26
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan uglerodli po‘latlarga
avtomat va list po‘latlar (qozonbop po‘latlar) kiradi.
Avtomat po‘latlarga kesib ishlov berish oson. Kesib ishlov
berishni osonlashtirish uchun po‘latga oltingugurt, qo‘rg‘o-
shin, selen, tellur, kalsiy qo‘shiladi.
Po‘latning shtamplanuvchanligi uning kimyoviy tarkibiga
bog‘liq bo‘ladi: po‘latda uglerod miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, u
shuncha yomon shtamplanadi. Kremniy miqdori ko‘p bo‘lsa,
po‘latning shtamplanuvchanligini, ayniqsa, cho‘zib
shtamp-
lashda, yomonlashtiradi. Shu sababli sovuqlayin shtamplash,
ayniqsa, qattiq cho‘zib shtamplash uchun ishlatiladigan po‘-
latlarda uglerod bilan kremniyning miqdori kamaytiriladi (ko‘pi
bilan 0,08 %).
25, 30, 40, 45, 50 markali po‘latlarning plastikligi past
(
δ
= 23 – 14 va
ψ
= 50 – 40 %) bo‘lgan holda mustahkamligi
yuqori bo‘ladi (
σ
v
= 460 – 640 MPa).
10, 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45, 50 markali po‘latlar
kalibrlangan, sovuqlayin cho‘zilgan va aniq o‘lchamli simlar
ko‘rinishida ham ishlatiladi.
Parchinlash natijasida uning
mustahkamligi ortadi, lekin plastikligi pasayadi. Uglerodli
asbobsozlik po‘latlari tarkibida 0,7 – 1,5 % uglerod bo‘ladi.
Uglerodli sifatli po‘latlar marten pechlarida yoki elektr
pechlarida suyuqlantirib olinadi; ular oksidsizlantirish usuliga
qarab, tinch yoki qaynaydigan bo‘lishi mumkin. Sifatli po‘lat-
larda uglerodning
miqdori chegaralangan, oltingugurtning miq-
dori 0,04 % gacha va fosforning miqdori esa 0,04 % gacha
kamaytirilgan bo‘ladi.
Uglerodli sifatli po‘latlar 5, 08, 08 kp (harflar „qaynay-
digan po‘lat“ degan ma’noni bildiradi), 10, 20, ... 45 va hokazo
raqamlar bilan markalanadi. Raqamlar uglerod foizining
yuzdan bir ulushlaridagi o‘rtacha miqdorini bildiradi. Uglerod
miqdori kam bo‘lgan po‘latlarning (08, 10, 15, 20)
mustah-
kamligi nisbatan past (
δ
v
=330—420 MPa) va plastikligi yuqori
(
δ
= 25 – 32 % va
ψ
= 55 – 60 %) bo‘ladi. Bunday po‘latlar
yaxshi payvandlanadi hamda shtamplanadi.
Oltingugurtli avtomat po‘latlar tarkibida oltingugurt (0,15—
0,3 % gacha) va fosfor (0,05—0,15 % gacha) miqdori ko‘p
bo‘ladi. Tarkibida oltingugurt bilan fosfor miqdori ko‘pligi
sababli avtomat po‘latlarga oson kesib ishlov berish mumkin,
bunda ularning sirti juda sifatli chiqadi. Avtomat po‘latlar
27
A harfi va raqamlar bilan markalanadi, raqamlar uglerodning
foizning yuzdan bir ulushlaridagi miqdorini ko‘rsatadi,
masalan, A12, A20 va h.k. Po‘lat
tarkibida marganes miqdori
ko‘p bo‘lganda po‘lat markasiga G harfi qo‘shiladi — A20G.
Avtomat po‘lat boltlar, gaykalar, vintlar va hokazolar tay-
yorlash uchun ishlatiladi. Mustahkamligini oshirish maqsadida
sovuqlayin cho‘ziladi, natijada ular puxtalanadi. Masalan, A20
po‘latining mustahkamlik chegarasi 460—610 MPa dan 620—
800 MPa ga qadar ortadi. Tarkibida 0,20 % gacha S bo‘lgan
avtomat po‘latlar mustahkam po‘lat sifatida,
uglerod miqdori
me’yordagidan ko‘p bo‘lgan po‘latlar esa sifati yaxshilangan
po‘lat sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli avtomat po‘latlar
(Pb=0,08—0,15 %) AS14, AS40 va hokazo tarzda markalanadi,
bunda raqamlar foizning yuzdan bir ulushlari hisobidagi uglerod
miqdorini ko‘rsatadi. Selenli avtomat po‘latlarda markaning
oxiriga E harfi qo‘yiladi, masalan, 5E.
List po‘latlar (qozonbop po‘latlar)
quyidagi markalarda
ishlab chiqariladi: 12K, 15K, 16K, 18K, 20K, 22K; ularda
uglerod miqdori 0,08 dan 0,28 % gacha bo‘ladi.
Bir qoliðda quyish uchun (ayniqsa, transport mashina-
sozligida) mo‘ljallangan uglerodli po‘latlar foizning yuzdan bir
ulushlari hisobidagi uglerod miqdorini ko‘rsatadigan raqam va
L
harfi bilan markalanadi, masalan, 15L, 40L.
Do'stlaringiz bilan baham: