tashlasak, unda “Iliada”ni, “Shoh Edip”ni, “Ilohiy komediya”ni
umuman oʻqimasligimiz kerak
”.
65
Darhaqiqat, muqaddima qism, shuningdek, ba’zi oʻrinlarda
boshqa boblarning qisqartirilishi bu nashrlarning eng katta
kamchiligi edi. Xususan: “Hayratu-l-abror” dostoni 70-yillar
nashrida XII bobdan boshlab nasriylashtirilgan
va unda muqaddima
qismdan boshqa qisqartirilgan boblar ham mavjud. Qisqartirilgan
boblar: I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XXV, XXIX,
XXXIX, LI, LIII, LV, LXI boblar boʻlib, jami 23 bobdan iborat.
Dostondagi muqaddima boblar singari keyingi qisqartirilgan boblar
ham asosan tasavvuf, din, ilohiyotga aloqador, shoh va shahzodalar
madhidagi boblar boʻlganligi uchun nasriylashtirilmagan.
“Farhod
va
Shirin”
dostoni
VI
bobdan
boshlab
nasriylashtirilgan, I, II, III, IV, V
muqaddima boblar va Husayn
Bayqaro madhidagi X bob hamda shahzoda Badiuzzamon madhidagi
XI boblar (jami 7 bob) qisqartirilgan. 1989-yilgi nasriy bayonning
asliyat bilan birga chop etilgan nashrida ham aynan shunday. 2006-
yilgi lotin yozuvidagi nashrida esa barcha qisqartirilgan boblar
toʻldirilib, nasriylashtirilgan va asliyat bilan yonma-yon bir jild
ostida chop etilgan.
“Layli va Majnun” dostoni
nasriy bayoni V bobdan boshlanadi
va unda jami 6 bob qisqartirilgan boʻlib, ular: I, II, III, IV – kirish
boblar hamda sulton Husayn madhidagi VII bobdir. 1990-yil
nashrida ham nasriy
bayondagi qisqargan boblar, parchalar
toʻldirilmagan, biroq asliyatga muqaddima qism, ya’ni I, II, III, IV
boblar ham kiritilgan. 2006-yilgi lotin yozuvidagi nashri barcha
nashrladan koʻra ancha mukammal boʻlib, barcha qisqartirilgan
boblar toʻldirilib, nasriylashtirilib asliyat bilan bir jild ostida qayta
nashr qilindi.
Nihoyat, 1991-yilda nashr etilgan
“Sab’ai sayyor”
oldingilardan
farqli oʻlaroq,
asliyat ham, tabdil ham toʻliq holda chop etilgan
birinchi dostondir. Dostonni ilmiy-tanqidiy matn asosida qiyoslab
Inoyat Maxsum tomonidan 70-yillarda amalga oshirilgan nasriy
matnini qaytadan tahrir etib, toʻldirib nashrga tayyorlovchi
S.Hasanov. Bu nashr 2006-yili
qisqartirilgan boblari ham
65
Комилов Н.. тафаккур ва нафосат хазинаси // Гулистон.- 1981.№2. – Б. 20-24.
129
nasriylashtirilib lotin yozuvida asliyat bilan birga qayta nashr
qilingan.
“
Saddi Iskandariy”
esa asliyat ham, nasriy bayon ham birinchi
marta toʻliq holda chop etilgan birinchi dostondir. Nashr 1991-yilda
amalga oshirilgan. Dostonni ilmiy-tanqidiy matn asosida qiyoslab va
nasriy bayonini qaytadan toʻldirib nashrga tayyorlovchi Mavjuda
Hamidova.
66
Bu nasriy bayon boʻyicha 2000-yilda Abduvohid
Hayitov oʻzining nomzodlik dissertatsiyasida nasriy tabdildagi ba’zi
bir nuqsonlarni aytib oʻtgan va xato-kamchiliklarini qayta tahrir qilib
chiqqan, lekin bu tahrir
kitob holida chop etilmagan
67
.2006-yilgi
nashri ham aynan 1991-yilgi nashri bilan bir xil.
Xullas, Navoiy dostonlari nasriy bayonlarini qisqartmasiz toʻliq
holda berish an’anasi “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy”
bayonlaridan, ya’ni 1991-yildan boshlandi, deb qayd etib qoʻyish
mumkin.
Guvohi boʻldikki, dastlabki uch dostonning saksoninchi yillar
oxiri toʻqsoninchi yillar boshidagi nasriy bayonlari yuzasidan
navbatdagi toʻldirishlar qilishga ulgurilmagan va ular zudlik bilan
avvalgi holaticha nashr etilgan. Lotin yozuvidagi 2006-yilgi
nashrlari esa ancha mukammal nashr boʻlib, barcha dostonlardagi
qisqartirilgan boblar toʻldirilib, nasriylashtirilib asliyat bilan birga bir
jild ostida kitobxonlarga taqdim etilgan.
Urushdan keyingi davrdan to bugungi kunimizgacha ulugʻ
shoir
ijodini
oʻrganish,
tadqiq
va
targʻib
etish
ishlari
aslo
susaymaganligini, navoiyshunoslarimiz ana shu yillar mobaynida bu
yoʻnalish boʻyicha nihoyatda samarali va muhim ishlarni amalga
oshirganliklarini yuqorida guvohi boʻldik. Darhaqiqat, bu ilmiy
jihatdan nihoyatda qimmatli faoliyat edi. Faqat bu ishlarning
umumiy bir kamchiligi mafkuraviy jihatdan chegaralanganligi,
kommunistik mafkura
qolipiga solinganligi edi, xolos. Mustaqillik
davrida qilingan ishlar esa bu kamchiliklardan xoli mukammal bir
ish edi. Har qanday talqin oʻz davri va asliyat davri oʻrtasidagi bir
koʻprik, vositadir. Tabdil oʻz davri tafakkur tarzi, ehtiyoj va talablari
66
Навоий Алишер. Садди Искандарий. Насрий баёни билан // насрий баён
муаллифлари
:
И.Махсумов
,
М.Ҳамидова; сўзбоши М.Ҳамидованики. – Т.
:
нашриёт-
матбаа бирлашмаси
,
1991. – 464 б.
67
қ. Ҳайитов Абдувоҳид. Алишер Навоий “Хамса” сини насрийлаштириш
:
анъана
,
табдил ва талқин // номизодлик диссертацияси. – Т.
:
2000.
130
nuqtayi nazaridan asliyatni talqin etadi. Boshqacharoq aytganda,
talqin asliyatga suyangan holda barcha xom-ashyoni oʻz davridan
oladi, shu bois unga davriylik
nafasi urib qoladi, davr, dunyoqarash
oʻzgarishi munosabati bilan, germenevtik qonuniyatlar ham shuni
tasdiqlaydiki, boshqa talqinga, asliyatga nisbatan oʻsha davr tafakkur
tarziga muvofiq keladigan munosabatga ehtiyoj seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: