Blokcheyn
– bu jamoaviy kelishuv va taqsimlangan buxgalteriya kitobi yoki
jurnal algoritmi vositasida barcha ishtirokchilar orasida ishonch, javobgarlik va
shaffoflikni ta’minlab beradigan texnologiya bo‘lib, tranzaksion dasturlarning
yangi avlodini ishlatadi.
Blokcheyn
– bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi bo‘lib,
internet tizimiga tayanadi va uning barcha afzalliklaridan, shu jumladan, ochiq
protokoldan, shifrlashdan va hisoblash imkoniyalaridan to‘liq foydalanadi. Ushbu
taqsimlangan ma’lumotlar bazasini har bir tranzaksiya bundan oldingisini
o‘zgartirib yoki yo‘qotib yubormasdan, undan keyingisi yoziladigan elektron
buxgalteriya kitobi bilan tenglashtirish mumkin. Bu elektron kitob aktiv,
xronologik tartibda yozilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va tizim ishtirokchilari
(
tugunlar
) orasidagi o‘zaro ishonch (
konsensus
) asosida ma’lumotlarni
falsifikatsiya qilishdan himoyalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |