiti bu yerda
qishloq
xo‘jalik mahsulotlaridan mo‘l
hosil
yetishtirishning imkonini beradi.
Chorvachilik Fransiya
qishloq
xo‘jaligining eng rivojlangan tarmog‘i bo‘lib,
sohada
qo‘lga
kiritilayotgan sarmoyaning uchdan ikki
qismi
aynan shu tarmoqqa
to‘g‘ri keladi. Chorvachilikda esa naslchilik, bo‘rdoqichilik va go‘sht-sut
yo‘nalishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Fransiya mol go‘shti, yog‘, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish
bo‘yicha dunyoda nufuzli mamlakat sirasiga kiradi. Masalan, u bu borada Yevropa
Ittifokida ikkinchi, dunyoda esa beshinchi o‘rinni egallaydi. Don mahsulotlaridan -
bug‘doy, arpa, sholi va makkajo‘xori, shu bilan birga
qand
lavlagi, kartoshka va
sabzovat ekinlari yetishtirishda
ham
Fransiyada katta tajriba to‘plangan. Vino
tayyorlashda u jahonda Italiyadan keyingi ikkinchi, konyak ishlab chiqarishda esa
birinchi o‘rinni egallaydi.
Mamlakatda
qishloq
xo‘jalik maydonlari ko‘pgina yer sohiblariga bo‘lib
berilgan. Xo‘jalik yuritish ikki turda – oilaviy pudrat va sanoatlashgan usulda
tashkil etilgan. Fransuz
qishloq
xo‘jaligi yangicha kechgan islohatlar tufayli soha
juda tez sanotlashdi,
hech
qanday
bank va savdo mablag‘larisiz rivojlandi. Agar
ilgari
qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari monopolist tashkilotlar kapitali vositasida
qayta
ishlangan bo‘lsa,
hozirda
soha o‘z kapitali, o‘z korxonalariga ega. Fransiya
qishloq
xo‘jaligi mamlakatda yagona agrosanoat majmuasi tarkibiga kiradi.
Bu yerda 7 foiz aholi
qishloq
xo‘jaligi sohasi bilan band. Kichik fermalar
ko‘p yer egalarining o‘rtacha yer maydoni 23 gektarni tashkil etadi. Ammo,
har
yili xo‘jaliklar soni kamaymoqda (yillik 2,5 foiz). Shu bois so‘nggi yillarda kichik
xo‘jaliklar kooperativlarga birlashmoqda, natijada esa soha zamonaviy
qishloq
xo‘jalik texnikalari bilan boyimokda.
Ayni paytda dehqonlarning 80 foizi ana shunday kooperativlarga birlashdi
va ularning 600 tasi jami
g‘allaning
70 foizini, sut va sut mahsulotlarining teng
yarmini yetishtirib bermokda. Fransuz
qishloq
xo‘jaligi kooperatsiyasiga
uyushgan barcha kooperativlar
qariyib
4 mingtani tashkil etadi va mamlakatda
yetishtirilayotgan
qand
lavlagi, go‘sht, uzum, tamaki xom ashyosining salmoqli
qismini
yetkazib beradi.
Fransiya tashqi iqtisodiyotida tashqi savdo asosiy o‘rin egallaydi. Bu esa
mamlakat iqtisodiyotida katta mazmun kasb etadi. Fransiya-Xalqaro savdo
faoliyatining faol a’zosi.
Qariyib
beshdan bir
qismlik
milliy mahsulot eksportga
chiqariladi. Fransiya eksport salohiyati bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.
Juda kam miqdorda energetik va xomashyo bazasiga ega. Shu bois yokilg‘i va
ko‘pgina xomashyoni chetdan keltiradi. Masalan, mamlakat ichkarisiga 40 foiz
yokilg‘i, 100 foiz
qalay
, 10 foiz xromli ruda, paxta xomashyosi va 100 foiz asal
115
import
qilinadi
. Mamlakat ko‘mir, koks, neft, temir rudasi, boksit, rangli metall,
torf, yokoch importi bo‘yicha dunyoda yetakchi
hisoblanadi
.
Tashqi savdoda mamlakat zamonaviy texnologiyalar sotish bo‘yicha
yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Shuningdek, Fransiya dunyoda
qishloq
xo‘jalik mahsulotlari, kimyoviy tovarlar, yarimfabrikat mollar, metall va ulardan
ishlangan buyumlar yetkazib beruvchi va harid
qiluvchi
yirik davlat bo‘lib
qolmoqda
.
Ayni davrda tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotining asosiy kuchiga
aylangan. U nafakat iqtisodni yuksaltirishda rol o‘ynaydi, balki Fransiyaning
siyosiy maydondagi obrusini xalqaro miqyosda va Yevropa
hamjamiyatida
ko‘tarishga xizmat
qiladi
.
Fransiyaning eksport va import operatsiyalarida asosiy savdo sherigi
Yevropa Ittifoqi davlatlari bo‘lib
qolmoqda
. Bu ittiofoqda Fransiyaning tashqi
iqtisodiy aylanmasi beshdan uch
qismga
teng. Germaniya, Italiya, Buyuk
Britaniya, Belgiya, Ispaniya, Lyuksemburg kabi davlatlarnikini solishtirganda,
ularning tashqi savdodagi ulushlari uchdan bir
qismga
ega ekani yaqqol ko‘rinadi.
AQSH – fransiyaning yirik iqtisodiy
hamkori
. U shuningdek, kapital
eksport va import
qiluvchi
ko‘zga ko‘ringan davlat
hamdir
. Chetga kapital
qo‘yish
bobida u AQSH, Yaponiya, Shvesariya va Niderlandiyadan keyin turadi.
Investitsiya berishdan maqsadi birinchi navbatda mamlakatni
har
tomonlama
taraqqiyotini kafolatlash. Bu manfaat yo‘lida fransuz firmalari boshqa kapitalist
mamlakatlardan farqli o‘laroq o‘z mablag‘laridan investitsiyalar kiritishadi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot va
hamkorlik
tashkiloti (OESR)
yo‘nalishi bo‘yicha chetga bergan investitsiya salmog‘i 13 foizga o‘sdi.
Fransiya o‘zi uchun xorij investitsiyalarini
ham
kiritishdan manfaatdor. Bu
mablag‘lar asosan mamlakatning bank, moliya, xizmat ko‘rsatish, sug‘urtalash
faoliyatlariga yo‘naltirilmoqda. Kechagi bu sarmoyalar fransuz iqtisodiyotida
muhim rol o‘ynash bilan birga yangi texnologiyalar, tajriba va ko‘nikmalar olib
keladi. Bu esa fransuz firmalarining yanada rivojlanishi uchun asqotadi va savdo
balansini yangicha muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minlaydi.
5.§. Italiya iqtisodiyoti
Italiya Respublikasi Yevropaning janubida, Apennin yarimorolida,
Sitsiliya, Sardiniya va kichik orollar
qo‘ynida
joylashgan.
Hududi
– 301 ming kv.
km. Aholi soni 58 mln. dan ortiqni tashkil etadi, ularning 98 foizi esa italyanlardir.
Poytaxti – Rim. Asosiy dini katolik.
Davlat tuzumi-parlament. Davlat boshlig‘i-prezident.
Qonun
chiqaruvchi
hokimiyat
senat va palata deputatlaridan iborat parlamentdir.
Italiya NATO bloki a’zosi. U
G‘arbiy
Yevropa integratsiyasining faol
a’zosi. Aynan 1957 yilda Yevropa iqtisodiy
hamjamiyatini
tuzish
haqida
bitim
imzolangan. U agrar – industriya sohada keng taraqqiy etgan davlat. Dunyo yalpi
ichki mahsuloti (YAIM) da uning ulushi uch foizga teng. Aholi jon boshiga YAIM
qariyb
20 minng dolarga to‘g‘ri keladi. Mamlakat mahsuloti
hajmini
dunyo sanoati
116
mollari bilan solishtirganda 3,2 foizni (dunyoda 6-o‘rin) tashkil etadi.
Har
xil
ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib
qaraganda
,
quyidagi
manzara
hosil
bo‘ladi: sanoat va
qurilish
-35 %, turli xizmatlar – 6%,
qishloq
xo‘jaligi -4%.
Qishloq
xo‘jalik tarmog‘ida
qariyib
18 mln. aholi band bo‘lib, o‘rtacha
fermerlar maydoni Yevropa Ittifokining boshqa mamlakatlaridagidan ancha kam
ya’ni 7 gektar. Italiya yer osti boyliklariga unchalik boy davlat emas. Bu yerda
asosan kam miqdorda ko‘mir, neft, rux,
qo‘rg‘oshin
, oltingugurt, simob, boksid va
marmar
qazib
olinadi.
Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos tomoni aksariyat mulkning yirik
monopolistlar ixtiyorida ekanidir. Masalan, uchta yirik xususiy monopolist firma-
«Montedison», «FIAT», «Pirelli» davlat iqtisodiy tuzilmasining asosini tashkil
etadi. Mamlakatdagi IRI, ENI, EFIM, ENEL singari iqtisodiy tashkilotlar
Italiyadagi ana shu-«FIAT», «Falk», «Montedison», «Zanussi», «Sina-Vikoza»,
«Olivetti» kabi salohiyatli firmalar iqtisodiyotning ichki va tashqi aloqalardagi
kapital muammolarini nazorat
qiladi
.
Sanoat-Italiya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi soha. U
mamlakat yalpi ichki mahsulotida 35 foizdan ziyod ulushga ega. Mamlakat
ishchilarining teng yarmi shu sohada faoliyat yuritadi. Italiya sanoati tizimining
muhim ko‘rinishi sanoatdagi mavjud barcha yo‘nalishlardagi zahiralarni katta
miqdorda ishlab chiqarish va kam miqdorda foydali
qazilmalarni
qazishda
aks
etadi.
Hozirda
neft, neftkimyo, kimyo, metallurgiya, elektroenergetika, avtomobil,
mashinasozlikning bir necha sohalari, stanoksozlik, tabiiy va sintetik tola
mahsulotlarini
qayta
ishlash bo‘yicha Italiya sanoati yuqori suratda taraqqiy
etmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha Italiya dunyoda
yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Ya’ni bu borada u AQSH va Yaponiyadan
keyingi 3 o‘rinni egallaydi.
Qishlok
xo‘jaligi. Mamlakatning bu sohasi uchun ahamiyatli tomoni,
faoliyat yuritishdagi kapitalistik tuzimiga xos eskicha usulining davom etib
kelayotganidir. Davlatning janub va shimoli bu sohada asosiy kuch sanaladi.
Qishloq
xo‘jaligi xom ashyosining ko‘p
qismi
mamlakatning o‘zida
qayta
ishlanadi. Urug‘chilik rivoji esa alohida e’tiborga ega. G‘alla, makka, lavlagi,
shuningdek, meva va uzum yetishtirishda yuqori madaniyatga erishilgan.
Qishloq
xo‘jaligini yangi texnologiyalar bilan ta’minlash va unumdorlikga erishish
bo‘yicha Italiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida yetakchi
hisoblanadi
. Ish
yuritish fermer xo‘jaliklari shaklida tashkil etilgan.
Italiya iqtisodiyoti mamlakatdagi mavjud kichik va o‘rta biznes taraqqiyoti
bilan harakterlanadi. Bu xalq iste’moli mollari, yengil sanoat va ko‘pchilik
kabilarida bozor konyunkturasiga tez moslashadigan soha
har
bir kichik
tadbirkorlik firmasida o‘rtacha 100 kishi ishlaydi va ular bir yoki ikki xil mahsulot
tayyorlashadi. Ixtisoslashgan kichik korxonalar «monopolistik birlashma»ga
uyushgan. Bu uyushma-konglomerat o‘z zimmasiga ijtimoiy ta’lim va xalq
iste’moli mahsulotlarini to‘liq yetkazishdek ma’suliyatni o‘z zimmasiga olgan.
Italiya turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha jug‘rofiy-iqtisodiy
imkoniyatga ega.
Har
yili bu yerga 30 miliondan ortiq sayyoh tashrif buyiradi.
117
Xo‘jalik boshqaruvidagi islohat. Mamlakatda bu borada kechgan
islohatlarning asosiy yo‘nalishi korporativ boshqaruvni yo‘lga
qo‘yishda
o‘z aksini
topgan. Italiyada yirik kapital aholi
qo‘lida
ekani bilan harakterlanadi. Shu bois
mamlakat bu mablag‘larni moliyaviy xolding kompaniyalari orqali nazorat tizimini
yo‘lga
qo‘ygan
.
EI mamlakatlari ichida Italiya bozori boshqaruvchilik vazifasini o‘taydi.
Istiqbolsiz va byudjetidan
qarzi
yuqori bo‘lgan davlat tasarrufidagi mulklarni
xususiylashtirish o‘z samaralarini bermoqda.
Hozirda
bu jarayon natijasida 30 ta
davlat sektori korxonalari, jumladan «Telekom» (1,5 mln. aksiyadorga ega),
energetika guruhlari sug‘urta kompaniyalari xususiy maqomga ega bo‘ldi.
Endilikda temir yo‘l tarmog‘ida
ham
korporativ bashqaruvni yo‘lga
qo‘yish
islohatlari bormoqda.
Davlat mablag‘larini sog‘lomlashtirish.
Qayta
qurish
har
qanday
mamlakatda xo‘jalik boshqaruvini yangilash bilan birga ma’muriy boshqaruvda
ham
islohatlar jarayoni kechishini talab etadi. Bu esa Italiya byudjet federalizmi
modelini muvaffaqiyatli amalga oshirilishida va bu orqali
hududiy
va mahalliy
hokimiyat
boshqaruviga
ham
talay
huquqlarni
berdi. Bu
huquqlar
mamlakatda
ham
iqtisodiy,
ham
ma’muriy boshqaruv borasida Italiyani YEI davlatlari orasida
mavqeini oshirmoqda. Bu islohatlar samarasi ularoq mamlakat iqtisodiyoti
Yevropa valyuta tizimiga a’zo davlatlar orasida byudjet to‘lovlari tanqisligi 7%
dan 3% ga tushdi.
Italiya iqtisodiyotida solik, sog‘liqni saqlash, nafaqa
pensiya ta’minoti
tizimlarida kechgan islohatlar o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatda kechayotgan
soliq borasidagi o‘zgarishlar natijasida soliq to‘lovlari soddalashtirildi, investitsiya
faoliyati kengayishiga zamin yaratdi. Soliqlar
hajmi
53,2% dan 37% ga tushirildi.
Aksiya,
qimmatli
qog‘ozlar
operatsiyalari uchun soliq uchdan ikki
qismga
pasaytirildi. Tadbirkorlarning sog‘liqni saqlash jamg‘armasiga to‘lanadigan
badallari olib tashlandi.
Maastrixt bitimiga ko‘ra Italiya
hokimiyat
sarf-harajatlari uchun yalpi
daromaddan 1,4 % gacha badal to‘lovlari to‘lanishini joriy etgandi. U bozordagi
mavqeini oshirdi. Inflyatsiya darajasi yillik 1,5 % ga kamaydi.
Hozirgi
kunda
mamlakatni birgina muammo o‘ylantirmoqda: ichki iqtisodiyotda pul-moliya
ko‘rsatkichlari dinamikasini barqaror
holda
ushlab turaoladimi?
Mehnat bozori. Mamlakat janubida ishga yaroqli aholining 18 % i ishsizlik
darajasida turibdi, bu esa iqtisodiy balansga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay
qolmaydi
. Shu
nuqtai nazardan
hokimiyat
mehnat bozorini tashkil etishga oid
qonunchilikda
ko‘zda tutilgan jihatlarga alohida e’tibor
qaratdi
. Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun
kichik va o‘rta biznes korxonalari tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratdi.
Mehnat bozori islohati 1992 yilda boshlandi va bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi natijasida ishsizlikka birmuncha barham berildi.
Hatto
chetda ishlash
migratsiya va tashqi savdoda keng faoliyat yuritishga zamin yaratildi. Bunday
sharoitlar uchun 1996 yilda boshqa davlatlar bilan kontraktlar tuzildi. Ish bilan
ta’minlangan tadbirkorlik firmalar uch yillik ish
haki
solig‘idan ozod
qilindi
.
Yer islohatini amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-
harakatlar
mamlakatda
yer zahiralaridan keng ko‘lamda foydalanish imkonini berdi. Bu
quyidagi
118
yo‘nalishda o‘z aksini topgan: birinchidan, yer 30 yil muddatga yillik 3,5 % lik
to‘lov bilan ijaraga berilgan. Ikkinchidan, yirik mulkdorlarga foydalanish imkoni
bo‘lmagan ortiqcha yerlar berilib, kompensatsiya imkoniyati bilan 25 yil muddatga
mo‘ljallangan 5 foizlik
qimmatli
qog‘ozlar
joriy etilgan. Bundan ko‘zlangan
maqsad unumsiz yerlarni manfaatdorlik evaziga madaniylashtirishdir. Islohatlar
samarasi o‘laroq kooperativlar
qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va
qayta
ishlashda imtiyozlar va
qo‘shimcha
pul, texnik jihatlar bilan ta’minlandilar.
Hozirda
ham
mavjud bo‘lgan «Shimol-Janub» muammosi aslida XIX
asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Chunki Italiya 1361 yilgacha bitta
knyazlikdan tarkib topgan, mamlakatning shimol va markazi kapitalistik, janubi
esa feodalizm tuzumi ostida edi. 1860 yilda shimoliy Italiya
qiroli
Pemont
qo‘lga
kiritgan Garibaldi inqilobidan keyin Burbonov dinastiyasi, janubdagi Sitsiliya
qirolligi
va Neopol
hamda
Palermoni o‘z tarkibiga
qo‘shib
oldi. Mana, 100 yildan
oshiq vaqt o‘tibdiki, «Shimol-Janub» muammosi
hokimiyat
uchun aktual masala
bo‘lib turibdi.
Hozirda
shimolda iqtisodiyotning barcha sohasida rivojlanish
bo‘lgani, aksincha janubda bu borada yetarlicha muammo mavjudligi sabablari
ko‘p. Bu o‘z navbatida Italiya siyosiy
hayotiga
ham
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
XX asr o‘rtalarida bir oz muddat Shimol va Janub o‘rtasida birlashuv
barham berilgandi. O‘shanda mahsulot ishlab chiqarishda, masalan ip-gazlama
mollari tayyorlashda ikki tomon natijalarida
qariyib
tafovut sezilmagan. (G‘arb-
Shimolda-yillik 16 mln. metr, janubda -13 mln. metr) o‘shanda janubiy Italiya
sanoatining ayrim turlari ishlab chiqarish bo‘yicha shimolni ortda
qoldirishni
ham
uddalagan.
Biz yuqorida
hozirda
shimol va janub borasidagi taraqqiyotning ikki
xilligida bir necha sabablar borligini aytgandik. Bular
quyidagilarda
o‘z aksini
topgan:
1. XX asr boshlarida kechgan kapitalizmga o‘tish jarayoni
qishloq
xo‘jaligi sohasida feodal tuzumiga singib ketgan janubliklar
hayotida
ziddiyatlarni
keltirib chiqardi. Ya’ni, yirik yer egalari-feodolizm tasarruflaridagi yerlarni
bo‘linib ketishiga tish-tirnog‘i bilan
qarshilik
qildilar
va o‘z maqsadlariga
erishdilar. Bu paytga kelib shimolda kapitalistik jamiyatga o‘tish tez sur’atlar bilan
amalga oshdi.
2. Yangicha tuzumni o‘zlashtirgan shimoliy Italiyada korxonalar soni
ortgani sayin ishchi kuchiga, xomashyoga talab ko‘paya bordi. Natijada janub
xomashyo yetishtirib beradigan va o‘zaro mehnatni tashkil etadigan
hududga
aylandi. O‘tgan asrning 50-yillariga kelib, shimoliy Italiyada yuksalish
janubliklardan bir necha
hissa
ortib ketdi.
3. Ikkinchi jahon urushi Janub iqtisodiyotini yanada orqaga surdi. Italiya
urushda ko‘p narsa yo‘qotdi. Milliy boyliklarning aksariyati yo‘q
qilindi
-aholi va
jamoat inshootlari, ko‘priklar, portlar buzilib ketdi. Dengiz floti umuman inkirozga
yuz tutdi. Yuzaga kelgan iqtisodiy bo‘hronga barham berish, iqtisodiyotni oyoqqa
turg‘izish uchun asosiy kuch
qishloq
xo‘jaligi istiqbolli bo‘lib
qoldi
. Oqibatda
janub yerlarida ko‘p
hosil
olinib, uni shimolda
qayta
ishlab, foyda olish,
qurilish
va
bunyodkorlik ishlariga sarf etildi. Bu esa janubiy Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy
turmushiga salbiy ta’sirini o‘tkazdi.
119
4. Ikki tomon iqtisodiyotidagi tafovutlardan yana biri-janubning shimolga
qaraganda
past darajada rivojlanganligidir. Bu yer port, temir yo‘l, boshqa
telekommunikatsiya tizimlari shimoldan farqli ravishda kam imkoniyatga ega.
Yerlari
ham
unumsiz,
quruq
yer. Bu yerda ortiqcha mehnat va ko‘p harajat evaziga
hosil
olinadi.
5. Aholining joylashishi va zichligi, shuningdek, janubda aholi soni ortishi
shimolga
qaraganda
yillik 1,5 foiz yuqoriligi
ham
sabablardan biri
hisoblanadi
.
Shunday
qilib
«Shimol-Janub» muammosi yechimiga urushdan keyin,
1950-1960 yillarda faol kirishildi. Bu
harakat
«Vanino rejasi» deb ataldi va u
quyidagi
yo‘nalishda muammoni
hal
etishga kirishdi:
janub rayonlariga
qo‘shimcha
kuvvatlar kiritishdi, shaxsiy kapitallarni
hudud
rivojlanishiga jalb etildi;
davlat korxonalari daromad mablag‘lari mavjud sohalar taraqqiyotiga jalb
etildi va shu maqsadda «Janub kassasi» tashkil topdi. Shimoldagi kichik
korxonalar bu kassani mablag‘ bilan ta’minlovchilari bo‘ldi.
Ammo «Vanino rejasi» Italiya iqtisodiyotini o‘sishi va janubning
rivojlanishini ta’minlay oladi.
Qaytanga
bu urinish YEI davlatlari ichida
mamlakatni ancha obrusizlantiradi va
hududiy
nomutanosiblikni yuzaga keltirdi.
Masalan, 1980 yilda Janubning yalpi daromadi Shimolniki bilan solishtirganda 59
% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilda bu ko‘rsatkich 50 % ga tushib
qoldi
.
Shimolda ishsizlik 1990 yillarda 10 % bo‘lgan bo‘lsa, Janubda 18 % ga yetdi.
Iqtisodchilar ta’biricha, davlat Yevropa integratsiyalashuvi sari yurib, bu ikki
iqtisodiy
hududning
munosabatlarini cheklasa Shimoliy Italiya Yevropa bozorida
o‘z mavqeiga ega bo‘ladi, ammo Janubiy Italiyada iqtisodiy tanglik yuzaga keladi.
Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlik keltirib chiqarayotgan
munosabatlarni yaxshilash uchun
qator
muammolar ko‘ndalang turibdi. Aniqrog‘i,
1. Aloqalar mustahkamlashishi uchun Janubda keskin taraqqiyot yuzaga
keltirilishi kerak.
Hech
bo‘lmaganda davlat boshqaruvi bu yerda yirik korxonalar
barpo etilishini talab
qilishi
va o‘z nazoratiga olishi lozim.
2. Janubdagi ishsizlik va migratsiya muammosi
hukumat
bu muammolar
bo‘yicha
qat’iy
dasturga ega emas. Shu bois Janublik oilalar
hatto
oilaviy bo‘lib
chetda ishlayapti.
Hali
bu muammo Italiya
hukumati
uchun yetarli tashvish
tug‘diradi.
3. Janubda kichik korxonalar kamligi muammosi. Shimolning yirik
kompaniyalari
har
kanday YEI ga a’zo davlatlar firmalari bilan
hamkorlikka
kirisha oladi va ular bilan raqobatlasha oladi. Janub korxonalari esa bu korxonalar
bilan tenglasha olmaydi. «Vanino rejasi» ga ko‘ra tashkil etilgan davlat korxonalari
hatto
ichki bozorga
ham
to‘la kirib borolmagan. Shuningdek, Italiya va xorijning
aksariyat kompaniyalari bu
hududga
kapital va investitsiyalarini infratuzilma
haminqadar
, ishonchli
hamkorlar
kam, jinoiy vaziyat
qaror
topgan
qo‘poruvchilik
harakati
mavjudligi bois Janubga xorij kapitali kirmaydi, G‘arbiy Yevropa, AQSH
va boshqa davlatlardan keladigan sayyohlaridan tushadigan mablag‘lari esa ko‘p
hollarda
mafiya
qo‘liga
o‘tadi.
4. Janubiy Italiya
qishloq
xo‘jaligi muammosi. Yuqorida ta’kidlaganidek,
janub yerlarida ish
haligacha
eski feodallik tuzumi usulida yuritiladi. Bu esa
120
sohada yetarli natija bermayotir. Xususiy boylar ko‘paymokda. Italiya 1970 yilda
qishloq
xo‘jaligida chuqur islohatlar boshlagan, ya’ni yerlarni yirik kooperativlar
ixtiyoriga bo‘lgandi. Bu islohat juda sekin davom etmoqda.
5. Mafiya va uyushgan jinoiy guruhlarga
qarshi
kurashish muammosi.
Mana, mamlakat
qirq
yildan buyon Janubda
qo‘nim
topgan Sitsiliya mafiyasiga
qarshi
kurashadi. Ammo natijasi guyoki
qumga
sepilgan suvdek. Bu uyushgan
jinoyat guruhi
harakati
Janub iqtisodiyotining taraqqiy etmayotgani ta’sirini
ko‘rsatmokda.
Umuman, Italiya uchun muammo bo‘lgan «Shimol-Janub» Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotiga
ham
yetarli tashvish keltirmokda. Shu bois YEI
ga a’zo davlatlar bu
hududdagi
tanglikni bartaraf etish uchun industriya, kapital
mablag‘lar, ilmiy-texnik resurslar kiritishga shay.
Italiyaning jo‘g‘rofiy joylashishi yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy va
Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqallar
qilishga
qulay
. Uning
taraqqiyoti bevosita tashqi aloqallarni yaxshilash bilan bog‘liq. Ammo, bu yerda
tabiiy resurslarning yetishmasligi bu muddaoning keng ko‘lamda joriy etilishiga
imkon bermaydi. Eksportsiz esa iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishib
bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatda so‘nggi o‘n yillikda eksport o‘sishi
quyidagicha
ko‘rinishga ega bo‘ldi:
1992 yil sentyabrda milliy valyuta – liraning
qadrsizlanishi
kuzatildi.
Oqibatda
xorijda
Italiya
mahsuloti
narxi
keskin
pasaydi,
raqobatbardoshligi kamaydi (Italiya banki bo‘yicha baho-18 % ni tashkil
etdi). Ammo bu savdo balansini yaxshilashga zamin yaratdi. Mahsulot
arzonligi bois eksport va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari 10 % gacha
o‘sdi, import esa 1,3 % ga kamaydi;
Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) doirasida mamlakat 1994 yil bahorida
poshlina uchun bojlarni pasaytirdi. Natijada yalpi ichki mahsulot (YAIM)
tayyorlashda so‘nggi sakkiz yil ichida 2 % lik o‘sish kuzatildi;
1993 yilda transmilliy korporatsiya (TMK)lar bu yerdan barcha
sohalardagi mahsulotlarni erkin sotib olishlari uchun eshiklar ochib
qo‘yildi
. Haridorlarni ko‘proq farmatsevtika, kosmetika va zamonaviy
texnologiyalar sanoati
qiziqtirdi
. Natijada eksport ulushida AQSH,
Shvesariya, Angliya, Fransiya va nemis firmalarining o‘rni salmoqli tus
oldi.
eksport salohiyatida kredit va sug‘urta tizimida joriy etilgan imtiyozlar
alohida mazmun kasb etdi. Bu sohalarni soddalashtirish va amaliyotga
doimiy tadbiq etib borish maqsadida 1978 yilda tashkil etilgan kreditlarni
sug‘urtalash milliy institutida ixtisoslashgan eksport kreditlarini
sug‘urtalash (CAZE) bo‘limi ochildi. Bu bo‘lim faoliyatini davlat moliya
vazirligi o‘z nazoratiga oldi. Uning asosiy funksiyasi uzoq, o‘rta va
qisqa
muddatli eksport kreditlarinini sug‘artalash, eksport mukofatlarini
taqsimlashdan iborat bo‘ldi. CAZE
hozirda
ham
150 ta mamlakatning
eksport kreditlarini sug‘urtalagan.
Ayni kunda bu bo‘lim Italiyadan olib ketilayotgan zamonaviy
texnologiyalar, litsenziya va patentlar, shuningdek, investitsiya va xomashyolarni
121
harid
qilinishidagi
mablag‘larni
ham
sug‘urta
qilmoqda
. Bu ilgaridek, uchinchi
davlatning vositachilik faoliyatiga chek
qo‘ydi
, endilikda bu bo‘lim nufuzi
ham
oshgan.
Italiya tajribasida eksport krediti ikki xil firmalar va banklar krediti
yo‘nalishlariga ega. Firma kreditlari xorijlik ishbilarmonlar uchun vositachilik
harajatlarini yo‘q
qilgan
holda
taqdim etilgan kreditning 75-80 foizini davlat
kafolati bo‘yicha saqlashni, bank krediti esa tuzilgan shartnoma bo‘yicha 80-85
foizigacha davlat kafolatini berishni o‘z zimmasiga olgan:
eksportni rag‘batlantirish uchun eksport
qiluvchilar
to‘lovlaridan ozod
qilindi
;
muddatda ko‘rsatganidan ertaroq import
qilishgan
va mahsulotni
qayta
ishlab eksportga chiqargan mijozlar bojxona poshlinalarini
to‘lamaydigan bo‘lishdi;
davlat byudjetiga
qaytarilmagan
katta
hajmdagi
mablag‘ mamlakat
sanoat korxonalarini modernizatsiya
qilish
, eksportbop mahsulotlar
ishlab chiqarish va raqobatbardosh tovarlar salmog‘ini oshirishga
yo‘naltirildi.
Shunday
qilib
, Italiya siyosati milliy eksportni rag‘batlantirish orqali
mamlakatning asosiy
hududlarida
tom ma’nodagi iqtisodiy siyosatni vujudga
keltirdi.
Nazorat savollari
1. Jahon xo‘jaligida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining o‘rni va rolini ayting.
2. G‘arbiy Yevropadagi integratsiya jarayoni
qay
mazmunda nihoyasiga yetdi?
3. G‘arbiy Yevropa iqtisodiyoti
qaysi
mahsulotlari bilan o‘ziga xos xususiyat jalb
etildi?
4.
Qo‘shilgan
Germaniya iqtisodiyoti va siyosatini tahlil
qiling
.
5. Ikkala Germaniyaning
qo‘shilishi
qanday
natijalarni keltirib chiqaradi.
6. Buyuk Britaniyaning jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni va rolini ayting.
7. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti sohalariga ta’rif bering.
8. Buyuk Britaniyaning turg‘un-degressiv
holatdagi
rayonlarini ayting.
9. Fransiya iqtisodiyotining asosiy rivojlanish xususiyatlarini gapirib bering.
10. Italiya iqtisodiyotiga
qisqacha
ta’rif bering.
122
XII Bob. RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR JAHON
XO‘JALIK TIZIMIDA
1.§. Jahon xo‘jaligida rivojlanayotgan mamlakatlarning
tutgan o‘rni va roli
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining taraqqiyoti tashqi iqtisodiy
aloqalar rivoji bilan bevosita bog‘liq. Ular mavjud fond (mulk) larni
zamonaviylashtirish va kengaytirishda, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy
nomutanosiblikni yengillatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo eksportida
rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi salkam 30 % ni tashkil etadi. Jumladan
sanoat mollari – 21 % dan, mashinasozlik mahsulotlari 20 % dan iborat. So‘nggi
yillarda rivojlanayotgan mamlakatlardan tayyor mahsulotlar eksport
qilinishi
ancha
mustahkamlandi. Ammo shuni alohida ta’kidlash kerakki, rivojlanish bosqichidagi
mamlakatlarga yangi texnologiyalarni to‘liq joriy etish oson kechmaydi. Buning
uchun ular avvalo muhim vazifa-sanoat taraqqiyotiga
har
tomonlama erishmoqlari
lozim. Bunda ixtisoslashgan kadrlar, kommunikatsiya masalalari, zarur shart-
sharoitlar yaratilishi ma’lum vaqt o‘tishini talab etadi. Xalqaro mehnat taqsimoti
(XMT) da barcha real import ehtiyojlari va eksport imkoniyatlar majmuida aks
etadi. Bu mamlakatlar uchun xalqaro tashqi daromad olishdagi mustahkam,
ishonarli manba bo‘lib
qoladi
.
Dunyo bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar mavqeining o‘zgarishi
sanoatlashtirish strategiyasida eksport borasida
qaramlik
dinamikasining
pasayishini ko‘rsatadi. Masalan, 1960 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda
import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilishi rivojlangani bois, dunyo
bozorida eksport
hajmi
25 % gacha
qisqardi
. Albatta, bundan Xitoy mustasno.
1970 yillarda esa bu ko‘rsatkich yana 10 % ga kamaydi. 80-yilga kelib esa bu
borada rivojlanish yanada yuksaldi. Sanoat eksporti summa miqdori so‘nggi o‘n yil
ichida 9,9 boravarga o‘sdi. Xalqaro mehnat taqsimotidagi asosiy tarkibiy o‘rnida
sanoat mahsulotlari eksporti endilikda texnik murakkablik tomondan jadallashadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda an’anaviy tovarlar eksporti yangitdan
taksimlanishni keltirib chiqardi. Bunda taraqqiy etayotgan davlatlarning jahon
bozorida o‘z o‘rinlarini egallashlari uchun
qo‘shimcha
eksport resurslarni izlab
topish, dunyo bozoridagi narxlarda arzonlashayotgan xomashyo resurslari
savdosidagi muhitni o‘zlashtirish, rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi
savdodagi
qattiqqo‘llikni
cheklash va talabni o‘zgarib borishini o‘rganish
qatiy
talab etiladi. Bu yerda eksportning xilma-xilligi asosiy rolni o‘ynaydi: ya’ni
xomashyoni
qayta
ishlash va jahon bozoriga turli-tuman tayyor sanoat mahsulotlari
bilan kirib borish samara beradi.
So‘nggi o‘n yillikda rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo bozorida xizmat
ko‘rsatish turini mustahkam egallashga urinmoqdalar. Ya’ni birinchi navbatda
sayyohlikni. Masalan, Misr davlati uchun turizm mamlakatga valyuta kiritish
bo‘yicha uchunchi o‘rinda turadi. Ayniqsa bu soha Turkiyada gurkirab
rivojlanmokda.
123
Rivojlanayotgan mamlakatlar eksportining eng o‘ziga xos xususiyati ishchi
kuchi eksportda namoyon bo‘lmoqda. Bu mamlakatlarga kiritilayotgan chet el
valyutasining yillik o‘sishi 10 % ni tashkil etmoqda. Pokistonda ishchi kuchi
ortidan kelayotgan foyda xorijga eksport
qilinayotgan
tovar va ko‘rsatilayotgan
xizmatlardan 5 baravar ko‘p bo‘lmoqda. Misr yalpi ichki mahsuloti ulushida bu
yo‘nalish orqali 40 % foyda kelayotgan bo‘lsa, Marokkoda – 50 %, Turkiyada-
60%,
Hindistonda
bu ko‘rsatikich 80 % ni tashkil etmoqda.
Mahsulot ishlab chiqarish tizimidagi siljish va o‘z ehtiyojini
qondirish
uchun rivojlanayotgan sanoatlashtirish jarayoni sifatli import mahsulotlarida ishlab
chiqarish
imkonini
beradi.
Rivojalanayotgan
mamlakatlardagi
o‘zini
ta’minlashning o‘sishi chetdan tayyor mahsulotlar importini
qisqarishiga
olib
kelyapti. Ayni paytda bu kabi mamlakatlarda importga fakat milliy xo‘jalik
mahsulotlari, yonilg‘i, ma’danli va
qishloq
xo‘jalik xomashyolari kiritish
mo‘ljallangan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda texnika importiga moyillik yuqori. Shu
bois
ham
transmilliy korporatsiya (TMK) ichki savdosida texnika eksporti yuqori
ko‘rsatkichni
ko‘rsatmokda.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarning
yangi
texnologiyalarni harid
qilayotganligini
quyidagi
uch guruhga bo‘lish mumkin:
Texnika va zamonaviy uskunalar – Osiyo mamlakatlariga.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el kapitallari – Lotin Amerikasi mamlakatlariga.
Tuhfa sifatida texnik yordamlar – Afrika mamlakatlariga.
Importga keltirilgan texnologiyalar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, zarur
moliya vositalarini talab etadi. Yalpi ish kuchlari yaratadi. Bu esa rivojlanayotgan
mamlakatlarga katta imkoniyat beradi. Shuningdek, ishlash, intilish muhtojlikdan
qutqaradi
, iqtisodiyotni yuksalishi va mamlakatning barkaror rivojlanishiga katta
turtki beradi.
2.§. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining
asosiy xususiyatlari
Dunyo xo‘jaligi rivojida asosiy yo‘nalishlardan biri rivojlanayotgan
mamlakatlar aholisining bu yerda kechayotgan islohat jarayonlariga faol
yondashuvidir. Bular kuchli tabaqalanishni keltirib chiqarishi
ham
mumkin. Agar
1950 yilda o‘sish jarayonlarini o‘zlashtirgan aholi 34 ta mamlakatni tashkil etib,
iqtisodiy o‘zgarish 2,4 barobarga oshgan bo‘lsa, uning aksi bo‘lgan mamlakatlar
47 tani tashkil etgan. 2004 yilga kelib esa bu ko‘rsatkichlar -2,9 baravariga va 12,2
baravarlarga ortishi kuzatilgan. Dunyo xo‘jaligida boy mamlakatlar va kambag‘al
davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovut 2004 yilda 20:1 tenglikni tashkil etdi.
BMT ma’lumotlariga
qaraganda
, bugungi kunda rivojlanayotgan
mamlakatlar jahon yalpi ichki mahsuloti (YAIM) dagi ulushi 48,9 % ni tashkil
etadi. YAIM da bu aholining yillik mahsuloti 500-1500 AQSH dollariga teng.
Aksariyat yirik mamlakatlarning YAIMdagi
qayta
ishlash sanoati borasida ulushi
yiliga 10 gacha yuqorilamoqda, xolos.
124
Hozirda
aksariyat mamlakatlarda, ayniqsa rivojlanayotganlarida tabiiy
xomashyo zahiralari mamlakatning chekka va uzoq joylarida mavjud. Bu borada
Rossiya alohida o‘rin tutadi. Masalan, uning 89 % neft zahirasi, 72 % - tabiiy gaz,
45 % - temir rudasi, 70 % - mis, 94 % -
qalay
, 63 % - nikel, 38% - volfrom, 20 % -
uran rudasi, 73 % - alyumin rudasi, 74 % - fosfor va fasforli minerali ana shunday
hududlarda
joylashgan. Rivojlanayotgan davlatlar taxminan dunyo iste’moli uchun
yetarli bo‘lgan gidroenergiya resurslarining teng yarimga ega.
Har
qancha
bo‘lsin turli-tuman yo‘nalishlar bilan o‘z iqtisodiyotini
rivojlantirayotgan mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu to‘rt xil
ko‘rinishida o‘z aksini topadi:
1. Ko‘p ukladli iqtisodiyot. Ya’ni turli mulk shakllari va
har
xil xo‘jalik
turlarining yaxlitligini ta’minlovchi iqtisodiyotni tashkil etish.
Qator
rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat monopoliyasiga tegishli katta-kichik
kooperativ, umumiy mulklar xususiy va individual mulkdorlarga beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat ukladlari yetakchi o‘rinni
egallaydi. Ukladlar o‘zining bahosi, harakterli tomonlari bilan aholi turmush
tarziga
ham
ta’sir etadi. Ayniqsa
qishloq
xo‘jaligi eng
qadimgi
ukladlardan
sanaladi. Xususiy kapitalistik uklad esa mulkdorlikning asosiy shakli
hisoblanadi
.
U asosan savdo, xususiylashtirish, sug‘urta va xizmat ko‘rsatishda rivojlanishni
yaqqol namoyon etadi.
2. Taraqqiyotga kichik tadbirkorlikni joriy etish kichik biznes sub’ektlarini
vujudga keltirish sanoat,
qishloq
xo‘jaligi va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirishni ta’minlaydi. Chunki kichik korxonalar yirik korxonalardan farqli
o‘laroq, kam mablag‘ evaziga
qisqa
muddatda iste’molchi talabiga mos mahsulot
ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Kichik va o‘rta korxonalar fan yutuqlarini
ishlab chiqarishga tez joriy etishi
qobiliyati
bilan
ham
ahamiyatga molik.
3. Dunyo xo‘jalik tizimida
qaramlik
holati
tashqi iqtisodiy aloqalarda
yaqqol namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyot strukturani
qoloqlikdan
chiqarishda kichik
tadbirkorlik taraqqiyoti, agrar-xomashyo zahirasini o‘zlashtirish, jamoaviy ishlab
chiqarishni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun G‘arb davlatlari
bu islohatlarni joriy etib bo‘lganlar va tashqi iqtisodiy aloqalarni yuqori saviyada
yo‘lga
qo‘yib
olishgan.
4. Ijtimoiy jamiyat tuzilishi. Jamoaviy mulkchilik
ham
zarur. Chunki u
jamoa munosabatlari va fuqarolik tashkilotlarini shakllantiradi. Zero,
kamabag‘allik, aholi ko‘payishi, ishsizlikning yuqori darajaga kelishi
rivojlanayotgan mamlakatlar harakteriga xos xususiyat.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishdagi tobelik darajasi uch kategoriyaga bo‘linadi:
aholi jon boshiga yuqori daromad oluvchi mamlakatlar (Bruney,
Qatar
,
Quvayt
, Birlashgan Arab amirligi, Singapur va boshqalar);
aholi jon boshiga YAIM da o‘rtacha ko‘rsatkichga ega mamlakatlar
(Liviya, Tunis, Urugvay, Paragvay va boshqalar). Ular faoliyati uchun
xomashyo va agrar sohaga ixtisoslashuv, sanoat xilma-xilligiga erishuv
asosiy xususiyat sanaladi;
125
qashshoq
mamlakatlar. Bu guruhga tropik Afrika, Janubiy Osiyo va
Okeaniya,
hamda
qator
Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi.
Qashshoq
mamlakatlar
hududida
jahon aholisining 2,5 % i yashaydi va ularning
dunyo YAIMidagi mahsulot ulushi 1% ni tashkil etadi. Rivojlanmagan
mamlakatlar uchun tashqi omil taraqqiyot uchun asosiy rol o‘ynaydi.
Afsuski, bu mamlakatlarda
qashshoqlikdan
qutulishga
o‘z kuchlari bilan
urinish kerakli natijani bermaydi.
3.§. Chet el kapitali va uning milliy davlat taraqqiyotiga ta’siri.
Transmilliy korporatsiya (TMK) va rivojlanayotgan mamlakatning
ijtimomy-iqtisodiy taraqqiyotida xorij kapitali o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi.
1950 yillar boshida AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya kapitali rivojlanayotgan
mamlakatlarning taxminan 70-100 % igacha neft, tabiiy gaz, mineral resurslar
zahiralarini nazorat
qilardi
. Shuningdek, rivojlangan davlatlar mablag‘lari Janubi-
Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi
qishloq
xo‘jaligining katta
qismini
o‘z
izmiga olgandi. 1960 yillar oxiriga kelib chet el korxonalari va ular kiritgan kapital
rivojalanayotgan mamlakatlarning jami 25 % lik mahsulotiga egalik
qildi
. Ammo,
yildan yilga bu ko‘rsatkich kamayib bordi. 2002 yilda xorij korporatsiyalari
filiallari kapitali bunday mamlakatlar YAIM ining 7 % ini tashkil etdi xolos.
Mavjud ishlab chiqarilgan mahsulot eksportining 30 % i esa albatta TMK
vositalari orqali amalga oshirildi. Markaziy Amerika, Karib
havzasi
va Osiyodagi
TMK korxonalari ichki bozorning xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarini o‘z
kapitali bilan nazorat
qilib
turadi. Jahon banki bergan ma’lumotlarga
qaraganda
,
Sharqiy Osiyo mamlakatlariga 40 %, Lotin Amerikasi va Karib
havzasi
mamlakatlariga 37 %, Markaziy Osiyoga 18 %, Janubiy Osiyoga 3,5 %, Yaqin
Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga 1% xususiy kapital mablag‘lari jalb
etilgan.
XX asr oxirlarida rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivojida chet el
kapitali katta o‘rin egallaydi. Dunyo mikyosidagi YAIM bo‘yicha bu o‘sish
o‘rtacha 4% ni tashkil etdi.
Iqtisodiy taraqqiyot
qoloqlikni
yengishda ishlab chiqarish va savdoni
o‘zaro bog‘liqlik bilan olib borish vazifasini ko‘ndalang
qo‘yadi
. Shuningdek,
iqtisodiy siyosat rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodi oyokka turib olishlarida
davlat korxonalarini xususiylashtirish, tashqi dunyo bilan ochiq iqtisodiyot
aloqalarni o‘rnatish, davlat taraqqiyotini ta’minlash uchun bozor munosabatlarini
shakllantirish kabi islohatlarni tezlatishni talab etadi.
1960 yil o‘rtalarida rivojlanayotgan mamlakatlar BMT tarkibida «77»
nomli takomillashayotgan davlatlar guruhini tashkil etdi.
Hozirda
bu guruhdan 132
mamlakat joy olgan. Takomillashayotgan mamlakatlar rivojlanayotgan
mamlakatlarga o‘z YAIMlarida 1%, shu bilan birga yordam sifatida 0,7 % mablag‘
berayaptilar. Bu talabni rivojlangan mamlakatlar alohida ko‘llayotgani yo‘k.
Ammo rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalarda bu ko‘maklar
o‘z ifodasini topmokda.
126
Rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli investiyalarni kiritish
YAIM salmog‘ining o‘sishiga katta yordam beradi. Investitsiya
hisobiga
umumiy
tarzdagi ulush 27 % gacha bo‘ladigan bo‘lsa, undan keladigan foyda, ya’ni xususiy
resurslar 72 % foizgacha oshadi. Shu jihatdan xorij kapitali Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi iqtisodiyotida asosiy rolni o‘ynaydi. Shuni
ham
ta’kidlash joizki, kapital
jalb
qiluvchi
mamlakatlarning ishlab chiqarish sohalariga bevosita xorijiy
investitsiyalarning kiritilishi va uning o‘sib borishi, bu davlatlarni iqtisodiy
qoloqlikdan
tezroq
qutilishining
asosiy shartlaridan biri sanaladi. Chet el
investorlari mamlakatning davlat korxonalarini xususiylashtirilishining tezlashishi
va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xususiy mulkdorlar safi kengayishiga salmoqli
hissa
qo‘shadi
.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida
ham
investitsiyalarning o‘rni beqiyos.
Masalan, 2004 yilda ishlab chiqarishga 650 mlrd. AQSH dollari miqdorida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari kiritilgan bo‘lsa, rakam investitsiya
kiritilishi borasida 1990 yilga nisbatan 4 baravarga oshganini ko‘ramiz.
Hozirgacha
esa investitsiya portfeli o‘sishidagi salmok 6 martaga ko‘pdir. Albatta,
chet el investitsiyalari taqsimotida turlicha ko‘rinish kasb etgan, ya’ni: 341 mlrd.
AQSH dollari Osiyo davlatlariga (Xitoy, Singapur, Indoneziya, Malayziya), 187
mlrd, AQSH dollari Lotin Amerikasiga (Meksika, Braziliya, Bermud, Argentina),
54 mlrd. AQSH dollari Afrika davlatlariga (Misr, Nigeriya).
Chet el investitsiyalarni jalb etish bilan rivojlanayotgan mamlakatlar
muammolari butkul yechilib
qolmaydi
. Albatta,
qayta
ayrim masalalarda
keskinlashuv paydo bo‘lishi mumkin. Masalan:
aksariyat investitsiyalar taraqqiyot jarayoni baravar bo‘lmagan,
istiqbolli mamlakatlarga kiritiladi (Xitoy, Meksika, Braziliya kabi);
chet el investitsiyasi jalb etishda raqobatni kuchaytiradi;
imtiyozlardagi ziddiyatlar: xorij investitsiyasi ko‘proq xususiy korxona
sohibalarini
qiziqtiradi
. Investitsiya portfeliga ega bo‘lgan mulkdor
ko‘pgina imtiyozlarga
ham
ega bo‘ladi. O‘z navbatida bu imtiyozdan
foydalanuvchilar
ham
borib-borib bir-biriga raqib bo‘lib
qolishadi
.
Tan olib aytish kerak, jalb etilgan chet el investitsiyasi foydasi
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishida sezilarli ravishda natija berdi.
So‘nggi yillarda ushbu sarmoyalar sabab ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar
eksport salohiyatlarini oshrishga erishdilar.
Hatto
, tashkil etilgan
qo‘shma
korxonalar mahsuloti tashqi bozorda
har
qanday
mamlakat tovarlari bilan to‘liq
raqobatlasha oladigan darajadagi sifatga erishdi. 1990 yil oxirlarida
rivojlanayotgan mamlakatlarga kapital eksporti yillik o‘rtacha 25-30 mlrd. AQSH
dollarini tashkil etdi va xorijiy investitsiya jamg‘armasi 130 mlrd. AQSH
dollaridan
oshdi.
Shunday
qilib
rivojlanayotgan
mamlakatlar
xorij
investitsiyalarining yangi manbalarini joriy etgan
hududlar
safiga kirishdi.
Chet el investitsiyasini jalb etish borasidagi iqtisodiy siljishlarni
Hindiston
misolida ko‘rib o‘tsak. Bu yirik davlat-dunyo mahsulot va mehnat bozorida
kattaligi jihatidan Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.
Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, jalb etilgan chet el kapitali
Hindiston
iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’sirining o‘ziga xoslik tomoni bor. Bu xorij investorlari
127
uchun istiqbolli sanalgan aholining ko‘p
qismi
yoshlardan tashkil topganidir.
(
Hindiston
aholisining 58 % i yoshlar, yohud o‘rtacha yosh – 24 ni tashkil etadi).
Misol tariqasida keltirish mumkinki, rivojlangan G‘arbiy Yevropa davlatlari va
Yaponiya doimiy ravishda
qarrilar
soni oshayotgan mamlakatlar sirasiga
kirmoqda. Garchi shunday bo‘lsa-da ozchilik yoshlar nafaqat yirik korxonalarning
iste’mol tovarlarida yetarlicha ulushga ega bo‘lishayotir, balki yuqori texnologiyali
mahsulotlar (kompyuter, telekommunikatsiya vositalari), zamonaviy xizmat turlari
(sug‘urta, axborot, turizm) ishlab chiqarishda
ham
yetakchi bo‘lishayotir.
Muhimi,
Hindistonda
yuqori malakali ilmiy-texnologik bilimlarni va
boshqaruvlikni o‘zlashtirayotgan xodimlar katta
qismni
egallaydi. Bu borada
Hindiston
AQShdan keyingi o‘rinda turadi. Beshta
hind
texnologiya instituti va
to‘rtta boshqaruvni tashkil etishni o‘rgatadigan oliy o‘quv yurtlarida dunyoda
shuhrat
qozongan
kasb sirlari o‘qitiladi. Ximiya, avtomobilsozlik, elektr va yadro
sanoati,
qurilish
va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha ixtisoslashgan kadrlar yetishib
chiqadi. Chet el investitsiya jalb etilishida
Hindistonning
yutug‘i
ham
shunda.
Ayni vaqtda
Hindiston
rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ta’minot borasidagi
qayta
ishlash, texnologik va elektron vositalar axboroti bo‘yicha yetakchi sanaladi.
Chet el investorlari
Hindistonda
asosan infratuzilmani rivojlantirish,
mehnat madaniyatini shakllantirish va tashabbuskorlikni
qo‘llab
-
quvvatlash
yo‘nalishida o‘z faoliyatlarini yurgizishayapti. Bu yerda barcha tovar ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatishlar xususiy sektor
qo‘lida
. Davlat korxonalari asosiy
kommunal xizmatlar va shu yo‘nalishdagi infratuzilmalar bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi
Hindiston
yaqin kelajakda chet el investitsiyasining jalb etish va
o‘zi kapitalini eksport
qilish
bo‘yicha katta ishlar
qilmoqda
. Shu maqsadda
hukumatning
qariyib
barcha mamlakatda vakolatxonalari ochildi va shu maqsadda
seminar va tadbirlar o‘tkazmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi uchun
qarzga
katta
mablag‘ olish odati alohida mazmun kasb etayotir. Ammo bu yo‘l bilan dunyo
xo‘jaligi tizimida kreditor
qarzdorlik
yildan-yilga oshib bormoqda. Ko‘pgina
rivojlanayotgan mamlakatlar bu kreditlarni olgach,
har
yili eksportdan kelayotgan
daromadlarining 30-40 % ini shu
qarzlardan
qutilishga
sarflashadi. Bu esa
rivojlanish uchun nokulay vaziyatni, ya’ni kreditlar narxining oshishi, sug‘urta
kafolatlarini talab etish, kredit summmalarini tarqatish muammolarini keltirib
chiqaradi.
Hozirda
rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy
qarzdorligi
1,8 trln.
AQSH dollaridan oshgan.
Jahon banki ekspertlari ma’lum
qilishicha
, so‘nggi o‘n yil ichida
rivojlanayotgan mamlakatlar katta kuvvat bilan dunyo bozoriga kirib borishayapti,
ayniqsa, «beshta yirik iqtisodiy salohiyatga ega» - Xitoy,
Do'stlaringiz bilan baham: |