Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

 
Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar: 
Ishq, kufr, oshiq, 
tafsirlar, ilmiy-tanqidiy matn, shayx-oriflar, iloh jamoli, zohid 
xonaqosini buzmaslik, ma’shuqaga sigʻinish, luǵatlar, “Xamsa” 
dostonlari sujetlari asosidagi xalq kitoblari matni, may – ilohiy 
tajalliyot, maxmur – vahdat mayidan bexudlik.
 
 
Xalqimizning ma’naviyatini ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher 
Navoiy ijodiyoti, ayniqsa, uning “Xamsa” - qomusiy asarisiz 
tasavvur qilib boʻlmaydi. Albatta, Alisher Navoiy asarlarini asl 
holida oʻqib, undan ma’naviy huzurlanish, ma’nolaridan, ohang va 
badiiy san’atlaridan zavqlanish kerak. Buning oʻrnini biror tabdil, 
sharh bosolmaydi. Biroq bugungi oʻquvchi va Navoiy yashagan 
zamon oʻrtasida besh yarim asrlik masofa yotibdi. Qolaversa, bu 
masofani bartaraf etishni yanada qiyinlashtiradigan zamon bilan 
aloqador boshqa toʻsiqlar ham borki, ularni yengib oʻtmay, 
oʻquvchining Navoiy merosi, ma’naviyatiga yoʻl topishi amri 
mahol. Shu bois “Xamsa” dostonlarini soddalashtirib oʻquvchiga 
124


yetkazish, 
nasriylashtirib 
tushuntirish, 
ommalashtirish, 
zamonaviylashtirish, bu ulugʻ ma’naviyat xazinasidan qisman boʻlsa-
da oʻquvchini bahramand qilish maqsadlarida oʻtgan ikki asrlik tarix 
davomida ular asosida bir necha bor nasriy qissalar, nasriy bayonlar, 
tabdillar 
yaratilgan. 
Demak, 
zamonaviy 
tabdillar, 
sharhlar 
koʻmagisiz maxsus tayyorgarligi boʻlmagan oʻquvchining Navoiy 
asarlarini bevosita qabul qilishi qiyin. Tabdil, nasriy bayon yoki 
sharh oʻquvchi oldida ulkan toʻsiq boʻlib yotgan Navoiygacha 
boʻlgan masofani bartaraf etib, uni asliyatga yaqinlashtiradigan 
muhim va foydali yoʻldir. 
13-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus) 
Navoiy asarlari asliyati va bugungi oʻquvchi imkoniyatlari 
orasidagi farqlar haqida gapirganda, 
birinchi galda
davr bilan bogʻliq 
tildagi oʻzgarishlarni qayd etish mumkin. 
Ikkinchidan
, Navoiy oʻz 
ijodida arxaik soʻzlar, arabiy va forsiy soʻz va izofalardan mumtoz 
adabiyotga mansub boshqa shoirlarga nisbatan ham ancha keng 
foydalangan. 
Uchinchidan
, baytlardagi koʻp ma’nolilik, ularning 
asosan majoz va ramzlarga qurilganligi ularni baytma-bayt 
sharhlashni, mutaxassisning juda koʻp izohlar bilan oʻquvchiga 
koʻmakka kelishini talab qiladi. Toʻrtinchidan, Navoiy asarlari asl 
125


mohiyatini idrok etish uchun oʻquvchi avvalo u mansub boʻlgan 
maslak, u e’tiqod qoʻygan haqiqatlardan xabardor boʻlishi kerak. Bir 
soʻz bilan aytganda, bularning bari Navoiy asarlari asliyatini bugungi 
oʻquvchiga jiddiy sharhlab, nasriylashtirib taqdim etishni taqozo 
etadi. Oʻtgan ikki asr mobaynida aynan ana shu sabablarga koʻra 
“Xamsa” dostonlarining turli shakl va saviyada yaratilgan bir necha 
nasriy tabdillari maydonga keldi. Toʻgʻri, XIX asrda Navoiy 
“Xamsa” si dostonlari asosida yaratilgan dastlabki nasriy qissalarni 
asliyatning toʻla ma’nodagi muqobillari, tabdillari deb atash 
mushkul, shoʻrolar davrida paydo boʻlgan eng soʻnggi nasriy 
bayonlar ilmiyligi, mukammalligi bilan bunday muqobillikka 
davogar boʻla olsa-da, biroq ular ham oʻsha zamon mafkurasi 
ta’sirida muayyan mahdudliklardan xoli emas. Shu nuqtayi nazardan 
bugungi kunda mazkur talqinlarni ham qayta koʻrib chiqish ehtiyoji 
borligi sezilmoqda. 
Navoiy asarlariga tuzilgan lugʻatlarni 3 turga ajratish mumkin:
1. Umumiy asarlarga tuzilgan lugʻatlar 
2. Muayyan asarlar materiallari qoʻllanilgan lugʻatlar 
3. Navoiy asarlari qoʻlyozmalaridagi lugʻatlar 
Navoiy asarlari Navoiyning hayotlik davridagi turkiy va forsiy 
xalqlar yashaydigan juda koʻp mamlakatlarga tarqalgan va izdoshlar 
paydo etgan edi.Uning vafotidan soʻng Navoiy asarlarining 
ixlosmandlari orta bordi, uning ajoyib ijodi va tili xalqlarni borgan 
sari koʻproq maftun eta bordi. Uning asarlarini koʻpaytirish, uslubiga 
ergashish, til xususiyatlarini oʻrganish davom etdi, Navoiy asarlari 
yuzasidan turli hajm va variantlarda lugʻatchalar tuzila boshlandi. 
XVI asr boshida yaratilgan turkiy-forsiy “Badoe’ul lugʻat”, 1759-
1760-yillar Mirza Mahdixon tomonidan tuzilgan turkiy-forsiy 
“Sangloh” lugʻati, 1862-yilda Fath Alixon tuzgan “Kitobi lugʻati 
atrokiya”, 1849-yilda Navoiy devonidagi qiyin soʻzlar izohi uchun 
tuzilgan “Farhangi hazrat mir Alisher mulaqqab ba al Navoiy” 
lugʻatlarini umumiy asarlarga tuzilgan lugʻatlar sirasiga kiritish 
mumkin. Aynan, Navoiy “Xamsa” siga tuzilgan alohida qoʻlyozma 
lugʻatlar ham uchraydi. Yoki Navoiy asarlariga she’riy lugʻatlar ham 
tuzilganligi fakti ahamiyatga molikdir. 
Navoiy asarlari materiallari foydalanilgan lugʻatlarda Navoiy 
asarlari lugʻat uchun maxsus obyekt boʻlmay, balki material bergan, 
xolos. Shunga qaramay, bunday lugʻatlarni tuzishda ham Navoiy 
126


asarlari, “Xamsa” materiallaridan foydalanilgan boʻlsa-da, ularning 
Navoiy dostonlarini nasriylashtirishda oʻrni bor. Bunday lugʻatlarga 
misol qilib 1552- yilda kitobat qilingan “Abushqa”, boburiylar 
davrida yaratilgan turkiy-forsiy “Lugʻati Turkiy” larni aytish 
mumkin. 
Navoiy asarlari qoʻlyozmalaridagi lugʻatlarga Navoiy asarlari, 
aniqrogʻi “Xamsa”si qoʻlyozmalaridagi matni atrofiga hoshiyalarga 
yozilgan lugʻatlarni kiritish mumkin. Bunday lugʻatlarga matndagi 
bir qism soʻzlar ayni oʻrinda izohlanib ketilaveradi. Masalan, 1845-
48-yillarda koʻchirilgan qoʻlyozmada noma’lum shaxs tomonidan 
“Xamsa” ning uch dostoni – “Sab’ai sayyor”, “Layli va Majnun” 
hamda “Saddi Iskandariy”larda uchragan qiyin soʻzlarni tushuntirish 
uchun shunday lugʻat yaratilgan (q.: OʻzR FAShI, №7863; Xamsa bo 
halli lugʻat, 1985, - 592. -634b). Bunday lugʻatning qulayligi 
matndagi tushunilishi qiyin soʻzlar ma’nosini, ayni oʻrinda, 
hoshiyada izohlashdir. Lekin cheklanganligi ham bor: bunday lugʻat 
bir yoki nari borsa undan nusxa koʻchirilgan boshqa nusxa doirasida 
qolib ketadi. Lekin yuqoridagi tur lugʻatlardan farqli ravishda, 
qoʻlyozmadagi bunday lugʻatlarda matn talqini kuchliroq aks etadi. 
Chunki bunda matnga yondashgan kotib yoki muayyan shaxs didi, 
matn va uni tashkil qilgan soʻzlarga munosabati, soʻz ma’nolari tarixi 
yaqqolroq koʻzga tashlanadi. 
Qoʻlyozmalardagi lugʻatlarni matn talqini nuqtayi nazaridan 
oʻrganishda bir necha jihatlarga e’tibor qaratish lozim boʻladi:
Lugʻatning joylashish oʻrnining oʻziga yarasha ahamiyati mavjud 
boʻlib, matn talqini bilan koʻp jihatdan bogʻlanadi. Qoʻlyozmalardagi 
lugʻatlarning bir qoʻlyozma doirasida, “Xamsa” ning barcha 
dostonlariga birdek tuzilishi holati kam uchraydi. Hatto, “Xamsa” 
ning bir dostoniga boshidan oxirigacha tuzilgan lugʻatlar ham yoʻq 
hisobi. 
Nasriy bayonchilik, tabdil, badiiy asarni nazmdan nasrga 
oʻtkazish an’anasi ham adabiyotimizdagi koʻpgina boshqa hodisalar 
singari uzoq oʻtmishga borib taqaladi. XIX asr boshida Navoiy 
dostonlari nasriy bayonlarining dastlabki namunalari Xorazmda adib 
Umar Boqiy tomonidan yaratildi. Bu esa Navoiy dostonlarini falsafiy 
“murakkab” adabiyotdan – “sodda” adabiyotga janrdan janrga 
tarjima qilishning ilk namunasi edi. 
127


Umar Boqiy XVIII asrning ikkinchi yarmi iva XIX asrning 
boshlarida Kiromiy, Roqim, Nishotiy, Andalib, Munis kabi 
shoirlarga zamondosh boʻlib Xorazmda ijod etgan. Umar Boqiy 
haqida bizgacha nihoyatda kam ma’lumot yetib kelgan boʻlsa-da, 
biroq u haqda va uning Navoiy dostonlari asosida yaratgan “Farhod 
va Shirin”, “Layli va Majnun” qissalari olimlarimiz tomonidan 
ma’lum darajada oʻrganilgan. 
“Sab’ai sayyor” ning nasriy bayoni Inoyat Maxsum tomonidan 
amalga oshirilib, 1977-yil asliyatsiz, alohida kitob holida chop 
etilgan. 1991-yili bu nasriy bayon asliyat bilan birga qayta nashr 
etilgan. 2006-yilda esa qisqartirilgan muqaddima boblari toʻldirilib 
lotin yozuvida asliyat bilan yonma-yon qayta nashr qilindi. 
Qayd etganimizdek, “Saddi Iskandariy”ning nasriy ifodasi ham 
shoirning 500 yillik yubileyi arafasida Inoyat Maxsumov va Yunus 
Latif tomonidan tuzib chiqilib, 1940-1941-yillarda asliyat bilan 
yonma-yon nashr etilgan edi. Bu nasriy bayon 1978-yili Inoyat 
Maxsumov tomonidan qayta toʻldirilib, asliyatsiz, alohida kitob 
holida qayta chop etilgan. 1991-yili esa bu tabdil Mavjuda Hamidova 
tomonidan qayta toʻldirilib, muqaddima boblar ham tabdil etilib, 
asliyat bilan birga nashr etildi. 2006- yilda esa bu nashr lotin 
yozuvida asliyat bilan birga yana qayta chop etildi. 
70-yillarda “Xamsa” nasriy tabdillarining bir muncha maromiga 
yetkazilganligi va ularning alohida kitoblar holida nashr etilishi 
navoiyshunoslik fanida bajarilgan nihoyatda katta bir vazifa 
edi.Nasriy bayonlarning oʻsha yillarda katta-katta qisqartmalar bilan 
nashr etilishi salbiy hodisa sifatida koʻpchilikka oʻsha davrda ham 
ma’qul boʻlmagan. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish