Oqim koeffitsienti
deb, daryo havzasida hosil bo‘lgan oqim qatlamini shu
havzaga yoqqan yog‘in miqdoriga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Bu kattalik "
" harfi
bilan ifodalanib, o‘lcham birligiga ega bo‘lmagan kattalik hisoblanadi:
Х
У
=
,
bu yerda:
У
-oqim qatlami, mm;
Х
-yog‘in miqdori, mm da.
Oqim koeffitsienti (
) 0 dan 1 gacha oraliqda o‘zgaradi, ya’ni 0 <
< 1
shartni bajaradi.
Oqimning modul koeffitsienti
(
i
К
) daryoning oqim me’yoriga nisbatan
suvlilik darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi va quyidagi ifoda bilan
aniqlanadi:
0
Q
Q
К
i
i
=
,
ifodada:
i
Q
-o‘rganilayotgan yildagi o‘rtacha suv sarfi, m
3
/c da;
0
Q
-o‘rtacha ko‘p
yillik suv sarfi, ya’ni oqim me’yori, m
3
/s da.
126
Ko‘rinib turibdiki, oqimning modul koeffitsienti o‘lcham birligiga ega
emas. Uni ulushlarda yoki foizlarda ifodalash mumkin. O‘rganilayotgan yil uchun
oqimning modul koeffitsientini aniqlab, daryoning ayni yildagi suvlilik darajasi
haqida xulosa chiqarish mumkin. Agar
i
К
> 1 bo‘lsa, daryodagi suv me’yorga
nisbatan ko‘p,
i
К
= 1 bo‘lsa-me’yorga teng,
i
К
< 1 bo‘lsa, me’yorga nisbatan kam.
Daryo oqimining yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlarining har biridan
ma’lum maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, oqim hajmi haqidagi ma’lumotlar
daryoda suv omborlarini loyihalash, suvdan irrigatsiya va boshqa maqsadlarda
foydalanishda zarur bo‘lsa, oqim moduli, oqim qatlami, oqim koeffitsienti kabi
kattaliklar daryo oqimini xaritalashtirishda qo‘l keladi.
10.3.3. Daryo oqimining yil davomida o‘zgarishi
Daryo oqimining yil davomida o‘zgarishi uning kunlik, besh kunlik, o‘n kunlik,
oylik, fasliy va mavsumiy taqsimlanishlarida aks etadi. Daryo oqimining ma’lum
muddatlar - dekada, oy, fasl, mavsum bo‘yicha yil davomida taqsimlanishini yillik
oqimning umumiy miqdoriga nisbatan hissalarda yoki foizlarda ifodalash mumkin.
Oqimning yil davomida taqsimlanishini suv sarfini kuzatish ma’lumotlariga
ega bo‘lgan daryolarda istalgan muddat uchun hisoblash mumkin. Quyida shu
masalani, ya’ni oqimining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash
usullarini Qashqadaryoning Varganza qishlog‘i yaqinidagi gidrologik postda
kuzatilgan suv sarfi ma’lumotlari misolida ko‘ramiz (10.2-jadval).
10.2-jadval
Daryo oqimining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash
(Qashqadaryo – Varganza qishlog‘i, 1988 yil)
Oylar
I
II
III
IV
V
VI VII VIII IX
X
XI XII
Yil
c
м
Q
/
,
3
3,67 4,99 11,5 25,2 16,5 7,05 3,96 3,03 2,63 2,60 2,49 2,61 7,19
c
Т
6
10
,
2,58 2,42 2,58 2,59 2,68 2,59 2,68 2,68 2,59 2,68 2,59 2,68 31,54
3
6
10
,
м
W
9,83 12,0 30,8 65,2 44,2 18,2 10,6 8,12 6,81 6,97 6,45 6,99 226,2
,
W
4,34 5,30 13,6 28,8 19,5 8,04 4,68 3,58 3,01 3,08 2,85 3,09 100
Izoh: Q - suv sarfi; T – vaqt, sekundlarda ifodalangan; W - oqim hajmi
127
Mazkur hisoblash jadvali ma’lumotlaridan foydalanib, Qashqadaryo
oqimining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanish chizmasi - gidrograf chiziladi
(11.7-rasm). Ushbu chizmada ko‘rinib turganidek, daryo oqimining yil davomida
oylar bo‘yicha taqsimlanishi mutlaq qiymatlarda, ya’ni oqim hajmi (mln.m
3
)
ko‘rinishida va foizlarda ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |