Infiltratsion (sizib o‘tish) nazariyasiga ko‘ra yer osti suvlarining katta qismi
yomg‘ir, qor suvlari, daryolar, kanallar hamda ariqlardagi suvlarning yerga
shimilishidan hosil bo‘ladi. Bu fikrlar ancha ilgari aytilgan bo‘lsa ham, uning
nazariya sifatida shakllanishida A.F.Lebedevning xizmatlari kattadir.
Relikt yer osti suvlari nazariyasining mohiyati shundan iboratki, unga
asosan yer osti suvlarining ma’lum qismi qadimgi zamonlarda dengiz yoki ko‘llar
ostidagi cho‘kindi tog‘ jinslarining bo‘shliqlarida mavjud bo‘lgan suvlar hisobiga
hosil bo‘ladi. Bunday suvlar "qolib ketgan" yoki "ko‘milib qolgan" (relikt) suvlar
90
deb ataladi.
Yuqorida bayon qilingan nazariya va gipotezalarga mos ravishda yer osti
suvlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- vadoz yer osti suvlari; - yuvenil yer osti suvlari; - sedimentatsion yer osti suvlari.