538
Tarmoqlar olamida virusli o’sishning harakatlantiruvhi
kuchini tushungan
holda bu ishga kompaniyaning texnik va marketing imkoniyatlarini keng
jalb qilish;
Tarmoqning teskari aloqa effektini ham hisobga olib, qachon ko’lamning
oshishi biznes uchun havfli bo’lib qolishini tushunishga urinish, chunki juda
ham ko’p muloqot amalga oshganida jarayonning sifati pasayib ketishi ham
mumkin.
Bir qancha mualliflar platformalarni iqtisodiy katalizator sifatida tushunadilar.
Masalan, D.Evans va R.Shmalenskylarning fikrlariga ko’ra (
Эванс Д, Шмаленски
Р. Кодк атализатора. Стратегии прорыва в современном бизнесе. М.:
Вершина, 2008 г
), iqtisodiy katalizator - ikkita yoki undan ko’proq iste’molchilar
guruhi orasidagi muloqot natijasida qiymat hosil qilish jarayonnini tashkil
qiladigan kompaniyadir. Xuddi kimyoga o’xshash, katalizator-kompaniya kam
harajatlar bilan yuqori qiymat hosil qilishi mumkin.
Muvaffaqiyatli katalizator-
kompaniyaning innovatsiyalari bunga qiziqqan guruhlarga bir-biri bilan osonroq
muloqot qilish orqali biznesni yuritishga imkon beradi. Bunday
kompaniyalar
guruhlarni o’zaro muloqot qilishga undamaydi, balki ular barcha ishtirokchilar
uchun foydali muhitni yaratib beradi.
Buning natijasida
esa ushbu
kompaniyalarning bizneslari an’anaviy bir olchamli (
chiziqli
)dan ko’p o’lchamli
xolatga o’tib qoladi. Katalizator-kompaniyalarga misol qilib, to’lov kartalari
tizimlarini, qidiruv tizimlarini, birjalarni, savdo komplekslarini ko’rsatishimiz
mumkin. Katalizator-kompaniyalarning asosiy funktsiyalariga
hamjamiyat hayotini
me’yorida saqlab turish, auditoriyani tashkil qilish va harajatlarni minimallashtirish
uchun ishtirokchilar (
platformalar yoki tarmoqlar
) orasida foydali aloqalar
o’rnatilishidir. Ochiq innovatsiyalar tamoili innovatsiyalardagi to’rtinchi davrni
boshlab beradi va uni korporativ katalizatorlar davri deb atash ham mumkin. Agar
innovatsiyalarning birinchi davri ixtirochi insonlar bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi
korporativ call-markazlar bo’lgan, undan so’ng, venchur kapitalistlar
quvvatlagan
startaplar davri boshlangan va hozirda esa katta kompaniyalar qo’llab-
quvvatlayotgan korporativ katalizatorlar davri boshlanayapti. Ushbu davrning kirib
539
kelishi kompaniyalarning innovatsiyalar yaratish uchun global infratuzilmasidan
foydalanoyotgan insonlarning borligi, brendning ahamiyati, jarayonlarning
sozlanganligi va dunyoviy muammolarni hal qilish
uchun hamkorlik aloqalarini
o’rnatish bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, katta kompaniyalar ham ochiq
innovatsiyalar tamoilidan foydalanib, o’z atroflarida kompaniya platforma
texnologiyasidan foydalangan xolda ekotizim yaratuvchilarni to’playaptilar.
Ba’zida kompaniyalar
Do'stlaringiz bilan baham: