soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka
qat’iy belgilangan soliqlarni to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ushbu bobda
41. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan
agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining
ma’lumotnomasi.
Oldingi
tahrirga qarang.
42. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza tushganidan
so‘ng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi
davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi yo‘qligini,
shuningdek, tijorat bankida hisobvaraq ochmaganligini (hisobvaraq ochilmagan deb ko‘rsatilgan
bo‘lsa) tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma
olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga
xabarnoma yuboradi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
43. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ quyidagi hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni mobaynida
tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga
kiritadi:
ushbu Nizomning
41-bandida
ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning
42-bandida
nazarda tutilgan xabarnomasi.
44. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini
to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir
ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali
jo‘natiladi.
45. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv davlat
reyestriga kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyati to‘xtatilganligi
to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;
faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsning muhr va shtamplarini (agar
mavjud bo‘lsa) yo‘q qiladi;
litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga yuboradi.
46. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi
uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: