179
16- MAVZU
QOʻLYOZMA MANBALAR
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad – “Qoʻlyozma manbalar” nazariy ma’lumotlar
asosida oʻrganiladi;
a)
tarbiyaviy maqsad – talabalarni mumtoz adabiyotga, ilmga,
millatga hurmat, kitobsevarlik ruhida tarbiyalash;
s) rivojlantiruvchi maqsad talabalarni mumtoz adabiy asarlarni
oʻqishga jalb etish, tadqiqot qilishga maylni uygʻunlashtirish,
mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
adabiy albom, kompyuter, proektor, mavzuga
oid slayd taqdimoti.
Dars turi:
ma’ruza
Darsning rejasi:
1.Qoʻlyozma manbalar
2.Bayoznavislik.
Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar:
Bayoz, bayoznavislik,
bayoznavis shoirlar, ijodkor konsepsiyasi, arab, fors va turkiy tillar,
noyob qoʻlyozma asarlarning faksimel va albomlari, qoʻlyozmalar,
turli hujjatlar, rasmlar, xotiralar, fotosuratlarni toʻplovchi,
saqlovchi va koʻrgazmali materiallar, toshbosma kitoblar va arxiv
hujjatlari, dunyoviy va diniy ilmlarga oid asarlar.
Oʻzbek xalqi oʻzining yozuv tarixi va boy yozma merosiga ega.
Qoʻlyozma merosimizning koʻp qismi arab yozuvida. Arab
yozuvidagi manbalar qoʻlyozma, toshbosma kitoblar va arxiv
hujjatlari shaklida boʻlib, ular arab, fors va turkiy tillarda bitilgan
tarix, madaniyat, dunyoviy va diniy ilmlarga oid asarlardan iborat.
Bu qoʻlyozmalarda oʻz davri san’ati darajasini ifodalovchi
miniatyuralar,
turli
bezaklar,
chizmalar
ham
mavjud.Ular
Movarounnahrda kitobatning rivoji haqida muhim ma’lumotlar
beradi.Mazkur
kitoblar
aholining
turli
qatlamlari
uchun
moʻljallanganligi bilan ham e’tiborga molik. Bunday qoʻlyozma
fondlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Alisher
Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida mavjud.
180
Yozuv nutq bilan bir qatorda ikkinchi aloqa vositasi hisoblanadi.
Ma’lumki, yozuvlarning eng qadimiysi piktografik yozuvdir. Ular
togʻ qoyalarida, gʻor devorlarida uchraydi. Bu yozuv belgilari
maxsus tovush ifodalamay, voqeani yaxlit holda bildiradi.
Toshdan keyin bigiz, bambuk, teri, papirus, qogʻoz, siyohlar kabi
yozuv ashyolari yuzaga kela boshlagach, ayrim rasmlarning oʻzlari
ifodalagan narsaga oʻxshashligi asta sekin yoʻqola boradi. Nihoyat,
yozuv ayrim soʻzlarni bildiradigan alohida belgilardan iborat boʻlib
qoldi. Bu ieroglifik yozuvdir. Bunday yozuv eng avval Xitoy bilan
Misrda paydo boʻlgan. Bu yozuv alifbe yozuvining yaratilishi uchun
zamin tayyorlab berdi. Uning asosida keyinroq yapon fonetik
boʻgʻinli (sillabik) va koreys fonetik (alifbo) yozuvi yuzaga keldi.
21-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus)
Qaysi yozuvning qaysi davrda paydo boʻla boshlaganini bilish
uchun qoʻlyozma manbalarning qaysi davrga mansubligini aniqlash
kerak boʻladi. Jumladan, kufiy (X asrgacha keng, XV asrgacha
siyrak), uygʻur (arab yozuvi tarqalguncha keng, XV asrgacha
kamroq), nasx (X asrgacha keng), nastaliq (XV asrdan keng) rasm
boʻlgan yozuvlarini qayerlarda va qaysi davrlarda qoʻllanilganligini
eslab koʻrishning oʻzi kifoya.
181
Buning ustiga bir paytning oʻzida qoʻllanilgan turli yozuvlarning
oʻziga xos vazifalari boʻlgani kuzatiladi. Jumladan, arab tilidagi
ilmiy asarlarga koʻproq nasx xati, forsiydagi adabiy-tarixiy asarlarga
nastaliq xati lozim koʻrilgan. Forsiy va turkiy matn ichidagi arabiy
iqtiboslar uchun nasx xati maqul hisoblangan.
Istiqlol yillari xalqimizning boy qoʻlyozma merosini saqlash,
boyitish, undan foydalanish, targʻib qilish, tadqiq qilish va nashr
etish sohasida koʻplab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi
qurildi.Institut fondi 28 mingga yaqin jildga joylashgan 70 mingdan
ortiq asar, risola, bayozlardan iborat. Fond yillar davomida
toʻldirilib, boyitib kelinmoqda. Bu yerda 6 mingdan ortiq turli
qoʻlyozma hujjat, maktublar ham saqlanadi. Alisher Navoiy
nomidagi Davlat adabiyot muzeyi koʻp asrlik oʻzbek adabiyoti
namoyandalarining hayoti va ijodiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan
qoʻlyozmalar, turli hujjatlar, rasmlar, xotiralar, fotosuratlarni
toʻplovchi, saqlovchi va koʻrgazmali materiallar tarzida namoyish
etuvchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy maskandir.
22-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus)
182
Muzeyda alohida qoʻlyozmalar fondidan tashqari Oʻzbekiston
shoir va yozuvchilari arxivi ham mavjud. Qoʻlyozmalar fondida arab,
fors va turkiy tillardagi turli fan sohalariga oid qoʻlyozma va
toshbosma kitoblar, Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari arxivida XX –
XXI asrlarda yashab ijod qilgan oʻzbek shoir va yozuvchilari hamda
adabiyotshunoslarining qoʻlyozmalari saqlanadi. Bulardan tashqari,
maxsus ekspeditsiyalar va ilmiy safarlar chogʻida mamlakatimizning
turli shahar va tumanlaridan topilgan, chet ellardagi ajdodlarimiz
ilmiy va adabiy merosiga oid materiallar yigʻilib, filmlar qilingan va
shu asosda qoʻlyozmalar va mikrofilmlar fondi barpo etilgan.
Qoʻlyozmalar fondida 2000 ga yaqin qoʻlyozma va toshbosma
kitoblar hamda fotonusxalar mavjud. Mazkur fondlardagi qoʻlyozma
va toshbosma kitoblarni ilmiy muomalaga kiritishning muhim
bosqichi boʻlgan tavsiflash va kataloglarini nashr qildirish sohasida
ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Noyob qoʻlyozma
asarlarning faksimel va albomlari nashr qilinayotir. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yetakchi olimlari bilan
uchrashuvi, qator ilmiy-tadqiqot muassasalarini Fanlar akademiyasi
tizimida qaytadan shakllantirish, ularning moddiy-texnik bazasini
yaxshilash, chet ellarda malaka oshirish, xorijlik olimlar bilan
hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan farmonlari fan taraqqiyoti,
xususan, ma’naviy merosimiz manbalari boʻlgan qoʻlyozma asarlarni
tadqiq etishni yangi bosqichga olib chiqdi. Ayni chogʻda mazkur
uchrashuv va hujjatlar olimlarning ruhiyatini koʻtarib yubordi.
Yangicha gʻayrat bilan qoʻlyozma merosimizni har tomonlama
tadqiq va tashviq etish boʻyicha tadbirlar tizimi ishlab chiqilmoqda.
Vatanimizda qoʻlyozma merosimizni tadqiq va targʻib etish sohasida
akademik ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tizimlarida samarali ishlar
amalga oshirilayotganligiga qaramay, e’tibor qaratilishi lozim
boʻlgan masalalar ham mavjud. Oliy ta’lim tizimidagi oʻzbek
filologiyasi fakultetlarida mumtoz oʻzbek adabiyoti oʻqitiladi. Lekin
ularda mumtoz adabiyotimizning ayrim jihatlari shakllanishi va
rivojlanishiga ta’sir oʻtkazgan arab va forsiy tildagi adabiyotning
xususiyatlari haqida ma’lumot berilmaydi. Zero, Vatanimizdan
yetishib chiqqan koʻplab ijodkorlar oʻz davrida arab yoki forsiy
tillarda ijod qilganlar va oʻsha tildagi adabiyotning rivojiga barakali
ta’sir oʻtkazgan. Bir paytlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida qadimgi turkiy til, oʻrxun-
183
yenisey va sugʻd yozuvlari boʻyicha tadqiqotlar olib boradigan
boʻlim faoliyat olib borardi. Afsuski, ana shu boʻlim ba’zi sabablarga
koʻra tugatildi. Kelgusida Fanlar akademiyasi tizimidagi biron
institutda ana shu boʻlim faoliyati qaytadan tiklansa, maqsadga
muvofiq boʻlardi. Sharq falsafasini qoʻlyozma manbalar asosida
tadqiq etadigan mutaxassislar tayyorlashga ham alohida e’tibor
qaratish zarur. Buning uchun mavjud falsafa fakultetlari qoshida
Sharq falsafasi turli yoʻnalishlarda bakalavriyat bosqichidan boshlab
oʻrgatilib, unda asosiy e’tibor talaba qaysi xalq falsafasini
oʻrganayotgan boʻlsa, oʻsha xalq tili va qoʻlyozma asarlarini oʻqiy
oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilmogʻi kerak. Zero, har
qanday xalq falsafasiga bevosita birlamchi manba asosida milliy
manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan baho bera oladigan oʻz
olimlarimizni tayyorlashga zarurat sezilmoqda. Adabiy va tarixiy
manbashunoslik sohasida ham xuddi shunday jihatlarni koʻrishimiz
mumkin. Bular bilan bir qatorda, xorijiy qoʻlyozma fondlar bilan
yaqinroq aloqalarni oʻrnatib, ularda saqlanayotgan Vatanimizdan
yetishib chiqqan allomalarning asarlari elektron bazasini tashkil
qilish ham zarur. Ma’naviy merosimizning manbalari boʻlgan
qadimiy yozuvlarimiz va qoʻlyozma asarlarni asrab-avaylash,
jamlash, foto yoki elektron nusxalarini xorijdan olib kelish, ilmiy
tadqiq qilish bilan bir qatorda kelgusida ularni yana ham chuqurroq
oʻrganish, tadqiqotlarning qamrovini kengaytirish va davomiyligini
ta’minlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ham alohida
e’tibor qaratish lozim.
“Bayoz”
soʻzining lugʻaviy ma’nosi “oqlik” boʻlib, atama
sifatida “she’rlar toʻplami”ni anglatadi. Bayozlar odatda ikki yoki
undan ortiq shoirlar she’rlaridan tashkil topadi. Bayozlar asosan
mashhur shoirlarning lirik asarlaridan tuzilgan. Bayozlar ma’lum bir
gʻoya yoki muayyan dunyoqarashni tashviq va targʻib qilmaydi,
umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham boʻlmaydi. Kimning
she’ridan qanchalik kiritish bayoz tuzuvchining xohishiga bogʻliq
boʻlgan. Bayozlar sarbayoz (soʻz boshi), lirik she’rlar (asosiy qism),
xotima va ilovadan tashkil topadi. Ayrim bayozlarda asarlari
kiritilgan shoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Bu xil toʻplamlar
mualliflarning oʻzi yoki adabiyot ixlosmandlari va xattotlar
tomonidan tuzilib, adabiyot targʻibida muhim vazifa bajargan.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |