MFO'M fanidan 1-oraliq nazorat savollari
M 10-11-19-guruh talabasi Orziqulova Gavhar
10-variant
Savollar
Kasb-hunar ta'limini loyihalashtirish
O'quv me'yoriy hujjatlar
O'quvchilar bilimini nazorat qilish metodlari
Javoblar
Kasb hunar ta’limini loyihalashtirish
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimiz ta’lim tizimida qator o‘zgarishlar joriy qilindi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi, yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklarning ishlab chiqilishi, ta’lim muassasalarining attestatsiya va akkreditatsiya qilinishi, yangi tipdagi ta’lim muassasalarining tashkil qilinishi respublikamizda ta’lim tizimiga kengroq ahamiyat qaratilayotganligining hamda Yurtboshimizning mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berayotganligining yaqqol namunasidir.
Bugungi kunga kelib, yangi tipdagi maktablar, umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. “Sog‘lom avlod uchun”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash”, “Ijtimoiy himoyalash” va boshqa tarmoq dasturi ro‘yobga chiqarilmoqda.
Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning xududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda minglab yoshlar kasb-korlar sirlarini o‘rganmoqdalar. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo‘nalishga o‘tkazish ishi olib borilmoqda, o‘quv yurtlarining tarmog‘i kengaymoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy ta’limni ko‘p bosqichli tizimga o‘tkazish amalga oshirildi. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etilmoqda.
Oliy malakali kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengaymoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashda uning hayotiy siklining uchta asosiy bosqichlariga kompleks yondoshilgan.
Birinchi bosqichda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni prognozlashtirish va shaxs, jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish belgilangan. Bu o‘rinda kvalifikatsiya darajasining o‘sib borishi belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda kadrlar tayyorlashni ta’minlash va ularning kvalifikatsiya darajasini amalga oshirish.
Uchinchi bosqichda, professional faoliyat sohasida kadrlardan foydalanish, vaqti-vaqti bilan malakani oshirish va qo‘shimcha professional ta’lim yoki qo‘shimcha professional ta’lim doirasida kvalifikatsiya darajasini ta’min etish va yangilab turish.
Ta’lim mazmunining tuzilmasini makrodarajasi modulli blok yordamida amalga oshiriladi. Modulli blok yondoshuv ta’lim mazmuni asosini ajratib olishga yordam beradi, hamda kasbiy ta’lim tizimini moslashuvchanligini ta’minlab beradi.
Aniq bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim mazmunini tekshirish boshlang‘ich kasbiy ta’lim sohalaridan boshlanadi. Kasb ta’limi mazmuni umumiy holda umumta’lim va kasbiy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Umumta’lim tayyorgarlik gumanitar va tabiiy ilmiy bloklar orqali tanishtiriladi.
Umumta’lim blokiga – nazariy va amaliy o‘quv materiali kiradi, yaqin kasblar guruhi integratsiya asosini o‘taydi, tarmoqlardan ya’ni ishlab chiqarishdan ajratilgan yoki tarmoqlararo darajada bo‘ladi.
Ta’limda kasbiy blok eng asosiysi hisoblanadi, kasbiy blokda o‘quv materiali, turli kasbiy faoliyatni so‘ralayotgan darajada o‘rganiladi. Mutaxassislik bloki – nazariy va amaliy o‘quv materiali kasbi mutaxassisligini o‘rganish uchun zarur.
Umumiy mutaxassislik bloki – ayrim hollarda ko‘rsatiladi, keng miqyosli texnika va texnologiyani qamrab oluvchi, mehnatning mazmuni bo‘yicha nisbatan har xilligi bilan farqlanadi. Bir necha mutaxassisliklar uchun kasblar bo‘yicha umumta’lim mazmunini ajratib, umumiy mutaxassislik blokiga kiritilishi mumkin. Masalan, «Tikuvchilik» kasbi uchun ta’lim mazmuni tanlanganda, yuqori qatlam bo‘yicha – tikuvchilik ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi, o‘rta qatlam bo‘yicha kiyimlarni, yakka tartib-
da tikish texnologiyasi, yaqin kasblar guruhi, quyi qatlam – «tikuvchilik» kasbi mutaxassisliklar, masalan, ayollar yengil kiyimlari tikuvchisi kabilar.1
Birinchi qatlam umumtexnik bloki ko‘rinishida tikuvchilik ishlab chiqarish uchun bo‘ladi (fanlar «Materialshunoslik», «Bozor iqtisodiyoti»), ikkinchi qatlam – yakka tartibda kiyimlarni tikish – yaqin kasblar guruhi umumkasbiy blok ko‘rinishida («Madaniyat», «Kiyimlarni loyihalash asoslari»), uchinchi qatlam tikuvchilik kasbi uchun umumiy blok ko‘rinishida («Kiyimlarni tikish texnologiyasi asoslari», «Kiyimlarni modellashtirish va konstruksiyalash asoslari»). Uchta asosiy bloklarga mos keluvchi 3 ta mutaxassisliklar: ayollar yengil kiyimi, ayollar ustki kiyimi, erkaklar kiyimi. Bu blok «Kiyim tayyorlash texnologiyasi» o‘quv fani uchun tanlangan mutaxassislikka bog‘liq holda aniq mazmunlar bilan to‘ldiriladi.
Qo‘shimcha blokni ko‘rib chiqamiz.
1. Yo‘nalishni o‘zgartirish bloki – egallangan kasblar asosida yangisini egallash, ishsizlarni o‘qitish tizimi uchun muhimdir. Tikuvchini qayta o‘qitib o‘zini mutaxassisligiga mos ravishda bichuvchi mutaxassisligini berish. Bunday yo‘nalishni o‘zlashtirish tikuvchiga yakka faoliyatni olib borishiga yordam beradi.
2. Kasbiy ta’limni oshirish bloki – kadrlar tayyorlashning 2 tizimi bilan bog‘liq. Agar 2 tizim – umumtexnik daraja va tarmoqli tayyorlashni kasbiy ta’limni o‘rta darajasigacha olib borish masalasi bo‘lsa u holda kasbiy ta’lim diplomlari bilan texnik diplomni ham oladilar.
3. Biznes blok – bozor iqtisodiyoti sharoitida muhimdir. Bu blok odamlarni bozorga borishga va o‘z ishini ochishga yordam beradi. Blok – kasbiy tayyorgarlikdan o‘tib ketuvchi bloki – o‘z kasbi bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalar haqida ma’lumotlar yangi texnika va texnologiyalarda ishlashi uchun ishchi-xodimlar, mutaxassislar tayyorlashda muhimdir. Mazkur blok bo‘yicha o‘qitish biror firma tomonidan uning iltimosiga ko‘ra o‘quv dasturiga kiritilishi mumkin.
Biz asosiy va qo‘shimcha bloklarni ko‘rib chiqdik. Shular asosida uzluksiz kasbiy ta’limda kasbiy ta’lim mazmuni quriladi. Uzluksiz kasbiy ta’lim yaxlitligini tuzish uchun bloklarga ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi bloklarni kiritish mumkin.
Mikrodarajadagi o‘qitish mazmunining tuzilmasi uchun «Badiiy loyihalash asoslari» fanini misol qilishimiz mumkin. Umumiy kasbiy blokka kiruvchi – yakka tartibda kiyim tikish, mavzuli rejaga mos keluvchi mavzular o‘quv elementlari asoslari, ya’ni:
- figurali chizish
- siluet shakllarini tuzish
- kiyimlarni badiiy loyihalashda – kiyimlar qismlari
- jurnallarga qarab kiyim modellarini chizish
- ranglar asosi
- kostyumni badiiy loyihalash va hokazolar.
Kiyimlarni badiiy loyihalashda – kiyimlar detallari o‘quv elementlari orqali ochib beriladi – taqilma turlari, yoqa turlari, adiplar turlari, yeng turlari, cho‘ntak turlari, ularni bezash va hokazo.
Shunday qilib, mikrodarajadagi o‘qitishda ichki tartibdagi modulning mazmuni amaliy ish orqali ochib beriladi. Mikrodarajadagi tuzilma o‘quv kurslari mazmunini ishlab chiqishga yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qarorlariga muvofiq, jamiyatning zamonaviy bosqichida rivojlanishning eng muhim va dolzarb vazifasi uzluksiz ta’limning butun tizimini qayta qurishdir. Oliy ta’limni qayta qurish pedagogik va axborot texnologiyalari sohasidagi ilmiy-pedagogik yutuqlarni oliygoh ta’limini loyihalashtirish va amalga oshirishga joriy etishni ko‘zda tutadi. Bu ta’lim maqsadlariga erishish uchun o‘quv rejalar va dasturlarga kiritilganlarni amalga oshirish lozim bo‘lib, u esa tegishli o‘quv uslubiy va moddiy-texnik negizni talab etadi.
Ilm-fanning turli sohalari uchun oliygohlarda pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv-uslubiy majmuasining (O‘UM) tarkibiy qismlariga: standart, o‘quv rejalar, dasturlar, o‘qitish vositalari, o‘quv-uslubiy ishlar (o‘quv qo‘llanma, darslik, uslubiy ko‘rsatma, tavsiyalar, bitiruv ishlari, ma’ruzalar matnlari, monografiyalar) kiradi. O‘quv uslubiy va moddiy-texnik negizni takomillashtirishga Oliy maktab doimo e’tibor berib kelgan. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida oliy maktab ya’ni texnika oliy o‘quv yurtlari oldiga qo‘yilgan vazifalar munosabatida metodik ishlar alohida ahamiyat kasb etadi va ta’lim-tarbiya jarayonining o‘quv uslubiy va moddiy-texnik ta’minotiga majmuiy yondashuvning zarurligini belgilab beradi.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida (O‘MKHT) pedagogik kadrlar-maxsus fan o‘qituvchilarini tayyorlash vazifalarini amalga oshirish uchun ta’lim jarayoni haqidagi eng muhim ma’lumotlar va ijtimoiy buyurtmalar hamda pedagogik nazariya va amaliyoti yutuqlari asosida, oliygohlarda ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha bakalavr va pedagogik kadrlar tayyorlash o‘quv uslubiy majmuasining mazmunini ishlab chiqish zarurdir.
Bunday majmualarni yaratish fanlardagi ichki va fanlararo aloqalarning izchil amalga oshirilishini, o‘quv mashg‘ulotlarning har xil turlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, ularni barcha ta’lim vositalari, o‘quv adabiyotlar bilan har tomonlama ta’minlash, o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun boshqaruvning ilmiy uslublarini joriy etishni ko‘zda tutadi.
Mutaxassislar tayyorlaydigan kafedralardagi ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni kasb-hunar kollejlarining umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlarning vazifalari va mazmuniga muvofiq holga keltirilishi lozim. Oxirgi yillarda oliygohlarning malaka oshirish kurslarining o‘quv-uslubiy negizini mustahkamlash borasida ancha ishlar qilingan, lekin uning afzalliklaridan to‘laqonli foydalanish uchun o‘qituvchilar jamoalarining faoliyatini mutaxassislik bo‘yicha muntazam dasturlar va fanlar bo‘yicha o‘quv uslubiy majmuasini yaratishga yo‘naltirish lozim, chunki, bular yagona uslubiy asosda namunaviy va ishchi o‘quv uslubiy hujjatlarini, o‘quv adabiyotlarini, o‘qitishning texnik vositalarini, laboratoriya jihozlarini va albatta, o‘qitishning jonli amaliyotini uyg‘unlashtiradi. Bunday majmualarni yaratish fanlardagi ichki va fanlararo aloqalarning izchil amalga oshirilishini, o‘quv mashg‘ulotlarning har xil turlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, ularni barcha ta’lim vositalari bilan har tomonlama ta’minlashni ko‘zda tutadi, bu esa o‘qitish sifatini boshqarish uslublarini joriy etilishini amaliy jihatdan ta’minlaydi.
Shuning uchun ham hozirgi kunda maxsus fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslarida quyidagi vazifalarni hal etish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi:
· tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlariga uslubiy rahbarlik qilishni kuchaytirish;
· o‘qituvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv uslubiy ishlarini (mutaxassisliklar bo‘yicha) rejalashtirish;
· ta’lim jarayonining ilg‘or usullaridan, o‘qitishning tashkiliy shakllari va vositalaridan majmuaviy foydalanish asosida jadallashtirish yo‘llarini ishlab chiqish;
· o‘quv-tadqiqot ishlarini faollashtirish;
· mutaxassislarni nazariy va kasbiy tayyorlashda fundamental fanlar ahamiyatini oshirish;
· ta’lim-tarbiya jarayonining mantiqiy uyg‘unligini rivojlantirish, dasturiy materiallarning takrorlanishini yo‘q qilish, uning ketma-ketligi va uzluksizligini bitiruvchilarning kasb bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish nuqtai nazaridan ta’minlash;
· tinglovchilarning mustaqil bilish faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilishni takomillashtirish, uni rejalashtirish, tashkil nazorat qilishning oqilona shakllarini ishlab chiqish;
· barcha o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha ta’lim jarayonining pedagogik yo‘naltirilishini rivojlantirish; tinglovchilar ishlab chiqarish amaliyoti, ko‘chma mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish;
· ta’lim jarayonini zarur jihozlar, jumladan o‘qitishning texnik va ko‘rgazmali vositalar bilan majmuiy ta’minlash;
· bitiruv ishlarini talab darajasida bajarish.
Bu talablar faqat tegishli o‘quv uslubiy mexanizm mavjud bo‘lganda qondirilishi mumkin, ya’ni oliygoh ta’limining kasb-hunar kollejlari bilan uzviy bog‘lanishini ta’minlaydigan ta’limni yaxlit tizimining ilmiy asoslangan tarkibiy qismlarini ishlab chiqish lozim.
O’quv me’yoriy hujjatlar
Ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan xizmatlari nomeklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablar belgilangan:
- Ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilar bilimi va kasbkor malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan bajarish tartib va targ‘ibotiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati, uni nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilash, me’yoriy bazani yaratish.
- Xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlari asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish.
- Milliy standartlar talablarining sifati va tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarni muvofiqligini ta’minlash.
Davlat ta’lim standartlari quyidagi hujjatlarga asoslangan holda tuziladi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Quyidagilar oliy ta’limning normativ hujjatlari hisoblanadi:
- oliy ta’limning boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlari;
- oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ish faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar.
Kasb-hunar ta’limi standarti – me’yoriy hujjat bo‘lib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayyorlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o‘rnatadi. Uning tuzilishini quyidagicha aniqlaymiz: (5-rasmga qarang)
O‘quv dasturi- ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |