soliqlar va yig‘imlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-
son)
tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar bo‘yicha huquqlarga
yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan muassislar
(qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
32. Tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va
davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Tugatuvchi tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor
sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan
Byuroga so‘rov yuboradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi tijorat tashkilotining
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va
yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organga yuboradi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-
son)
Byuro tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish
yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud
emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga uch ish kuni
mobaynida xabarnoma yuborishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
33. Davlat soliq xizmati organi tomonidan taqdim etilgan tijorat tashkilotining soliqlar va
yig‘imlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi, shuningdek, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish
yurituvida mavjud emasligi haqida Byuroning xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi tijorat
tashkilotining asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka uni yopish to‘g‘risida murojaat qiladi. Bank bir
ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli bo‘lgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy
hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-
son)
Tijorat tashkilotining hisobvaraqlari xatlangan bo‘lsa, ularning yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda tugatuvchi 2-son kartoteka bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash (qaytarish) va xatlashni bekor qilish
choralarini ko‘radi.
Oldingi
tahrirga qarang.
34. Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida belgilangan
tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
35. Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
organga quyidagilarni taqdim etadi:
tijorat tashkilotining barcha hisobvaraqlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi
banklarning ma’lumotnomalari;
tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud bo‘lsa);
vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);
Oldingi
tahrirga qarang.
tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga
topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-
fevraldagi 68-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-
son)
36. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ushbu Nizomning
35-bandida
ko‘rsatilgan barcha hujjatlar
olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomning
32 — 34-bandlari
ijrosi
ta’minlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi
to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi.
Nizomning
32 — 34-bandlarida
nazarda tutilgan ma’lumotlar Tizimda mavjud bo‘lmasa yoki
35-banddagi
hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat
reyestriga yozuvlar kiritishni rad etadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni
mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Davlat reyestriga kiritish rad
etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar (agar
mavjud bo‘lsa) qaytariladi.
37. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi
yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:
tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim
orqali xabardor qiladi;
tugatilgan tijorat tashkilotining muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) belgilangan
tartibda yo‘q qilish choralarini ko‘radi;
tijorat tashkilotiga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan
organlarga topshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining tijorat tashkiloti joylashgan joydagi filialini tijorat
tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
38. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tgunga qadar ushbu Nizomning
35-bandida
ko‘rsatilgan hujjatlar
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga to‘liq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy
tugatish to‘xtatilganligi to‘g‘risida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari
qayta tiklanadi.
39. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning
38-bandida
ko‘rsatilgan muddatda tugallanmaganda,
shuningdek, ixtiyoriy tugatish va tijorat tashkiloti faoliyatini tiklash tartiboti to‘xtatilganda ushbu
Nizomning 18-bandi “a” kichik bandi
uchinchi xatboshida
belgilangan imtiyozlar qo‘llanmaydi
hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun to‘liq hajmda
undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: