taqdirda, tijorat tashkilotining soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-
kitoblarga binoan aniqlanadi.
Tekshirish yakuniga ko‘ra soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan
taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan
hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi.
22. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach
tugatuvchi davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek,
tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Oraliq tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.
23. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida
tasdiqnomani olgan holda har qaysi kreditorlarni ularning talablari e’tirof etilganligi yoki rad
qilinganligi, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan
holda xabardor qiladi.
24. Oraliq tugatish balansiga muvofiq u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan
kreditorlarga quyidagi navbat bo‘yicha pul summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
birinchi navbatda ― fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari bo‘yicha pul to‘lovlariga doir
talablarini, shuningdek, fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tijorat
tashkiloti tegishli vaqtbay to‘lovlarni soqit qilish yo‘li bilan javob beradigan talablarini qondirish;
ikkinchi navbatda ― Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar;
uchinchi navbatda ― boshqa kreditorlarning talablari.
25. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan ta’minlangan talablarini qondirish tijorat
tashkilotining garovga qo‘yilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan
keyin tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar qoldig‘i kreditorlar
talablarini Nizomning
24-bandida
ko‘rsatilgan navbat bo‘yicha qondirish uchun yo‘naltiriladi.
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan
ta’minlangan talablarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda talablarning qolgan qismi
Nizomning
24-bandida
belgilangan navbat bo‘yicha qondiriladi.
26. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda
tugatuvchi tomonidan:
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
tijorat tashkiloti mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq
ko‘rsatib o‘tilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga
ega bo‘lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
27. Savdoga qo‘yilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga
baholash summasida ushbu Nizomning
24-bandida
belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk
etib qabul qilish taklif etiladi.
28. Garovga qo‘yilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
29-moddasiga
hamda “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining
43-
moddasiga
muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash
summasi e’tirof etilgan talablarni to‘lash hisobiga qo‘shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori
o‘rtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil bo‘lgan tafovut besh ish kuni muddatida kreditor
tomonidan to‘lanadi.
29. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan
tijorat tashkilotining bankdagi hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga
oshirilishi mumkin.
30. Kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan
taqdirda, tugatuvchi tijorat tashkilotini to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to‘g‘risidagi
ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘lovga qodir emas
(bankrot) deb e’tirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi va bundan keyingi
tartibot bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Tugatuvchi:
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida
ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;
Do'stlaringiz bilan baham: