germenevtika to‘la ratsionallashdi. Gadamerga kelsak,
haqiqiy
tushunish mahsuldor munosabatdir. Bu bilan tarixni bevosita
tushunish jarayonini yengillashtiradi. Tarixshunos bir muallif asarini
o‘rganar, tarixiy hodisani talqin qilar ekan, o‘rganuvchining
tasavvuri, mulohazalari doimo asar mazmunini, ruhiyatini aynan aks
ettira olmaydi, degan xulosaga keladi (Истина и метод. М.1988.
Стр.304).
Falsafiy germenevtika Forobiyning aksidensiyalarning ko‘chish
qonunida ham bor. “Rasoil ul-xukamo” ta’kidlashicha, tushunishdan
avval anglash keladi. Buni zamondoshlarimiz E.Betti, Gadamer
germenevtika va uning sferalari to‘g‘risidagi ta’limotlarida endigina
ta’kidlashdi. Gadamerning matnlarni qismlarga bo‘lib o‘rganish
to‘g‘risidagi ta’limoti to‘g‘risida ham fikrimiz shunday. Bu
metodning ham tajribadan o‘tgan usuli aslida bizda mavjuddir.
Sharh ilmining fundamental asosi ilohiy kalom – Qur’oni karim
nuzuli jarayonida shakllandi. Bu muqaddas Kitob qanday nozil
boʻlgan boʻlsa, shundayligicha bitta harfi ham oʻzgarmasdan
saqlanib kelayotgani Paygʻambar zamonidan to bugungacha uzluksiz
silsila bilan bogʻlangan tarixiy hujjatlarda toʻla aks etgan.
Tarixiy
hujjatlarning ishonchliligi rad qilib boʻlmas ilmiy dalillar bilan
isbotlangan. Har bir oyatning nozil boʻlish oʻrni, vaqti, sababi
insoniyat
tarixida
hayotining
barcha
jihatlari
eng
kichik
nuqtalarigacha toʻla qayd etib borilgan yagona shaxs Muhammad
alayhissalomning hadislari orqali oʻta aniqlik va butun tafsilotlari
bilan oʻrganilgan.
Buyuk vatandoshimiz, muhaddislar
imomi Muhammad ibn
Ismoil Buxoriy 600 ming hadis toʻplagan. Hadislarni jamlashda
toʻqson ming kishi huzurida boʻlgan. Ushbu hadislar ichidan
saralangan 7 mingdan ortiq sahih hadisni oʻn olti yilda yozib
tugatgan mashhur
عماجلا
حيحصلا
(“Sahih hadislar toʻplami”) kitobiga
kiritgan. Savol tugʻiladi: nima uchun
shuncha yillik mehnat bilan
toʻplangan 600 ming hadis ichidan faqat 7 ming hadisgina kitobga
kirdi. Sababi, qonuniy ravishda Qur’onning sharhi maqomida e’tirof
etilgan manba – hadislar har qanday shubhadan, taxminlardan
batamom xoli boʻlsin. Zero, har bir fan sohasida qoʻyilgan bosh
masalaning yechimlari Qur’onda va hadislarda bevosita yoki
bilvosita mavjud ekan, tafsir, hadis, aqida, fiqh, usuli fiqh, siyrat ilmi
bilan shugʻullanuvchi olimlar oʻrganilayotgan mavzularga nihoyatda
141
mas’uliyat bilan yondashishga majburdir. Olimlar bu majburiyatni
muvaffaqiyat bilan uddalaganiga tarix guvoh.
Jahon fani olamida
erishilgan yutuqlarga nazar solib, 1400 yillik tarixga ega islomiy
ilmlar koʻplab choʻqqilarni zabt etganini koʻrish mumkin. Tibbiyot,
falakiyot, matematika, geometriya, fizika, kimyo qator fan sohalarida
Yevropa uchun inqilobiy taraqqiyot yoʻllarini Sharq tafakkuri ochib
bergani bugun ayon haqiqat. Ammo filologiya sohasida ham yutuqlar
uchun sharoit Sharqdan boshlangani tor doiradagi mutaxassislar
uchun ham ma’lum emas. Sharqda ijtimoiy-gumanitar fanlarning
kelib chiqishi Qur’oni karim va uni oʻrganish bilan bogʻliq. Statistika
sohasida qoʻyilgan birinchi qadamlar ham ulugʻ
Kitob matnini
yigʻib, mushaf holiga keltirish jarayonida amalga oshdi. Qur’on
avval surama-sura, oyatma-oyat yigʻib tartibga solingach, soʻzlar
soni, hatto harflar miqdorigacha aniq hisobga olingan.
Yigʻilgan
suralar matnlari va tartibini oʻrganish hozirgi kunda matnshunoslik
deb atalmish ilmning mukammal tamoyilini, dastavval, islom kelgan
davrdayoq yuzaga chiqargan edi.
Shu jarayonning oʻzida bir guruh
olimlar fonetika ilmiga asos solishdi. Sharqda bu ilm hanuzgacha
ilmi tajvid
nomi bilan atalmoqda. Ilmi tajvid olimlari Qur’oni karim
matni asosida arab tili fonetikasini batafsil bayon qilib berganlar.
Natijada, bu ilmni oʻzlashtirgan yevropalik olimlar uchun ilmi
tajvidda mavjud fonetik hodisalarni tushuntiruvchi
qonuniyatlarni
oʻz tillariga tatbiq qilish va ularni oʻzlariga tushunarli atamalar bilan
nomlashdan
iborat
vazifagina
qolgan.
Leksikografiya
va
leksikologiyaning Yevropadagi ravnaqi ham Qur’onni oʻrganishdan
orttirilgan bilim va tajribalarni oʻzlashtirishdan boshlangan. Holbuki,
lugʻatlarga hozirgi kun nuqtayi nazaridan qoʻyiladigan talablar arab
leksikografiyasida bundan ming yil ilgari ham bor edi. Ya’ni, Qur’on
uchun tuzilgan lugʻatlar X asrdan boshlab izohli va ikki tilli lugʻatlar
uchun zamin yaratish bilan birga, hozirgi kunda, deyarli barcha
tillarning lugʻatlarini tuzish uchun zarur boʻlgan leksikografik
usullarga asos boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: