Sharqshunoslik instituti qadimiy qoʻlyozmalarni saqlash, oʻrganish,
ilmiy
asosda
tadqiq
etish
va
targʻib
qilish
boʻyicha
mamlakatimizdagi
yetakchi
ilmiy-tadqiqot
muassasasi
etib
belgilandi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
qoʻlyozmalar fondi jahondagi eng nodir ma’naviy xazinalardan biri
boʻlib, olti boʻlimda 26 ming jild qoʻlyozma, 39 ming jild toshbosma
kitoblar va 10 mingga yaqin tarixiy hujjatlar, xattotlik namunalari va
miniatyuralar kolleksiyasi mavjud. Ular Markaziy Osiyo, xorijiy
Sharq xalqlarining tarixi,
madaniyati, adabiyoti va fanlari tarixini
oʻrganish uchun birlamchi manbalardir. Mazkur fond 2000-yilda
noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YuNESKOning
Jahon
madaniy
merosi
roʻyxatiga
kiritilgan.
Eng
noyob
qoʻlyozmalarimizdan biri – kufiy xati bilan yozilgan Qur’oni
karimning IX asrda koʻchirilgan qadimiy va tabarruk nusxasi. Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Imom
Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy, Muhammad
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos
Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy, Farididdin
Attor, Jaloliddin Rumiy, Nosiriddin Rabgʻuziy, Sharafiddin Ali
Yazdiy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy va boshqa
koʻplab
ulugʻ
alloma
va
mutafakkirlarning
qoʻlyozmalari
saqlanmoqda. Ular tarix, adabiyot, til, falsafa, huquq, falakiyot,
matematika, kimyo, tabobat, dorishunoslik, jugʻrofiya,
islom ilmlari
hamda boshqa sohalarga doir boʻlib, zamonaviy ilm-fan va
taraqqiyot uchun nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Ilmiy
xodimlarining yillar davomida olib borgan samarali faoliyati
natijasida fonddagi qoʻlyozmalarning 11 tomli “Sobraniye
vostochnix rukopisey” (“Sharq qoʻlyozmalari toʻplami”) katalogi
nashr qilingan. Fanning turli sohalari boʻyicha alohida mavzuli
kataloglar chop etilgan. 2016-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti asosiy fondining 13
ming jilddan ortiq
qoʻlyozmalari tavsifini oʻz ichiga olgan ingliz tilidagi elektron
katalog tuzildi. Xorazmiy, Beruniy, Fargʻoniy, Ibn Sino, Roziy,
Forobiy, Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk qomusiy olimlarimizning qator
ilmiy asarlari oʻzbek va rus tillarida ilmiy-izohli tarjima shaklida,
“Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumiga kiruvchi kitob-
146
albomlar nashr qilingan. Bugun tarixiy manbalarni nashr qilishda
koʻproq
Amir Temur va temuriylar davri, nisbatan kam tadqiq
etilgan XVI-XIX asrlar manbalariga e’tibor qaratilmoqda. Soʻnggi
besh yilda 10 dan ortiq tarixiy manbalar nashrdan chiqarildi.Ularning
aksariyati matnshunoslik tadqiqotlari mahsulidir. Bu – xalqimizning
“Ilm bilan shugʻullanish igna bilan quduq qazish bilan barobardir”
degan hikmatining hayotiy isboti. Olimlarimiz orasida qoʻlyozmalar
ustida 10-20-yillab, hatto umrbod ishlayotgan insonlar bor. Institut
xalqaro hamkorlikda ham qator ishlarni amalga oshirmoqda.
YuNESKOning Samarqanddagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti
bilan hamkorlikda mashhur shoir va tarixnavis Muhammadrizo
Ogahiyning Xiva xonligi tarixiga oid “Jome’ al-voqeoti sultoniy”,
“Zubdat at-tavorix” asarlari, Jumaquli Humuliyning Buxoro xonligi
tarixiga doir “Tarixi Humuliy” asarining tanqidiy matnlari, Tokio
universiteti bilan hamkorlikda nashr qilingan “Kokandskoye xanstvo:
vlast, politika i religiya” monografiyasi shular jumlasidan.
17-
rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus)
Dastlabki vazifa – Sharq qoʻlyozmalari
fondini saqlash,
ta’mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab yozuvidagi
turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini
147
tadqiq qilish, ularni asl holida, oʻzbek va xorij tillarida ilmiy izohlar,
tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritishdan iborat.
Ilgari fan va Markaziy Osiyo tarixiga oid manbalar koʻproq
ishlangan boʻlsa, endi falsafiy mazmundagi, mumtoz Sharq
adabiyotiga oid qoʻlyozmalarga asosiy e’tibor qaratamiz. Bu
manbalarning maxsus kataloglarini tuzishni boshladik.
Do'stlaringiz bilan baham: