254
tayyorlangan «
unikal bashoratlar
»ni sotadilar. Ularda barcha o’tkaziladigan
o’yinlarning aniq bashoratlari bo’ladi. Agar siz kerakli pul to’lasangiz, ushbu
bashoratlardan foydalanib, kattagina pul ishlab
olishingiz mumkinligini
ta’kidlashadi.
Quyida tavsiz etiladigan firibgarlik turlari bilan real dunyoda xam, virtual dunyoda
xam faol shugullanishadi. Bunda biror bir qisqa nomerga SMS yuborish taklif
qilinadi. Agar ko’rsatilgan nomerga pul yuborilsa, aboentdan kattagina pul miqdori
shilib olinadi. Bu firibgarlikning bir qancha modifikatsiyalari ham mavjud.
Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xam juda keng tarqalgan bulib, bular runetda
«
Odnoklassnik
» va «
Vkontakte
» larda ko’p uchraydi.
WebMoney
tizimidan
foydalanib pul o’girlash
usulida esa sizga
WebMoney
elektron pul o’tkazish
tizimini buzishga imkon beradigan dasturlarni sotib olish taklif qilinadi. Boshqacha
bir usulda sizga elektron pochta orqali firibgarlarning «
WebMoney elektron pul
utkazish tizimiga qandaydir miqdordagi pul junating, aks xolda elektron
xamyoningiz yopiladi
» degan soxta xati keladi. Agar sizga shunday xat kelsa,
darxol
WebMoney
elektron pul o’tkazish tizimining «
support
» xizmatiga ma’lumot
yuboring – ular firibgarni tezda jilovlab qo’yadilar.
Ikki daqiqada olti
WMZ
deb
nomlangan firibgarlik turi internetdagi kazinolar bilan bog’liq bo’lib, ularda
ko’rsatilgan elektron xamyonga bir dollar (
yoki undan ko’proq
) pul o’tkazib,
ko’rsatilgan strategiyada pul yutish mumkinligi targ’ib qilinadi. Juda ko’p odamlar
bu ishga ishqiboz bo’lganlari uchun, firibgarlar yaxshigina mablag ishlab oladilar.
Shuning uchun internetda oltin tog’lar axtarmang, chunki bunday tog’lar unda yo’q
va bo’lmagan xam. AQSh iste’molchilar milliy ligasi xam oson pul topishni taklif
qiluvchilardan,
tekin xizmatlar ko’rsatuvchilardan, shubxali moliyaviy
operatsiyalar o’tkazuvchilardan nixoyatda extiyot bo’lish kerakligini ta’kidlaydilar.
Liga tomonidan internetdagi firibgarliklarning eng ommaviy usullari aniqlangan va
ularga quyidagilar kiradi (
top10
):
Sotuvga qo’yilmagan lotning onlayn internet-auktsionda sotilganligi
xaqidagi soxta ma’lumot;
255
Internet orqali sotib olingan tovarning sifati pastligi yoki soxtaligi;
Nigeriya xatlari;
Kompyuter dasturiy ta’minotining to’likmas
yoki soxta versiyasini
yetkazish;
Boshqalarga nisbatan kamroq to’lov talab qiladigan internet bilan bog’liq
xizmatlar taklifi;
Xech qachon sotib olinmagan yoki sotib olinmaydigan materiallar uchun
kredit kartochkalar orqalito’lovlar;
Katta foyda ko’riladigan va uyda o’tirib bajariladigan ish – «
uy-ofis
»;
Avans ko’rinishida qarzlar berish bilan bog’liq firibgarliklar;
Kredit kartochkalar yordamidagi soxta kelishuvlar tugrisidagi takliflar;
Juda katta foyda olish xaqidagi biznes takliflar.
Evropadagi firibgarlarga qarshi kurash komissiyasi ma’lumotlariga ko’ra,
internetdagi to’lovlar bilan (
ayniqsa, avans to’lovlar bilan
) bog’liq
fiktiv
operatsiyalar xajmi yil sayin oshib bormoqda. AKSh ning o’zida xar oydagi
bunday firibgarliklar soni 15-18 minggacha yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: