yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq,
shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi.
Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va yig‘imlar
amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab
kreditorlar talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi;
tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar
tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo‘ladigan bitimlar faqat ushbu Nizomda
barcha majburiyatlarni, shuningdek, muddati kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni bajarish
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisobvarag‘iga va ikkilamchi
depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan
chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig‘iga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l
qo‘yiladi;
2-son kartotekaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi.
Tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari,
jamg‘ariladigan hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan
ushbu hisobvaraqlar yopilib, hisobvaraqdagi milliy valyuta qoldiqlarini asosiy hisobvarag‘iga, xorijiy
valyuta qoldiqlarini xorijiy valyutada ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
19. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid
huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari
reyestrini tuzadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish
to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan
barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
(19-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi
1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul
qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar)
kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor
qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
20. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasini olgan
sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan
tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro
hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda ijro ishini tugallaydi
va belgilangan tartibda tugatishni amalga oshirish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.
21. Tugatilayotgan tijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati
organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch
ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga)
kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tekshirishda tijorat tashkilotining oxirgi tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab (tijorat
tashkilotini tekshirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan bo‘lsa ―
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab) tijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risida qaror qabul
qilinganligi haqida ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr
mobaynidagi moliya-xo‘jalik faoliyati qamrab olinadi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: