qilishlarini, o‗qimishli, savodli kishilar bu kitobdan foydalanishlarini umid va niyat
qilib bayon etadi.
―Hibatul-haqoyiq‖ning maqsadi beshinchi bobdan boshlanadi. Adib Ahmadning
maqsadi – pandnoma adabiyotlariga xos komil insonni tarbiyalashning muhim
omili bo‗lgan ilmning manfaati, jaholatning zarariga e‘tibor qaratish va kitobxonga
etkazishdir. Insonning
saodati kaliti ilmdadir, deydi Adib Ahmad. Bu o‗gitni
―Qutadg‗u bilig‖ da ham ko‗rib o‗tgan edik. Ilm nafaqat insonning hayotida, balki
davlat va jamiyatni boshqaruvda ham hukmdorlar uchun asosiy qurol.
Adib Ahmad bilimning ahamiyati haqida so‗zini davom ettirar ekan, shunday
bir mantiqli o‗xshatish qiladi va bilimni qimmatbaho narsa kabi inson avaylashi va
beqadr narsa inson uchun keraksiz ekanini ta‘kidlaydi:
Bahaliq dinar ol biliklik kishi,
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi.
[Bilimli kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz emish kabidir].
Adib Ahmad ilmli odamning yuksakligini, ilmsiz odamning esa tubanligini
ta‘riflab, bu ikki toifa hech qachon teng bo‗la olmasligini shunday yozadi:
Biliklik, biliksiz qachan teng bolur,
Biliklik tishi – er, jahil er – tishi.
[Ilmli kishi bilan ilmsiz kishi qachon teng bo‗ladi?! Bilimli xotin kishi – er
kishidir. Bilimsiz erkak – xotin kishidir].
Adib Ahmad ilmning afzalliklari to‗g‗risidagi o‗gitlarini davom ettirar ekan,
suyakning mazmuni ilik bilan bo‗lgani kabi, insonning ko‗rki ham aql va tafakkur,
ilm ekanini ta‘kidlagan holda, ilmli va ilmsiz odamlarning taqdirigi oid hayotiy
dalillar keltiradi: ilmli kishilarning oti mashhur bo‗ldi, bilimsiz kishilar esa
tiriklayin o‗ldi, ularning ko‗rguligi shu bo‗ldi, deb quvonchlarini ham,
afsus-
nadomatlarini ham yozadi.
Adib Ahmad shu tariqa tazod san‘atidan foydalangan holda ilmlilikning inson
uchun katta fazilat va ilmsizlikning og‗ir fojia ekani to‗g‗risidagi qarashlarini
davom ettiradi, insonni bilimli bo‗lishga da‘vat qiladi. Ahmad YUgnakiy ilmlilik
va ilmsizlikni faqat ma‘lum shaxsiyatlarga xos fazilat va illat sifatida qaramaydi,
balki bu ikki narsaning ostida jamiyatning manfaati va fojiasi borligiga ishora
qiladi.
Adib Ahmad ilmli va ilmsiz odamlar to‗g‗risida so‗z yuritganda, faqat fanning
ma‘lum bir sohasiga oid dunyoviy ilmlarnigina nazarda tutmagan. Ilm, ma‘rifat
tushunchalari hamma davrda ham keng ma‘noni ifoda etgan. Ilmli odam –
dunyoqarashi keng, mulohazali, diniy bilimlarni ham puxta egallagan va ularga
rioya qiladigan, zukko,
hayotiy tajribasi katta, jamiyatdagi, insonlar o‗rtasidagi
munosabatlarni noziklik bilan ilg‗ab oladigan va shunga qarab fikr yuritadigan,
inson ko‗ngliga ozor bermaydigan va hokazo xislatlarga ega zotlardir. Oltinchi
bobda ilm o‗rganish haqida alayhissalomning aytganlariga to‗xtalar ekan, ilmsiz
odamga to‗g‗ri so‗z ham ma‘nisiz bo‗lib tuyuladi, unday toifaga o‗git foydasizdir,
deb hukm chiqaradi. Johil, nodon kimsalar ma‘rifatning qadrini aslo
bilmasliklarini, ular har qancha yuvinsa ham pok bo‗lmasligini afsus bilan qayd
etadi.
Ettinchi bob oldingi bobning mantiqan davomidir.
Sakkizinchi bobda muhim masalalar ko‗tarilgan. Bular – tilni tiyish va odob-
axloq haqida. Mazkur bob targ‗ib-tashviq ma‘nosida emas, balki insonni
ogohlantiradi, to‗g‗ri yo‗lni ko‗rsatadi, mulohazali bo‗lishga, har bir so‗zni o‗ylab
gapirishga da‘vat qiladi.
Tiling bekta tutg‗il, tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta, tishingni siyur, -
[Tilingni tiy, tut, tishing sinmasin, agar so‗zlab yuborsang,
tiling chiqib qolsa,
tishingni sindiradi] deb oddiy hayotiy haqiqatni anglashga o‗rgatadi.
Mulohazakorlik, o‗ylab so‗zlash aqlli odamga munosib. ―Ko‗p vaysagan til
ayamaydigan yovdir,.. achchiq, erk berilgan til bir kun boshingga etadi‖ deb
kitobxonni balo-ofat tildan kelishi haqida ogohlantiradi, o‗tmishda ko‗p odamlar
tilining dastidan boshidan judo bo‗lgani haqida dalillar keltiradi.
To‗qqizinchi bob – aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish haqida. Bu bob ham
oldingi bobda ko‗tarilgan masalalarni davom ettiradi. Aqldan ozish degani -
tabiatan telba bo‗lib qolish degani emas, balki aqlsizlik , ahmoqlik tufayli tilga erk
berib, nodonlarcha so‗zlash deganidir. Adib tili dastidan o‗kinganlar ko‗p, deb
o‗tmishga ishora qiladi, tilni tiyganlar orasida esa bunaqasi bo‗lmagan, inson
yaxshilikni ham, yomonlikni ham tilidan ko‗radi, deb uqtiradi.
Bundan keyingi boblarda dunyoga muhabbat qo‗yish eng katta xato ekani,
sazovatning samarasiyu baxillikning oqibatlari, tavozelik manaati, kibrlik va
harislikning zarari to‗g‗risidagi o‗gitlardan iborat. Dunyo bir yolg‗onchi, sarobga
o‗xshaydi, yuzini bir ko‗rsatib, keyin qochadigan narsa.
Bu olamda insondan
qoladigan yaxshi nomdir, yaxshi nom qoldirish uchun takabburlikdan,
manmanlikdan tamomila uzoq bo‗lish, tavozega amal qilish, dunyo moliga ruju
qo‗ymaslik. Inson mol –dunyosigi ishonib o‗zini kiborli tutadi, ulug‗likka qo‗l
cho‗zishining sababi ham mol –dunyosi tufaylidir - Adib Ahmad mana shu
illatlardan xalos bo‗lishga da‘vat qiladi. Mol –mulk, boylik hech kimga vafo
qilmaganini, narigi dunyoga hech narsasiz yalang‗och ketishi haqidagi azaliy
hikmatlarni baytlariga singdiradi. Odam ato bilan Momo Havoni misol qilib
keltiradi.
Adib Ahmadning mol –dunyoga hirs qo‗yish, odamzodning
nafsi va ehtiyoji
cheksizligi, bir ikki vodiy to‗la oltini bo‗lsa ham, uchinchisini istashi haqidagi
dalillari ―Qutadg‗u bilig‖da O‗zg‗urmishning O‗gdulmishga bergan o‗gitlariga
hamohangdir. Har ikkala asardagi didaktik ruh bilan bir qatorda, o‗z davridagi
faqirlikni ixtiyor qilib yashash haqida keng tarqalgan aqida ikkala asarga birday
ta‘sir ko‗rsatgan. Qolaversa, hadislar (darvoqe, ―Hibatul -haqoyiq‖dagi har bir bob
sarlavhalari hadislarga tayanadi)dagi faqirlik haqidagi pandlar ham har ikkala
asarda bu olamning mol –dunyosidan voz kechish, mol –dunyo deb inson o‗zini
o‗qqa–cho‗qqa urishini qoralaydi. SHu boisdan ham ―Hibat ul-haqoyiq‖ning
keyingi boblarida Muhammad a.s. ning tavozelikni oshirish va kibrlikni tashlish
to‗g‗risida; harislik haqida; insonlarning ikki ―vodiy‖ to‗la oltini bo‗lsa ham
uchinchisini istashi haqida; Tangrining buyrug‗i va shafqatiga itoat qilish haqida;
g‗azabni engish, Tangrining har narsaga qodirligi, imonga erishish yo‗llari, Uning
Rasuliga sadoqat va Ollohning muhabbatiga etishish to‗g‗risida:
ibodat orqali
sevinchni kutish haqida; ming do‗stdan bir dushman ko‗p ekani haqida aytganlari
komil insonni shakllantirish yo‗lidagi katta qadamlar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: