quvvatlari
majmuasi» degan aqida mavjud. Bu aqida tufayli mamlakat ichkarisidagi ishlab
chiqarish korxonalarini yanada mukammalroq texnikalar bilan
qurollantirishga
,
ilg‘or texnologiya va ilmiy-texnik tajribasi
hamda
ishlab chiqarishning yanada
unumliroq tuzilishini joriy etishga tabiiy resurslarni o‘zlashtirishga,
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam berib, yangi buyumlar
chiqarishni tashkil etishga ketadigan vaqtni
qisqartirib
, ishlab chiqarish va butun
xo‘jalik faoliyatini oshirishga,
hosil
qilingan
milliy daromadni ko‘paytirishga
erishilmoqda.
Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari taraqqiyotida tashqi savdo muhim rol
o‘ynaydi. XXR ning tovar ayirboshlash
hajmi
325 mlrd. dollarni tashkil etdi. (Bu
dunyoda 10 o‘rin deganidir).
Har
yili xorijga mahsulot chiqarish 4 % dan 20 %
141
gacha oshib boradi. Tovar eksporti mamlakatga 75 % valyuta tushumini
ta’minlaydi. Eksport
hajmi
jihatidan Xitoy jahonda 13-o‘rinda, import
hajmi
jihatidan esa 16-o‘rinni band etadi.
Xitoy tashqi savdosi uchun eng muhim vazifa bu texnik va texnologiyalar
yaratib, uni chetga sotishdir. Bu borada
ham
mamlakat ancha yuqori ko‘rsatkichga
ega. Shuningdek, Xitoy chetdan zamonaviy texnikalar harid
qilishni
ham
kanda
qilmaydi
. So‘nggi yillarda shunday texnologiyalar mamlakatga kiritilgani sababli 8
ming xildan ziyod yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga erishildi. XXR
dunyoda paxta mahsulotlari va tabiiy ipak gazlamalari
hamda
elektronika va
mashinasozlik tovarlarini eksport
qilish
bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Xitoy
eksportida tayyor mahsulotlar jami tashqi savdoga chiqarilgan mahsulotlarning 2/3
qismini
tashkil etadi. Tashqi savdoda Xitoyning eng ishonchli sheriklari AQSH,
Yaponiya va G‘arbiy Yevropa davlatlaridir. Masalan, Yaponiya bilan
mashinasozlik va texnologiya bo‘yicha savdolar 50 % ni tashkil etsa, AQSH
yuqori texnologik mahsulotlar, samolyot va elektron
hisoblash
texnikasini harid
qilish
bo‘yicha yetakchi sanaladi.
XXR da chet el investitsiyasi 200 mlrd. dollarni tashkil etadi. Shuning 70 %
i xalqaro tashkilotlar va xorij korxonalari kreditlari va zayomlari
hajmida
ko‘rinadi. Dengizbo‘yi rayonidagi 80 % korxonalar xorij kapitali
hisobiga
faoliyat
yuritadi. Bu yer erkin iqtisodiy
hudud
sanalib, chet ellik ishbilarmonlar uchun bir
qator
imtiyozlar rejimi ishlab chiqarilgan.
Ko‘p yillar davomida Xitoy
hukumati
uchun Gangkong (Syangan), Makao
(Aomin) va Tayvan singari yirik
hududlarni
teng
huquqli
a’zo sifatida mamlakatga
qo‘shib
olish siyosati o‘z ishini yurgizdi. Chunki, Gonkong
hududlari
XIX asr
oxirlarida Buyuk Britaniyaga uzoq muddatli ijaraga berilgandi. Bu muhim siyosat
tufayli Gongkong 1997 yil 3 iyulda Xitoy ixtiyoriga
qaytdi
. Faqat
hozirda
«bir
davlatda ikki tizim» formulasi mujassam. Tan olish kerakki, Gongkong so‘nggi 50
yil ichida kuchli rivojlandi. Bugun bu yerdagi mavjud imkoniyatlar XXR
iqtisodiyotining muhim ustunlaridan biri sanaladi. Syanganda chet el investitsiyasi
hajmi
mamlakatning
qariyib
3 dan 2
qismiga
teng. Investitsion kontraktlar esa 80
% ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanma (oborot)da esa uning ulushi 40 % ni
tashkil etadi.
Tayvan
hududi
esa 1940 yilgacha Xitoyning bir bo‘lagi sifatida bo‘lib, ko‘p
yillar XXR oppozitsiyasi
hisoblandi
. 1990 yilda ikki mamlakat o‘rtasida aloqallar
yaxshilandi. Tayvan bugungi Xitoy iqtisodiyotida investitsiya
hajmi
jihatidan
Syangandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Resurslarning
qo‘shilishi
, Tayvan kapitali va texnologiyalari, Syangan va
Makao (Aomin)ning tashqi savdo aloqalari birlashishi «Katta Xitoy» ni
yaratilishini ta’minladi va yangi iqtisodiy taraqqiyotga erishgan
hudud
bo‘lib
qoldi
.
AQSH Xitoy bilan 1979 yilda diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. 1980 yillar
boshida Xitoy va AQSH o‘rtasida tovar ayirboshlash keskin kuchaydi. Xitoy xalq
xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun mashinasozlik va
elektronika mahsulotlari import
qilindi
. O‘z navbatida AQSH ga birinchi darajali
xomashyo mahsulotlari yetkazildi. O‘sha paytda Xitoy va AQSH savdo saldo
balansi barqarorlashdi va bu 60 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
142
Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar siyosiy munosabatlarning yaxshilanishiga
ham
o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Boshqa sohalar bo‘yicha
ham
keng ko‘lamdagi
ayirboshlash siyosati amalga oshirildi. Ammo, 1992 yillarda Xitoy rivojlanish
yo‘liga chikib olgach,
har
qanday
ishlab chiqarish sohasida Amerika bilan
raqobatlashish darajasiga yetdi. Oqibatda ikki davlat o‘rtasida «savdo urushi» avj
oldi. Bunga Xitoyning AQSH dan import
qilinadigan
tovarlar yo‘lidagi bevosita
taqiqlashlar, kvotalar, litsenziyalar, sifat andozalariga rioya
qilishga
ortiqcha
talablardan iborat
g‘ovlarni
olib tashlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Chunki
XXP ma’murlari AQSH bilan savdoda katta ustunlikka erishgan edi va o‘zaro
savdodagi ahvol xitoyliklar foydasiga
hal
bo‘lardi. Oxir-oqibat AQSH xalqaro
savdoda eksportni sezilarli tarzda cheklashni lozim ko‘rdi.
Yaponiya Xitoy bilan o‘zining tashqi iqtisodiy aloqalarini 1972 yildayoq
me’yorlashtirgan edi. 1979 yilda esa ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik
shartnomasi imzolandi. Yapon firmalari Xitoy bozoriga faol kirib bordi. XXRning
tashqi savdo oborotida Yaponiya ulushi 20 % ni tashkil etadi. Yaponiya Xitoyga
texnologik uskunalarni eksport
qilsa
, u yerdan katta
hajmda
xomashyo va
yarimfabrikat mahsulotlarni import
qiladi
. Xitoyda Yaponiyaning imtiyozli
kreditlari mavjud. Bir so‘z bilan aytganda barcha sohalarda bu ikki mamlakat
o‘rtasida istiqbolli munosabatlar yo‘nalishida shakllangan.
XXR ning Janubiy Koreya bilan aloqallari
ham
yildan-yilga yaxshilanib
bormoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasida birinchi
qo‘shma
korxona 1985 yilda
tashkil topdi. Janubiy Koreyadan 50 dan ortiq to‘qimachilik, elektrotexnika va
terini
qayta
ishlovchi korxonalar texnologiyalari keltirildi. 1992 yil avgustda bu
mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va bu iqtisodiy sohalar
rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Tovar ayirboshlash
hajmi
20 mlrd.
dollarga yetdi.
Nazorat savollari
1.
Xitoyning zamonaviy shart-sharoitga ega iqtisodiy imkoniyatlari
qanday
baholandi?
2.
Xitoy iqtisodiyotida 1970-80 yillarda
qanday
siljish tizimi amalga
oshirildi?
3.
Xitoy
qishloq
xo‘jaligi taraqqiyotida o‘ziga xos
qanday
jihatlar
mujasssam, deb o‘ylaysiz?
4.
Mamlakat iqtisodiyotini boshqarish modeli nechog‘li e’tiborga,
afzallikka ega deb o‘ylaysiz?
5.
Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojidagi asosiy xususiyatlarni sanab
o‘ting?
6.
Xitoy iqtisodiyoti rivojida xalqaro munosabatlarning o‘rni
haqida
gapirib bering.
143
XIV Bob. ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIYOTI
1.§. Jahon xo‘jaligida Rossiyaning tutgan o‘rni va roli
Rossiya Federatsiyasi (RF) 17,1 mln. kv. km. lik katta
hududga
ega bo‘lib, u
egalab turgan terrritoriyasi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Rossiya
Sharqiy Yevropaning katta
qismini
va Osiyo
qit’asining
ma’lum maydonini
tasarruf etgan. Rossiya
hududi
jihatidan butun G‘arbiy Yevropa davlatlari egallab
turgan maydondan
ham
bir necha bor ziyod va 14 ta chet el davlatlari bilan
chegaradoshdir.
Mamlakat aholisi – 146 mln. kishidan iborat bo‘lib, u aholi soni jihatidan
dunyoda Xitoy,
Hindiston
, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan keyin 6-o‘rinda
turadi. Aholi
tarkibi xilma-xil bo‘lib, unda
100 dan ortiq turli millat vakillari
istiqomat
qiladi
. Shuning 83 foizi ruslardan iborat. 75 foiz aholi esa shaharlarda
yashaydi.
Rossiya Federatsiyasi mustakil davlat sifatida 1991 yil 12 iyulda e’lon
qilindi
. U BMT va MDH a’zosi. Davlat tuzumi – federativ respublika. Rossiya
Federatsiya 20 ta avtonom respublika va 10 ta avtonom okrugi ma’muriy
hududdan
iborat.
Rossiya jahon iqtisodiyotida jiddiy o‘rin tutadi. Dunyo xo‘jaligidagi
YAIMda Rossiyaning ulushini solishtirganda, u AQSH ulushidan 10 martaga,
Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Eron ulushidan 5 martaga kam ekanligi ma’lum
bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotida Rossiya investitsiyasining solishtirma salmog‘i bor-
yo‘g‘i 1 % ni tashkil etadi. Tashqi savdo borasida
ham
u jiddiy ulushga ega, 1,4 %.
Bu esa rivojlangan mamlakatlar salmog‘idan ancha kam, janubiy Koreya ulushidan
esa 2 baravar kam ekanini ko‘rsatadi. Ammo Rossiya
qurol
-aslaha zihirasiga
egaligi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi (55%),
harbiy
harajatlari esa
AQShnikidan 16 baravarga, Xitoy
qiladigan
harajatdan esa 4 baravarga past.
Rossiyaning tashqi dunyodagi
qarzi
deyarli yo‘q
hisobida.
Dunyo YAIMida rivojlangan
g‘arb
mamlakatlarining ulushi tobora
pasayayotgani jahonda Rossiya singari rivojlanayotgan mamlakatlarning
kuchayotgani bilan harakterlanmoqda. Ekspertlar ta’kidlashicha, ularning ulushi
2015 yilga borib 7,8 foizga
qisqaradi
. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 3,5
% ga ortadi. YAIMda umumiy ishlab chiqarish
hajmi
bo‘yicha Rossiya bu davr
ichida 15-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarilishi taxmin etilmoqda. RF aholi jon boshiga
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida kuchli oltilikka
kirishi kutilayotir.
2.§. Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish
imkoniyatlarining o‘ziga xosligi
Rossiya dunyoda ma’danli xom ashyo resurslar zahirasi mavjudligi bo‘yicha
asosiy rol o‘ynaydi. Mamlakatning bugunda mavjud bo‘lgan
qimmatbaho
yerosti
va yer usti boyliklari zihirasi 28,6 trln. dollarni tashkil etadi.
Hozirda
Rossiya
144
dunyodagi jami yerosti
qazilmalarini
qazib
olish bo‘yicha yetakchi sanaladi.
Xususan, bu yerda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko‘miri, 14
% temir rudasi, 15 % rangli va kam uchraydigan metallar
qazib
olinadi. Rossiya
MDH mamlakatlari ichida zahira foydali
qazilmalari
borligi jihatidan
ham
oldinda.
U MDH
mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78
% - boksit zihirasiga ega sanaladi. Rossiyada o‘rmonlar aholi jon boshiga 5
gektardan ortiqroq
to‘g‘ri keladi (bu Kanadada 8,6 gektarni, AQShda esa 0,8
gektarni tashkil etadi).
Rossiya tabiiy-xomashyo kapitalining 25-30 foizi milliy-boylik sanaladi. 30-
60 %i zahira esa rentabellsiz
hisoblanadi
. Shu bois milliy boylik summasining 8-10
%ini ma’danli – xomashyo bazasi tashkil etadi va uning taxmin
qilingan
28 trln.
dolaridan 1,5 trln. dollarigina
hozirda
foydalanishga yaroqli sanaladi.
Rossiya toshko‘mir va ko‘mirni
qazib
olish bo‘yicha dunyoda yetakchilik
qiladi
. Ammo, so‘nggi yillarda mamlakatda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy
va
siyosiy
vaziyatlar tufayli ko‘mir
qazib
olish shaxtalari va kar’erlaridagi ish unumli
pasaydi. Mamlakat 1980 – yillarda temir rudasi
qazib
olish va po‘lat eritish
bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egalladi. Biroq bu foydali
qazilmalarni
qazib
olishda
1990 yillar o‘rtasida Rossiyada ikki
hissaga
kamaydi. Ayniqsa, po‘lat eritish
borasida mamlakat
hatto
Qozog‘iston
va Ukraina ko‘rsatkichidan
ham
pasaydi.
Hozirgi
paytda Rossiyada
qimmatli
, ammo kam uchraydigan metallar
qazib
chiqarish deyarli to‘xtagan. Biroq, bu xomashyolar mavjud. Oltin, kumush, platina,
olmos,
qimmatbaho
toshlar
har
qanday
davlat uchun valyuta xomashyo sanaladi.
Rossiya bu mineral
qazilmalarga
boy. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida oltin
qazib
olish
bo‘yicha (yillik-300-400 tonna) mamlakat dunyodagi Janubiy Afrika Respublikasi
(JAR) dan keyingi 2-o‘rinda edi.
Hozir
esa Rossiyada yiliga 100 tonna atrofida
oltin
qazib
olinadi. U bu borada dunyoda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR),
AQSH, Avstraliya, Kanada va Xitoydan keyingi 6-o‘rinni egallaydi.
Issiqlik va energetika majmuasi mavjudligi jihatidan
ham
Rossiya oldingi
o‘rinlardan joy olgan. U aholi jon boshiga elektr energiya va boshqa elektr
mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha G‘arbiy Yevropaning rivojlangan
mamlakatlari va Shimoliy Amerika davlatlaridan 1,5-2 marta ko‘p ishlab chiqarish
salohiyatiga ega.
Shuni
ham
alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatda mavjud bo‘lgan asosiy
ma’danli
qazilmalarni
qazib
olish va uni iste’mol uchun ta’minlash borasida
Rossiya xorij mamlakatlaridan ancha orqada
qolgan
. Masalan, Rossiyada shunday
qazilma
boyliklarni izlash – geoglogik ishlari
hali
talab darajasida emas.
Rossiyada sanoat,
qishloq
xo‘jaligi, o‘rmonchilik sohalaridagi mavjud
texnologiyalarning eskirgani (50% gacha) va transport xizmati borasidagi eskirish
(46% gacha) ancha achinarli
holatni
keltirib chiqargan. Bu yerda texnologiyalardan
foydalanish muddati o‘rtacha 17 yil (AQShda 6-8 yil) ni tashkil etadi. Bu esa o‘z
navbatida ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatbardosh bo‘lishida salbiy ta’sir
ko‘rsatmokda. Chet el mahsulotlari bilan solishtirganda ularning sifatliligi 30%
gacha kam tarzda
qabul
qilinmoqda
.
Qishloq
xo‘jaligida investitsiya kiritilishi yildan-yilga
qisqarib
bordi, ammo
uning oldini olishning iloji topilmayapti. Masalan, 1992 yildan buyon sohaga
145
mablag‘ va kapital kiritish
hajmi
yiliga 16% dan 60% gacha kamayib bordi.
Oqibatda Rossiya iste’mol uchun oziq-ovqat mahsulotlarining 60% ini import
qilishga
majbur bo‘ldi. Umuman olganda, Rossiyada
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirish 1990 yilda 35 % ga kamaydi. Jumladan,
g‘alla
-46% ga,
qand
lavlagi-40% ga, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 40% ga, sut mahsulotlari-30%
ga
qisqardi
. Mamlakatda
qoramollar
soni esa 31 % ga, cho‘chqachilik-40%ga,
qo‘y
va echkichilik – 39% ga kamayib ketdi. Buning barchasi Rossiya iqtisodiyotini
xavfli
holatga
keltirdi. Shu bilan birga, Rossiya
qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining
nobudgarchilikka yo‘l
qo‘yilishi
ham
mamlakatga katta talofat yetkazdirdi.
Qishlok
xo‘jaligi mahsulotlarining nobudgarchilik darajasi rivojlangan
mamlakatlarnikiga nisbatan 10-20 martaga ortig‘icha kuzatildi.
Sanoati rivojlangan ko‘pgina mamlakatlar
qishloq
xo‘jaligini albatta
moliyaviy mablag‘ bilan ta’min etadilar. Rossiyada esa bu sohani moliyalashtirish
darajasi 9% ni tashkil etadi, xolos. Vaholanki bu
holat
Shvesariyada -52,
Yaponiyada -74, Avstriyada esa -44 % ko‘rsatkichga ega.
Qishloq
xo‘jaligida
yaratilgan dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xo‘jalik yuritishning bir turidan
ikkinchi turiga o‘tib turish sohada o‘zgarishini ta’minlaydi. Rossiyada esa yer
munosabatlariga ko‘p yillardan buyon e’tibor berilmayotir. Bugun esa mamlakat
oldida
qishloq
xo‘jaligida yuzaga kelgan ko‘pchilik tanazzulni yengib o‘tish,
yerga egasizlik siyosatiga barham berish, sohadagi mavjud imkoniyatlardan
unumli foydalanishni yo‘lga
qo‘yish
va
qishloq
xo‘jaligida keng ko‘lamli islohatni
amalga oshirish vazifasi turibdi.
Har
qanday
mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallovchi masalalardan
biri – bu ishchi kuchidir. Rossiya esa dunyoda keksa fuqarolari soni ko‘payayotgan
birinchi davlatdir. Ma’lumotlarga
qaraganda
, Rossiyadagi 146 mln. aholining 40
mln. i nafaqaxo‘rlar
hisoblanadi
. Mamlakat YAIM aholi jon boshiga yillik
daromad 1,5 ming AQSH dollari, o‘rtacha yosh esa bu yerda 66 yoshni tashkil
etadi. Savodxonlik darajasi 99% ni tashkil etib, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar
yoshlarning 77 % ni tashkil
qiladi
. Rossiyada ta’limni rivojlantirish uchun
YAIMdan 3,5 % mablag‘ ajratiladi.
Hozirda
davlat
hukumati
asosiy e’tiborini ijtimoiy
(uy-joy, ta’lim, nafaqa,
ish haqi, meditsina, demografiya kabi
) siyosatga
qaratgan
. Onalik va bolalikni
asrash
hatto
iqtisodiy muammolarga
ham
daxl
qilmokda
. Aynan shu borada davlat
alohida dastur ishlab chiqqan. Negaki mamlakatda o‘lish ko‘p, tug‘ilish kam. Agar
bugunda buning oldi olinmas ekan 2050 yilga borib, mamlakat aholisi umumiy
soni 100 mln. nafarga tushib
qolish
ehtimoli
bor
. Bu -17 mln. kvadrat kilometr
hududdagi
juda katta aholi soni yo‘qoldi degandir. Ekspertlar ma’lumot berishicha,
Rossiya
hududida
300 mln. dan ortiq
aholi yashashi va yaxshi turmush kechirishi
mumkin ekan.
3.§. Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari
Ma’lumki, Rossiya bozor iqtisodiyotiga 1990 yillar boshidan o‘ta
boshlagandi. Mamlakatda pala-partish
holatda
bozor munosabatlariga o‘tilishi
146
mayda korxonalarni, zamonaviylashmagan ishlab chiqarish tizimini, tashqi
iqtisodiy aloqalarda tartibsizlik va korxonalarni xususiylashtirishda
qiymat
va
baholash borasidagi mutanosibliklarni keltirib chiqardi. Bu esa mamlakatni ancha
obro‘sizlantirdi. Endi Rossiya
hukumati
oldida bu muammoni
hal
etish uchun
ikkita yo‘l mavjud edi. Birinchidan, iqtisodiy ahvolni to‘la o‘zgartirish uchun
aksariyat korxonalarni ishlab chiqarilgan
qat’iy
tartiblar ostida xususiylashtirish.
Ikkinchidan, bozorni rivojlantirish uchun davlat nazoratini, rolini o‘rnatish.
Davlat byudjeti amalda iqtisodiy siyosatga
qaratilgan
bo‘ladi. Aksariyat
mamlakatlarda davlat byudjeti shitob bilan o‘smoqda. Dunyo tajribasidan
ma’lumki, agarda mamlakatda iqtisodiy tahchillik sezilsa, davlat ushbu byudjet
hisobidan
aholi turmush tarzini ma’lum muddatlargacha barqaror ushlab turadi.
Rossiyada esa ko‘pdan buyon davlat byudjetida taqchillik sezilib
qoldi
va
hozirgi
kunda u ijobiy
holga
kelmoqda.
Yangi soliqlar tizimiga o‘tish, korxonalar foydasi va fuqarolardan
undiriladigan soliqlar darajasini oshirish byudjetni muntazam ta’minlaydi. Shu
jihatdan Rossiyada soliqlar tizimi uch xil – federal, oblastlar va mahalliy. Yaqinda
isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera
boshladi.
Pul-kredit siyosati-davlatni moliyaviy tartibga solishning
g‘oyat
muhim
usullaridan biridir. U pirovordida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka
erishishga
qaratilgan
. Rossiyada pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa
Markaziy Bank (MB)
hisoblanadi
. U bu siyosatni uch xil vosita orqali boshqaradi:
mavjud pul zahirasi, MB ning stavkalaridagi foiz darajasi, tijorat banklari
moliyalashtirayotgan mablag‘larni boshqarish.
Davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |