A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/264
Sana27.01.2022
Hajmi6,96 Mb.
#414487
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   264
Bog'liq
madraimov a. manbashunoslik fuzaelova

2.3. Manbalarni turkumlash
Sharq yozm a manbalarni turkum lashning yagona aniq bir qoidasi 
hozirgacha ishlab chiqilmagan. Mavjud qo‘lyozma manbalar fihristi bir qismi 
asarlar tili nuqtayi nazaridan kelib chiqib, tuzilgan. Masalan, Angliyaning 
Britaniya muzeyida saqlanayotgan sharq q o ‘lyozmalari yirik sharqshunos 
Charlz Ryo tomonidan, ularning qaysi tilda yozilganiga qarab, arab, tors va 
turkiy tildagi qoMyozmalami alohida-alohida tavsifga olib fihrist tuzilgan. 
Fransiya poytaxti Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan sharq 
qoMyozmalari haqida Edgar Bloshe ham shu tartibda katalog tuzgan.
Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 
x a z in a s id a g i q o ‘l y o z m a l a r b i r i n c h i b o r s a q l a n a y o t g a n t a s h k il o t
“ 0 ‘zbekiston F anlar akademivasi Sharq qo'lyozmalari m ajm uasi” nomi 
ostida turli tildagi va turli mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning o ‘n 
bir jildi nashr etilgan. Hozir qoMyozmalami qaysi fan sohasiga oidligiga 
qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan boMib, m ana shunday kataloglar 
chop etilmoqda.
Ba’zi manbashunoslar qo'lyozmalarni m azm uniga qarab, asarda qaysi 
masala bayon etilganiga qarab turkumlashni lozim topsalar, ularning 
boshqa bir guruhi asarning kelib chiqishiga, ya’ni qayerda va qachon 
yozilganligiga qarab turkum lashni m a ’qul ko'radilar. Yana bir guruh 
olimlar esa ularni rasmiy hujjatlar, tarixiy, geo-kosmografik va biografik


asarlar kabi turlarga bo'lib o'rganishni tavsiya qiladilar. Manbalarni 
avtograf, ya’ni muallifning o ‘z q o ‘li bilan yozilganligiga yoki k o ‘chirilgan 
nusxa ekanligiga qarab turkumlash hollari ham uchraydi.
Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning 
faqat bittasiga, ya’ni ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga 
muvofiq deb hisoblaydilar. C hunki boshqa tadqiqot yo'llari yozm a 
manbani chuqur va atroflicha o ‘rganish ham da tahlil qilish vazifalariga 
t o ‘la javob bera olmaydi.
Birinchidan, tarixiy manbalar ichida faqat bir — ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy masalaga butunlay bag'ishlangan asar deyarli yo‘q yoki juda kam.
Til bo'yicha manbalarni o ‘rganish yomon emas, lekin biror mavzuga 
oid manbalarni o ‘rganganda, faqat bir yoki ikki tilda yaratilgan asarlar 
bilan chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi.
M ana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi 
davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. 
Awalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o ‘quv yurtlarida o ‘qitilgan “ SSJI 
tarixi manbashunosligi” va “ O'rta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari 
m ana shu qoidaga asoslangan.
B.A. Ahm edov 0 ‘zbekiston tarixi (o ‘rta asrlar) manbalarini (yozma 
manbalarni) quyidagi uch turga b o ‘lib o ‘rganishni tavsiya qilgan: 1) 
ashyoviy manbalar, ya’ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar;
2) rasmiy hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik ham da biografik asarlar. 
Ushbu turkum da qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya’ni 
qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o ‘rganish uchun 
asosiy m anba b o ‘lib xizmat qiluvchi manbalar, asosan arxeologiya fani 
tom onida n o ‘rganiladi va biz uchun q o ‘shimcha yoki yordamchi dalil 
sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin.
Bizning fikrimizcha, 0 ‘zbekiston tarixi yozma manbalarini, asosan 
ikki turga b o ‘lib o'rganish m a ’qul k o ‘rinadi.
1) R a s m iy h u j j a t l a r — y o r l i q l a r , f a r m o n l a r , i n o y a t n o m a l a r ,
vaqfnomalar, hisob-kitob daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar, 
maktublar va boshqalar. U m u m a n , tarixiy hujjatlarning o ‘ttizdan ortiq 
turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari, 
y a ’ni feodal yer egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga 
o ‘xshash masalalar b o ‘yicha daliliy m a ’lum otga boyligi bilan tarixiy 
manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular, asosan hujjatshunoslar 
tom onidan maxsus o ‘rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda 
ilmiy qiymati juda katta.
2) Narrativ yozm a manbalar. Bunday asarlarda rasmiy hujjatlarga
12


nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va t o ‘la yoritiladi. Shuning bilan 
bir qatorda ular daliliy m a ’lumotlarga boyligi bilan ko ‘zga tashlanadi.
Yozm a manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab b o ‘lmaydi. 
Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar t o ‘g ‘risidagi 
m a ’lumotlar bayoni mavjud b o ‘lib, faqat ularning o ‘ziga xos bayon uslubi, 
badiyatini nazardan qochirmaslik kerak. Chunki tarixchi bor haqiqatni 
yozishi kerak b o ‘lsa, sh o ir yoki ijodkor badiiy t o ‘qim a, b o ‘rttirish, 
m ubolag‘aga y o ‘l q o ‘yishi, y a ’ni o ‘z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga 
ega. M as a la n , A lish e r N a v o iy b ad iiy a s a rla rid a s h o i r davriga va 
zamondoshlariga oid qimmatli fikr, mulohazalar mavjud. Xususan, uning 
asarlaridagi shoir biografiyasiga oid m a ’lum otlar asosida Izzat Sulton 
“ Navoiyning qalb dafta ri” nomli kitob yozib, u nda Alisher Navoiy 
biografiyasini tiklashga harakat qilgan.
Alisher Navoiyning “X am sa” asari tarkibidagi dostonlarida ham tarixiy 
m a ’lumotlar, xususan Mirzo U iug‘bek shaxsi va uning ilmiy merosi 
t o ‘g ‘risida juda qimmatli fikrlar mavjud.
Yozma manbalardagi o ‘ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan 
voqea, hodisalarga subyektiv yondashuv, ayrimlarini xaspo‘shlash yoki 
buzib talqin etish hollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot 
olib b o rilg an d a , ularga t a n q id iy y o n d ash ish talab etiladi. Bu esa 
m anbashunoslikning asosiy ilmiy talab va tamoyillaridan biridir.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish