O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

Blokcheyn
– bu tranzaksiyalarning taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, 
uni juda katta va markazlashmagan «
grossbux
» bilan solishtirish mumkin. Unda 
internetning imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar va kattaliklar shaffof xolda 
himoyalanganlar va avtonom ravishda saqlanadilar. Ammo bu jarayonlarni nazorat 
qiladigan markaziy organ mavjud emas. Ma’lumotlar saqlanadigan kitob esa aktiv, 
xronologik tartibda tuzilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va taqsimlangan 


76 
ishonch (
konsensus
) asosida falsifikatsiyadan himoyalangan. Tarmoqning har bir 
ishtirokchisi kvazireal muhitda «
grossbuk
»ning aktual nushasiga ega bo‘ladi va 
uning tarkibidagi ma’lumotlar vaqt davomida doimiy ravishda tarmoqdagi barcha 
ishtirokchilararo sinxronizatsiya qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, 
blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb hulosa 
chiqarishimiz mumkin: 

Uchinchi tomonni jalb etmasdan turib, tranzaksiyalarni avtomatlashtirishga 
imkon beradi. 

Blokcheyn ishonch va konsensusga asoslangan tizimdir. 

Blokcheyn haqiqiylik va notarizatsiyani ta’minlab beruvchi infratuzilmadir. 
Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib 
keltira olamiz: 

Barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan hisob-kitob jurnali
tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr 
bo’ladi. 

Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish
– blokcheyn hech 
qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki 
ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o‘rin 
qolmaydi. 

Konsensus
: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti 
taqsimlangan konsusning natijasi bo‘lib, u qandaydir markazlashgan 
tashkilotning qarori emas. 

O‘zgarmaslik va doimiylik
: Yozuvlarni o‘zgartirish yoki yo‘qotish 
mumkin emas. 

Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik
: ma’lumotlar, amallar va 
konsensus bir-biridan ajratilgan. 
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn kollektiv konsensus asosida 
ishlash, juda katta va ochiq hisob-kitob jurnali bilan ishlash, markazlashmaganlik 
va taqsimlanganlik kabi hususiytlarga ega bo’lib, tizimdagi ishonchni, shaffoflikni 
va umumiylikni ta’minlab beradi. Shuni ham aytish kerakki, blokcheyn faqatgina 


77 
bitkoin va efirium tizimlari blokcheynlaridangina iborat emas va qandaydir 
bittagina blokcheyn tizimi ham mavjud emas. Jahonda bir biriga bog’liq bo‘lmagan 
juda ko‘pchilik blokcheynlar bo‘lib, ular o‘zaro aloqada ham bo‘lishlari mumkin. 
Shunday qilib, blokcheynda u yoki bu amaliy dasturlar bilan ishlash bilan bog’liq 
bo‘lgan texnik xususiyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Blokcheyn texnologiyasi 
xozirgi markazlashgan boshqaruvdan farqli o‘laroq, taqsimlangan algoritmik 
ishonch infratuzilmasini yaratadi. Shunday qilib, blokcheyn o‘zida taqsimlangan 
algoritmik ishonch infratuzilmasini yoki talab bo‘yicha konsensusni qamrab oladi. 
Ana xuddi shunday xususiyatlari tufayli, ko‘pchilik mutaxassislar blokcheynni 
internet bilan solishtiradilar va natijada blokcheynning internetdan afzalligini 
ta’kidlashadi. Quyida ikkala tizimni solishtirish natijalari keltirilgan: 

Internet 
aloqalarni 
(
aloqa o‘rnatishni va munosabatlarni ham

avtomatlashtirishga 
imkon 
beradi, 
blokcheyn 
esa 
tranzaksiyalarni 
avtomatlashtirib, uchinchi shaxslarni muomaladan chiqaradi. 

Internet markazlashmagan nashr tizimi, blokcheyn esa taqsimlangan ishonch 
tizimi. 

Internet nashr infratuzilmasi, blokcheyn esa tizimga kirish xuquqlarini 
tasdiqlash infratuzilmasidir. 
Internet va blokcheynning rivojlanish davrlari 1994-2015 yillarni o‘z ichiga 
olgani uchun, bu davrning natijalarini quyidagi misollarda ko‘rsatishimiz mumkin: 
1994 yil, Internet: 

Shaxslararo muloqot 

Avtomatik nashr 

Elektron tijorat 

Ijtimoiy tarmoqlar 
2015 yil, blokcheyn: 

Markazlashmaganlik 

Ishonch 

Qiymatga ega bo‘lgan narsalar bilan vositachilarsiz oldi-sotti qilish 


78 
Shunday qilib, Internet va blokcheyn o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik 
yo‘k, bu yerda faqat texnologiyalar rivojlanishidagi farq mavjud, 
xolos.Blokcheynni yaratish va ishlatish uchun reestr (
bloklar qatori, masalan, 
bitkoin
), himoya uchun esa kalitlar vositasida shifrlash, konsensus asosidagi 
algoritm va bir rangli 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish