“Bayozi Muhallo”
144 sahifadan iborat boʻlib, Gʻulom Hasan
Orifjonov matbaasida hijriy 1330-yilda chop etilgan. Kotibi – Mulla
Maxdum binni shoh Yunus marhum.Ushbu majmuada shoirning
“Novak andoz qazoya”, “Rashki ravoq jannat”, “Koʻrdim yuzini
davrida” deb boshlanuvchi gʻazallari takror uchraydi. Shu bilan bir
qatorda shoirning “Man nega mahvi oraz ra’nosi boʻlmayin”
gʻazalining faqat matla’ va maqta’sigina berilgan. Shoirning Amiriy
gʻazaliga bogʻlagan muxammasi“Umrlardurkim biyobon olami
poyoniman” deb boshlanib, bu bayozning 36-betida takror keladi.
Kitobning oxirgi sahifasida shoir Shavkat Iskandariyning Saryomiyni
“Kokuling” radifli gʻazaliga bogʻlagan muxammasi “Muxammasi
Shavkat Iskandariy bar gʻazali Yusuf Saryomiy” nomi bilan beriladi.
Majmuada Muqimiy, Kamiy, Ozariy, Tajalliy, Saryomiy, Noqis,
Rogʻib kabi 20 dan ziyod shoirning asarlaridan namuna berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |