Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

as
ni ko‗rgansan, uylarini ham ko‗rgansan, ammo Payg‗ambardan 
o‗rnak olmaysan. Payg‗ambar 
as
. qachon bunday saroylarda o‗tiribdiki, sen 
o‗tiribsan?! ‖ deb ta‘na qildi. Muoviya esa amirul-mo‗‗minin Usmonga maktub 
yozdi. Maktubida Abu Zardan shikoyat qilib, u meni hurmat qilmaydi, xizmatimni 
qilmaydi, yoningizga olib ketsangiz, deb iltimos qiladi. Usmon Abu Zarni 
Damashqdan Madinaga olib keldi va unga nasihatlar qildi. Kunlarning birida 


Usmonning huzurida Ka‘bul-axbor o‗tirgan ekan. Abu Zar G‗afforiy amirul-
mo‗‗minin Usmonga, boylarga buyuring, darveshlar, miskinlar zakot berishlari 
kerakligini uqtirsinlar, deb aytganga, Ka‘b ul-axbor, zakot berish farz, zakotdan 
boshqa narsa berish farz emas, deb gapiradi. SHunda Abu Zar: ―Ey yahudiy bolasi! 
Sen nega amirul-mo‗‗minin Usmon hazratlari huzurida menga?‖ deb qo‗lidagi 
hassa bilan Ka‘bul-axborning boshiga urib yordi. Amirul-mo‗‗minin Usmon Abu 
Zarga, sen tilingni, qo‗lingni musulmonlardan yig‗ib tur, Ka‘b ul-axborning bu 
so‗zlari uchun urmoq yoki so‗kmoq shariatda yo‗q, bu qilganing yaxshi emas, deb 
tanbeh beradi. SHundan so‗ng amirul-mo‗‗minin Usmon Abu Zarga shunday 
maslahat berdi: ―Ey Abu Zar, sen mana odamlardan uzoq tursang, odamlarning 
yomon ishlarini ko‗rmasang, Haq Taologa ibodat qilsang, tunu kun Haq bilan birga 
bo‗lsang‖. Abu Zar rozi bo‗ldi. Usmon undan, Zabda degan joyga borasanmi, deb 
so‗ragan edi, Abu Zar bu joyga borishga rozi bo‗ldi. Amirul-mo‗‗minin Abuzarni 
xotini bilan kimsasiz Zabdaga jo‗natdi. Er-xotin ur erda uzoq yashadilar. Bir kun 
Abu Zar kasal bo‗lib qoldi. Xotini, agar o‗lib qolsangiz, na yuvadigan bir odam, na 
kafan, na janoza o‗qiydigan odam bor, deb yig‗ladi. SHunda Abu Zar xotiniga, 
tepalikka chiqib, yo‗lga qara, kimsa kelyaptimikan, dedi. Xotini karvon 
kelayotgani haqida eriga aytdi. Xotin karvonni chaqirdi. Odamlar kelib, ahvolni 
bildi. Odamlar Abu Zarni tanidilar. Abu Zar ularga Payg‗ambar 
as
.ning bashoratini 
aytib berdi. Payg‗ambar hayotligida sahobalariga shunday degan ekan: 
―Orangizda bir odam bor, u sahroda vafot etadi. Uning oldida hech kim 
bo‗lmaydi. Haq Taolo bir to‗da odamni yuboradi. O‗sha odamlar uni yuvadilar, 
kafanlaydilar, namoz o‗qiydilar va dafn qiladilar. Payg‗ambar as. bu so‗zni men 
haqimda aytgan ekan. Haq Taolo sizlarni yuboribdi. Endi mening kafanim yo‗q, 
menga kafan topsalaringiz. Ammo meni shunday odam kafanlashi kerakki, u 
umrida beklik qilmagan bo‗lsin, elchi bo‗lmagan bo‗lsin, hatto mahallada ham 
bosh bo‗lmagan bo‗lsin.‖ SHu payt odamlar orasidan bir yigit chiqib, o‗sha 
aytganingiz menman, deb javob berdi. U yigit yuklari orasidan kafanlik olib keldi. 
Abu Zar vafot etgach, uni yuvdilar, namoz qildilar va dafn etdilar. Karvonboshi 
Ibn Mas‘ud Abu Zarning xotinini Madinaga olib keldi.
Mahmud Alining nasr ustasi ekani ana shunday o‗rinlarda yanada aniq ko‗rinadi. 
Voqealar nihoyatda ta‘sirchan, dramatik lavhalarga boy. Xalifa Usmonning 
ulug‗larga bo‗lgan izzat-ikromi, e‘tiqod va insoniylik yo‗lida har qanday 
gunohlarni kechirishi, Abu Zarning ulug‗ mutasavvif sifatida e‘tirof etilishi 
voqealari, Abu Zarning o‗z e‘tiqodi yo‗lidagi qat‘iyati bu lavhalarni tom 
ma‘nodagi hikoyat deb qarashga imkon beradi. Abu Zar e‘tiqodiga mos ravishda 
kimsasiz sahroda yashash uchun amirul-mo‗‗minin Usmonning taklifini bajonidil 
qabul qildi. Zotan, Abu Zar uchun eng maqbul joy sahrodir. Bu erda u gunohkor 
insonning kirikorlarini, munofiqliklarini ko‗rmaydi, azob chekmaydi. SHu tariqa 
Mahmud Ali Muoviyaning ham, Abu Zarning ham, Usmon va Ka‘b ul-axborning 
ham fe‘l-atvorini yaxshi ochib beradi.
Xalifa Usmonning o‗limi lavhasi ham nihoyatda ta‘sirli. ―Abu Qalaba aytur: 
SHomdin Madinaga keldim. Usmon raznu shahid bo‗lmishdin so‗ng Madina ichida 
yurar erkan, bir mahallada ko‗rar man xalayiqlar yig‗ilishib tururlar. Bu xalayiq 
ichida bir kimarsa chaqirur. Men taqi keldim, baqar man bir kimarsa yotur, ekki 


ko‗zi, elgi tirsagidin yo‗q taqi ekki adag‗i tizidin yo‗q taqi ham qulaqi sag‗ir. Bu 
kimarsa faryod qilur kim: Men dunyaning badbaxti bo‗ldum taqi axiratning ham 
badbaxti bo‗ldum taqi abadiy tamuqlug‗ bo‗ldum tep chaqirur. Men aytim: ―Sen 
kim bo‗lur san?‖ tedim ersa, o‗l kimarsa aytdikim: Men O‗smanni o‗lturganlar 
chiqmishdin so‗ng evinga kirdim. Baqar men O‗sman qanqa bulg‗aship yatur erdi, 
valekin hanuz jani bar erdi; taqi xatuni Naila O‗sman uzaringa baqip turur erdi.Ani 
bir urdum ersa, o‗l yig‗ladi, O‗sman taqi yig‗ladi taqi manga qarhg‗adi taqi aydi: 
Haq Taala ekki ko‗zungni alsun taqi ekki qulaqingni alsun taqi ekki elgingni alsun 
taqi ekki adaqingni alsun taqi seni abadiy tamug‗lug‗ qilsun tep qarg‗adi. Evumka 
bardim taqi kecha yattim. Tushumda bir kimarsa keldi taqi ekki ko‗zumni chiqardi 
taqi ekki qulaqimni chiqardi taqi ekki elgimni kesdi taqi ekki adaqg‗imni kesti ersa 
qoptum, baqarman, ekki ko‗zum taqi ekki qulaqim yo‗q taqi ekki elgim yo‗q taqi 
ekki adaqim yo‗q. O‗smanning qarg‗ishi manga jumlasi etti. Emdi tamug‗ o‗ti 
qalip turur, har ayna ol taqi kelgusi turur, aning qarg‗ishi bo‗lg‗usi turur, tep 
chaqiru yatur. Men aydim: Halakatlik bo‗lsun sanga mundin artuqraq kerak, aning 
teg xalifani, Payg‗ambarning kudagusini o‗lturdung, tedim taqi aning qatindin 
yiraq kettim, tedi‖ (96-bet).
Amir ul-mo‗‗minin Usmondan so‗ng xalifalik taxtiga o‗tirgan Ali obrazi va u bilan 
bog‗liq muhim voqealarga Mahmud Ali to‗xtalar ekan, u bilan bog‗liq voqealarni 
Imom Muslim Nishoburiyning ―Sahih‖ nomli kitobidan hadis keltirish bilan 
boshlaydi. Hadisda Muhammad a.s. o‗zini Muso payg‗ambar bilan, Alini Horun 
bilan qiyoslaydi, ya‘ni Xorun Musoning vaziri bo‗lgani kabi, Alini o‗zining vaziri 
deb e‘tirof etadi. Bu e‘tirofni dalillash uchun Mahmud Ali Enas ibn Malikning 
quyidagi hikoyasini keltiradi. 
Bir kuni Payg‗ambar a.s. xizmatida edim, Payg‗ambar alayhissalomga bir qush 
etini keltirdilar. Payg‗ambar a.s.aytdi: ―Ey Bor Xudoyo, xaloyiq orasida shunday 
bir zot borki, u Sening huzuringda to‗g‗ri, suyukli bo‗lsa, o‗sha zotni mening 
huzurimda hozir qilginki, men mana shu qush etini o‗sha zoti bilan birga tanovul 
qilayin‖. Payg‗ambar a.s.duosini tugatishi bilanoq bir zot eshikka kelib, kirish 
uchun izn so‗radi. Men o‗rnimdan turib, eshikni ochdim. Ne ko‗z bilan ko‗rayinki, 
Ali ibn Abu Tolib eshik oldida turardi. U uyga kirib, qush etini Payg‗ambar a.s. 
bilan birga tanovul qildi. 
Bu hikoyada xalifa Ali, hadisda aytilganday, Payg‗ambarning eng yaxshi ko‗rgan 
hamrohi ekani bayon qilinsa, Suxayl ibn Saidning hikoyasida Ali qudratli 
pahlavonlar singari jasoratli, qo‗rqmas, bahodir lashkarboshi sifatida hech kim 
ololmagan Xaybar qal‘asini bir hamla bilan olgani hikoya qilinadi, xalifa Alini 
xuddi xalq og‗zaki ijodi qahramonlari singari, tasvirlanadi: ―Bir hamla qildi taqi 
quvvat qildi erdi, hisor qapug‗ini yiqti taqi jumla cherig hisor ichinga kirdilar taqi 
juhudlarni halok qildilar taqi Haybar elini oldilar‖ (98-bet). Alining yuqoridagiday
eposlardagi yakka qahramonga xos sifatlari Abu Rafining hikoyasi orqali ham 
dalillanadi.
Xalifa Ali - jasoratli, dushmanlarga ayovsiz, farzandlariga esa mehribon ota. U 
hatto vafotidan keyin ham birinchi naavbatda, inson sifatida, qolaversa, shijoatli va 
qahramon amirul-mo‗‗minin sifatida ulug‗lanadi. Alining vafotidan keyin ham 
ulug‗langaniga oid ikki rivoyatni Mahmud Ali keltirar ekan, o‗z davridan keyin 


ham xalq orasida ulug‗ bir zot sifatida e‘tirof etilishga loyiq inson sifatida talqin 
qilinganini ko‗rsatadi. 
Rivoyatlarga ko‗ra, Ali o‗g‗illari Hasan bilan Husaynga shunday vasiyat qiladi: 
―Mening lushmanlarim ko‗p. Men kofrilarning va dushmanlarimning o‗n ming 
bahodirini o‗ldirdim, ularning avlodlari ham menga dushmandirlar . Agar meni 
oshkora dafn qilsangizlar, dushmanlar meni qidiradilar. Men vafot etganimdan 
keyin, tun yarmida hamma haloyiq uyquga ketgandan so‗ng, bir tuyaga yuklab, 
Kufadan olib chiqinglar. Ikki yig‗och yo‗l yursangizlar. Sahroda Izzi degan bir 
tepalik bor, o‗sha tepani qazisangizlar, u erda bir tosh lavha chiqadi. Lavha 
yuzasiga bu erda Odam alayhissalom va Nuh payg‗ambar yotgan erlaridir, deb 
yozilgan. Men o‗sha ikki payg‗ambar yoniga dafn qilsangizlar‖, deb vasiyat qiladi. 
Hasan bilan Husayn otalari vasiyatini bajo qildilar, hech kimsaga o‗sha joyni 
aytmadilar. Oradan ancha vaqt o‗tgach, Ja‘far Sodiq xizmatkori bilan u erga borib 
ziyorat qilganda, xizmatkori so‗radi: ―Ey payg‗ambarzoda, bu kimning 
ziyoratgohiki, siz uzoq joydan kelib, bu joyni ziyorat qilgani keldingiz?‖ Jaf‘ar 
Sodiq aytdi: ―Ey xizmatkor! Bilgin, ogoh bo‗lginki, bu joy amr ul-mo‗‗minin Ali 
ibn Abu Tolibning qabridir. Dushmanlardan qo‗rqib, shu paytgacha hech kimga 
aytmagan edik. Endi dushmanlarning birontasi qolmadi, endi istagimiz shuki, Haq 
Taolo bu qabrni ziyorat qilishni mo‗minlar orasida oshkora qilsak‖.
Xalifa Alining bu tarzda talqin qilinishi shubhasiz, xalq orasida ham uning 
to‗g‗risida rivoyatlar keng tarqalganiga bir ishoradir. Odatda, inson o‗zi bilmagan, 
ammo bilishga qiziqqan narsalar to‗g‗risida ko‗p mulohazalar qiladi, rivoyatlar 
paydo bo‗ladi va h. Xalifa Ali to‗g‗risida turli manbalarda qoldirilgan rivoyatlar 
shundan dalolat beradi.
Don Mak Kerridan: 
Azob–u
q
ubat – islom shiasining asosiy mavzularidan biridir. Buning uchun asos 
bo‘lib, Ali va uning ikki o‘
g‘
li – 
H
asan va 
H
usaynning ta
q
diri bilan bo
g‘
li
q
h
odisa 
xizmat 
q
iladi. Suriya 
h
ukmdori Muoviya xalifa Alining 
h
okimiyatiga xavf soldi. Ali 
Muoviyaga 
q
arshi unchalik zo‘r bermasdan (Alining ba’zi izdoshlari aynan shuni 
istagan edilar) lashkarini boshlab borayotganda, Ali o‘z tarafdorlari tomonidan 
o‘ldirildi. Ular 
h
ozirgacha xorijiylar nomi bilan yuritiladi. 
Alining 
o‘g‘li Hasan otasi o‘rnini egalladi, ammo Muoviya tomonidan 
mag‘lub qilinib, o‘ldirildi. SHundan keyin xalifalik taxtiga Husayn o‘tirdi. 680 
yili Karbalo dashtida Muoviyaning 
qo‘shini ustun keldi, Husayn jangda 
halok 
bo‘ldi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish