Sun’iy
Tafakkur
Zamonaviy jamiyatda tobora oʻsib
borayotgan axborot oqimi,
axborot
texnologiyalarining
turli - tumanligi, kompyuterda
echiladigan masalalarning
murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni
qoʻydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan kompyuterga
oʻtkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani echish yoʻllardan biri – bu ekspert tizimlarini
yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert oʻzidan kelib chiqib
sharoitni taxlil etadi va
nisbatan foydali
axborotni aniqlab oladi, chorasiz yoʻllardan
voz kechgan xolda qaror
qabul qilishning eng maqbul yoʻllarini vujudga keltiradi. Intellekt tizimlarni yaratishdagi
markaziy muammo mutaxassislarning bilimlarini kompyuter xotirasida xuddi shunday aks
ettirishdir. Ekspert tizimida ma’lum bir predmet soxasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: