Tog‘ muzliklari
nisbatan kichik o‘lchamli bo‘ladi. Ularning shakli muzlik
joylashgan yuzaning relefi bilan aniqlanadi, harakati ham yer sirtining muzlik osti
nishabligiga bog‘liq bo‘ladi. Materik muzliklaridan farqli o‘laroq, ularda nishablik
faqat bir tomonga, ya’ni manbadan muzlik tiliga qarab boradi. Tog‘ muzliklarining
ko‘pgina turlari mavjud. Ularning eng soddalari
tog‘ yonbag‘irlari muzliklari
va
tog‘ cho‘qqilari muzliklari
dir. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
kaldera muzliklari
-
o‘chgan vulqonlar kraterlarida joylashadi;
yulduzsimon muzliklar -
uning
umumiy firn qismidan chiqadigan bir nechta tili bo‘ladi (masalan, Fedchenko
muzligi);
kara muzliklari -
kara (baland tog‘lardagi tavoqsimon tabiiy botiqlik)
larda joylashadi va, nihoyat,
osilma
holda uchraydigan muzliklar.
Vodiy muzliklari bir muncha murakkab tuzilgan. Ular ichida
Do'stlaringiz bilan baham: |