83
Yerning landshaft qobig‘ida asosiy o‘rinni
materik muzliklari
-Antarktida
va Grenlandiya muzliklari egallaydi. Ular quruqlik yuzasini to‘la qoplagan bo‘lib,
shuning uchun ham ba’zan
qoplama muzliklar
deb ataladi. Materik muzliklari,
ya’ni qoplama muzliklarning o‘lchamlari juda katta bo‘lib, yassi-qabariq bo‘ladi va
bu shakl muzlik osti relefiga bog‘liq emas. Qorning to‘planishi ularning markaziy
– qabariq qismlarida, sarf bo‘lishi esa chekka qismlarida kuzatiladi. SHuning
uchun muzlik massasi ham markazdan chekka taraflarga qarab harakatlanadi.
Ularda sarf bo‘lish, asosan, chekka qismlarda, ya’ni okean va dengizlar suvi
ta’sirida sinib, aysberglar hosil bo‘lishi ko‘rinishida kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: