Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   165
Bog'liq
Etiket

qoidasi 
va 
fazilatlari 
quyidagilardir:  

 
har kuni  mehmon chaqirgandan ko‘ra, ularni bir  marta chaqirish  lozim, toki 
dasturxonga qo‘yilgan ne’matlar bodastir va aybsiz bo‘ladi; 

 
uyingizga  qadam  ranjida  qilgan  odamning  oldiga  peshvoz  chiqing  va  ular 
bilan chiroyli muomala qilingki, ular sizning duoingizni qilsin; 

 
zinhor  mehmondan  yuqoriga  o‘tirmang.  Agar  mehmon  sizni  o‘tirishingizga 
rozilik  bildirsagina  ular  bilan  birga  bo‘ling.  Yo‘qsa,  uzringizni  so‘rab 
«mezbonlik» ishlaringizni davom ettiring; 

 
mehmonga  “Undan  oling,  bundan  oling.  Nega  hech  nima  yemayapsiz, 
bularning  bari  sizlar  uchun  qo‘yilgan.  Agar  dasturxonda  yetishmovchilik 
bo‘lsa  uzr,  boshqa  kelganlaringizda  batafsil  qilamiz”,  degan  mulozamatni 
hadeb  aytayvermang.  Bunday  so‘zlar  ayniqsa,  tarbiyali  insonlarga 
yarashmaydi;  

 
mehmon  garchand  og‘ir  botadigan  so‘zlarni  gapirsa  ham,  unga  qattiq 
gapirmaslik, uni hurmat qilish zarur. 
Mehmondorchilikdagi 
illatlar
 quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

 
mehmonga ta’na qilish, dasturxondagi ne’matlar va taomlarni maqtayverish; 

 
mehmondan avval mast bo‘lib olish; 

 
huda-behuda kulaverish; 

 
ochko‘zlik qilib, oldidagi narsalarni yeb tugatish; 

 
mehmonlar  oldida  xonadon  a’zolariga  (xotini,  farzandlari  va  xizmatkorini) 
tanbeh berish, ularni so‘kish va haqoratlash.”
2
   
  Xalqimiz mehmonni e’zozlashining sababi shundaki, mehmonning kelishi 
yaxshiliklar  ramzi  ekanligi,  mehmon  dilxushliklarni  keltiruvchi,  araz  va  ginalarga 
barham beruvchi ekanligidadir. Darhaqiqat, mehmon kelganda er-xotin o‘rtasidagi 
janjal ham, bolalarning xarxashasi ham to‘xtaydi, ovozimiz o‘z-o‘zidan sekinlashib 
muloyim  bo‘lib  qolamiz.  Shuningdek,  uyimizga  mehmon  kelishi  ozodalik  va 
pokizalik  sababchisi  hamdir.  Shundan  bo‘lsa  kerak,  onalarning  “Qizim, 
o‘tirishingni  qara,  uyni  supurib  qo‘ysang  bo‘lmaydimi.  Shu  holatda  biror  kishi 
kelib  qolsa,  o‘ylamaydimi  isqirt  yashar  ekan  deb?!”  koyishlari  shundan  bo‘lsa 
kerak. Hatto uyimizda yotgan bemor ham biroz bo‘lsa-da kasalini unutib, mehmon 
bilan suhbat qurgisi keladi. 
                                                             
1
 Қаранг: Кайковус. Қобуснома. – Т.: Истилол. 1994. 53-бет. 
2
 Ҳусанов Б., Ғуломов В. Муомала маданияти. – Т.: Иқтисод-молия. 2009. -  Б.71 
 


126 
 
Hayotda hamma ham yaxshi mehmondo‘st uy egasi va har kim – kutilgan, 
qiziqarli  mehmon  bo‘la  olmaydi.  Buning  uchun,  avvalambor,  mehmonlarni 
qimmatbaho  idishlar,  kumush  jihozlar  va  boy  taomlar  bilan  mehmon  qilish  shart 
emas. Juda oddiy mazali taom tayyorlash mumkin; eng muhimi, kelgan mehmonlar 
o‘zlarini  yaxshi  va  dildan  ularning  kelishlaridan  xursand  ekanliklarini 
ko‘rishidadir.  Kutilmagan  mehmonning  tashrifi  kishini  sevintiradi,  lekin  ba’zida 
noqulay  axvolga  ham  solib  qo‘yadi.  Shuning  uchun  birovnikiga  tashrif 
buyurmoqchi  bo‘lsangiz,  boriladigan  vaqtni,  uning  nima  qilishini  va  turmush 
tartibini hisobga olish kerak. Eng yaxshisi, qaysi vaqtda borilsa, malol kelmasligini 
uy  sohibidan  shaxsan  yoki  telefon  orqali  so‘rash  kerak.  Mehmonga  ertalab  va 
kechasi borilmaydi. Odob qoidalariga ko‘ra, mehmonga soat 12 dan soat 20 gacha 
bo‘lgan vaqt oralig‘ida boriladi. 
Mehmonga  borganda  mayda-chuyda  tartib-qoidalarni  ham  esdan 
chiqarmaslik  kerak.  Eshik  oldiga  kelgach,  eshik  qo‘ng‘irog‘ini  qisqagina  chalish, 
yoki  eshikni  sekingina  taqillatish  lozim.  Birinchi  qo‘ng‘iroqdan  keyin  eshik 
ochilmasa, takror qo‘ng‘iroq chalish mumkin, lekin ikki martadan ortiq qo‘ng‘iroq 
chalinmaydi.  Bu  munosabatingiz salbiy ekanligini bildiradi. Uy sohibi  mehmonga 
ketgan  bo‘lsa  aslo  uning  ketidan  bormang.  Mehmonga  borganda,  agar  uy  sohibi 
bilan  oldindan  kelishilgan  bo‘lmasa,  begona  kishilarni  ergashtirib  olib  borish 
yaramaydi.  
Bolali  uyga  yoki  bolalarga  xursand  bo‘lishadigan  xonadongagina  bolalar 
olib boriladi. 
Mehmonlarni to‘plashning eng qulay payti – juma  yoki shanba kunlaridir: 
ertasiga  uyni  sarajomlab,  o‘zingiz  ham  dam  olasiz.  Mehmonlarni  uyda  kutib 
olishdan  avval,  ularni  qanday  kutib  olish  imkoniyati  borligini  ham  hisobga  olish 
maqsadga  muvofiq.  Mehmonlarni  shunday  o‘tkazish  kerakki,  ularning  kasbiy 
qiziqishi  mehmondorchilikning  munozaraga  aylanib  ketish  darajasida  mos 
kelmasin.  Mehmonlarni  bir-biriga  tanishtirish  bilan  ularning  qiziqishlari  haqida 
ham aytib kirishib ketishga yordam beradi. 
Kechaning  avvali  juda  tashvishli  bo‘lishini  hisobga  olish  lozim.  Shuning 
uchun  mehmonlar  kelishidan  yarim  soat  avval  ishlarni  tugatishga  ulgurish  kerak. 
Bu bilan mehmonlarni nisbatan betashvish, yaxshi kayfiyatda kutib olish mumkin. 
Mehmonlarni  kutib  olish  jarayoni  samimiy  bo‘lishi  lozim.  Vaqtliroq  kelib  qolgan 
mehmonga yuvinish va o‘zini tartibga keltirib olish xonasini ko‘rsatiladi. Uy egasi 
mehmonlarni  aniqlik  va  eshitilarlik  qilib  tanishtirishi  lozim.  Mehmonlarning 
kamchiliklari  haqida  gapirilmaydi.  Uy  egasining  asosiy  vazifasi  –  bu  har  kim 
o‘zini  yaxshi  va  qulay  his  qilishi  uchun  do‘stona  munosabatni  shakllantirishdir. 
Agar  uy  egasi  mehmonlarni  qiziqtirishga  ko‘zi  etmasa,  unda  buning  uchun 
udabburonroq do‘stini taklif qilsin.  
Mehmon  kutishdan  tortib  uni  kuzatishgacha,  dasturxonni  bezashdan  tortib, 
narsalarni  joylashtirishgacha,  taomlarning  mazasidan  tortib,  mehmon  bilan 
bo‘ladigan  suhbatgacha  –  barcha-barchasi  go‘zallik  qonuniyatlari  asosida  bo‘lishi 
zarur.  Jumladan,  mehmondorchilikning  muhim  subyekti  bo‘lgan  pazandalik 
san’atida  taom  tayyorlash  jarayoni,  uni  bezash,  taomlarni  tartib  bilan  tortiq 


127 
 
qilishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bor.  Milliy  xususiyatlarimizdan  kelib  chiqqan 
holda  bugungi  kundagi  mehmondorchiliklarning  aksariyatida  dasturxonga  yengil 
taomlar  (somsa,  go‘shtli  salatlar),  so‘ngra  birinchi  va  ikkinchi  taomlar  tortiladi. 
Birinchi  taom  suyuq  (sho‘rva,  mampar,  lag‘mon,  tiftel  va  h.k),  ikkinchi  taom 
quyuq  (palov,  qovurdoq,  dimlama,  mantii,  norin  va  h.k)lardan  iborat  bo‘ladi. 
Mazkur  jarayonni  go‘zal  tashkil  etishdagi  asosiy  unsurlar  -  idishlarning 
chiroyliligi,  tozaligi,  qulayligi,  joylashtirishning  nafosati  hamda  taomning 
mehmonga  xush  yoqadigan  xilini  tanlay  bilishdadir.  Zero,  mehmonga  xush 
yoqmagan  taomni  taqdim  qilish  mehmondorchilikdagi  nafosat  mezonlarini  buzib 
yuborishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, ko‘nglimiz tilamagan taomni mehmon 
dasturxoniga  qo‘yish  yoki  o‘zimizga  ravo  ko‘rmagan  narsani  mehmonga  sovg‘a 
qilish - mehmonni mensimaslikdir.  
Kimgadir  yaxshi,  kimgadir  esa  shunchaki  g‘amxo‘rlik  qilish  yaramaydi. 
Mezbon  tashvish  va  ishning  ko‘p  bo‘lishiga  qaramasdan,  xushchaqchaq 
ko‘rinishga  harakat  qilishi  lozim.  Shu  bilan  birga,  mehmonlar  ham  nafaqat 
mezbonlarga  nisbatan,  balki  mehmonlarga  nisbatan  mulozamatli  va  diqqatli 
bo‘lishi  lozim.  Iliq  kayfiyatni  hosil  qilishda  mehmonxonani  yaxshi  yoritish  ham 
ahamiyat  kasb  etadi.  Haddan  tashqari  yorug‘lik  noqulaylik  tug‘diradi.  Ammo 
mehmonlar o‘tiradigan joylar yetarli yoritilgan bo‘lishi kerak. Bunda turli yoritgich 
vositalaridan:  stol,  osma  va  devor  lampalaridan  foydalanish  mumkin.  Do‘stona 
kechalarga vazmin kuylar  yarashadi. Agar  siz o‘zingizning  yangi  video tasmangiz 
bilan  maqtanmoqchi  bo‘lib,  ularni  mehmonlarga  havola  qilsangiz  –  bu  hammaga 
ham yoqavermasligini nazarda tuting. 
Kechaning  muvaffaqiyatli  o‘tishida  uy  bekasining  kayfiyati  va  ko‘rinishi 
muhim  o‘rin  egallaydi.  Hamma  narsaga  ulgurish  kerak:  uyning  ozoda  va 
tartibliligi,  pishiriqlar  yaxshi  chiqishi,  chiroyli  kiyinib,  yaxshi  ko‘rinmoq  lozim. 
Agar  siz  bunday  ichki  qoniqishni  his  qilmasangiz,  mehmondorchilik  yaxshi 
o‘tmaydi.  Sizni  kayfiyatingiz  butun  bir  kechaga  ta’sir  qiladi.  Shu  sababli 
o‘zingizga e’tibor berish yoddan chiqmasin. 
Mehmonlar  kelishi  bilan  televizor  yoki  radioni  o‘chirib  qo‘yish  va  butun 
e’tiboringizni ularga qaratish mezbonning mehmonga bo‘lgan ijobiy munosabatini 
ko‘rsatadi.  Ba’zi  hollarda  ish  ko‘payib  ketsa,  biron  yaqin  qarindosh  yoki 
tanishingizni  yordamga  chaqirishingiz  mumkin.  Bu  paytda  telefonda  gaplashish 
barchaning  diqqatini  jalb  qiladi,  ammo  bu  ijobiylik  kasb  etmaydi.  Qayta 
qilishingizni  aytib,  so‘ng  suhbatni  to‘xtatish  lozim.  Mehmonlarni  ichishga, 
yeyishga zo‘rlash ularning me’dasiga tegish mumkin.  
Uy  bekasining  mehmondorchilik  bilan  ovora  bo‘lishi,  uy  egasining  esa 
mehmonlarga  “qarab”  o‘tirishi  tabiiy,  ammo  uy  egasining  ayoliga  mehmonlar 
oldida  o‘zi  bajarishi  mumkin  bo‘lgan  buyruqlarni  berishi  nojoiz:  “Derazani  ochib 
yubor” yoki “Stul olib kel” qabilida. Agar er ayoliga qo‘shimcha salat olib kelishni 
eslatsa,  buning  yomon  joyi  yo‘q.  Ammo,  buni  odob  bilan  amalga  oshirish  kerak. 
Hech qachon er taomning mazali bo‘lmaganini ko‘pchilik oldida aytmasligi lozim, 
ayolning o‘zi pirog tagiga olib ketgani yoki taom sho‘rroq bo‘lganini shundoq ham 
biladi.  Er  “Bizning  uyda  hech  qachon  tartib  bo‘lmaydi”  yoki  taom  kechiksa, 


128 
 
“Ovqat  hech  qachon  vaqtida  tayyor  bo‘lmaydi”  degan  tanbehlar  bilan  o‘z 
madaniyatsizligi  hamda  yomon  boshqaruvchi  ekanligini  bildirib  qo‘yadi. 
Mehmonni  sizning  farzandingiz,  mushuginggiz,  kuchuginggizning  ajoyib 
xususiyatlari  borligini  tan  oldirishga  majbur  qilmang.  To‘y  yoki  biron  tantanali 
marosimning  videotasmasini  mezbon  mehmonlarga  taklif  qilar  ekansiz,  ularni  bu 
bilan zeriktirib qo‘ymagan ma’qul. 
Mehmonlarni  uyga  taklif  qilar  ekansiz,  ular  sizning  uyingizni  ko‘rib 
chiqishlari  mumkin  ekanligini  ham  nazarda  tutish  lozim.  Bu  bilan  ko‘nikishga 
to‘g‘ri keladi. Agar oila a’zolarining biri mehmon bilan ko‘rishib, ammo o‘tirishda 
ishtirok  etmagan  bo‘lsa,  mehmonning  ketishi  arafasida  uni  kuzatishga  chiqishi 
lozim.  Mehmonlar  bilan  xayrlashayotganda  mezbon  ularni  kuzatish  uchun 
yo‘lakka  chiqishi  va  ayollarni  kuzatuvchilari  bor-yo‘qligi  borasida  g‘amxo‘rlik 
qilishi  shart.  Agar  mehmonlarni  bir  qismi  ketsa,  qolganlar  ularni  muhokama 
qilishlari shart emas. Ular ham xuddi shunday “muhokamaga” olinishlarini gumon 
qilishlari mumkin. 
Agar  mehmonlar  kech  qolib  ketsa,  siz  esa  oyoqda  zo‘rg‘a  turgan 
bo‘lsangiz  qanday  ish  tutish  lozim?  Qishda  derazaning  ochilishi  yaxshi  ta’sir 
beradi.  Juda  bo‘lmasa,  ertangi  rejalar  haqida  suhbat  boshlagan  ma’qul. 
Hammaning  ertalab  barvaqt  turishi  “yodlariga  tushadi”.  Ba’zida  bu  ham  ta’sir 
qilmasligi  mumkin.  Befahm  mehmon  uchun  universal  davo  yo‘q.  Oxirigicha 
chidashga  to‘g‘ri  keladi.  Agar  mehmon  taklif  qilinmagan,  shunchaki  kirib 
o‘tadigan bo‘lsa, unda ish osonroq kechadi. Esnab turib, bilmagandek qilib: “Uzr, 
kun  juda  og‘ir  bo‘ldi,  barvaqt  turish  kerak.  Agar  istasangiz  shu  yerga  joy  solib 
beramiz”.  Farosati  bo‘lsa,  (agar  uzoqda  turmasa)  yotgani  uyiga  ketadi.  Bo‘lmasa, 
o‘zbekning mehmondo‘stlik sha’niga dog‘ tushirmaslikka harakat qilamiz. 
G‘alati  mehmonlar  ham  uchrab  turadi.  Biri  o‘zidan  boshqani  tan  olmasa, 
ikkinchisi  u  burchakdan  bu  burchakka  “tiqilishni”  yaxshi  ko‘radi.  Uchinchisi  – 
o‘zini  “madaniyatli”  qilib  ko‘rsatish  uchun  hech  ham  dasturxonga  o‘tirmaydi, 
sizning  esa  qorningiz  och

  Yana  biri  o‘ta  “kamgap”  –  mehmon  uning 
zerikmasligi  uchun  qiynalib  ketadi.  Yana  biri  telefonida  gaplashsa  yoki  televizor 
ko‘rsa, hamma narsani bir zumda unutib qo‘yadi. Yana boshqasi kerak bo‘lmagan 
narsani  so‘rayverib  jonga  tegadi.  Olib  kelgan  taomdan  hech  biri  yoqmaydi.  Yana 
shunday tanishlar borki, oshxonaga kirib taom pishirish, “oshxonadagi tartib” bilan 
shug‘ullanib  ketadi.  Bu  kabi  o‘nlab  mehmonlarga  mezbonlar,  mehmonlar  esa 
mezbonlarga sabr qilishiga to‘g‘ri keladi.  
Ayniqsa,  hadeb  sizni  bezovta  qilib  uyingizga  kelaveradigan,  uzoq 
o‘tiradigan  mehmon  bilan  munosabatlarni  to‘g‘rilash  qiyin  bo‘ladi.  Albatta,  “Biz 
ketishimiz  kerak”  yoki  “Mazam  bo‘lmayapti”  qabilidagi  bahonalar  bilan  o‘z 
noroziligini  bildirish  mumkin.  Lekin  niyatingizni  bilib  turib,  sizni  o‘zingizni 
yo‘qotib qo‘yishingizni, taraddudlanishigizni kuzatishni yaxshi ko‘radigan odamlar 
bor.  Ularga  yo  pinakni  buzmay  o‘z  ishingizni  qilishingiz  yoki  ochiqchasiga 
bezovta bo‘layotganingizni aytib qo‘yganingiz yaxshi. 
Biror  mehmon  vaqtliroq ketmoqchi bo‘lsa, bunga boshqalar e’tiborini jalb 
etmay,  uy  sohiblari  bilangina  xayrlashib,  ularga  ketish  sababini  aytadi. 


129 
 
Boshqalarga  bildirmay  ketishning  iloji  bo‘lmagan  taqdirda  bosh  silkitib  barcha 
bilan  xayrlashiladi.  Mehmonlar  ziyofatning  xarakteriga  qarab,  o‘z  vaqtida 
ketishlari kerak.  
Mehmondorchilik – ulug‘ xislat, ammo u ham ma’lum bir chegaralarga ega 
ekanligini – o‘zingiz ham bu dunyoga mehmon bo‘lib kelganingizni unutmang. 
Sizni  taklif  qilishsa

yu,  siz  bormasangiz,  bu  hurmatsizlikdir.  Kechki 
ovqatdan  voz  kechishning  eng  oxirgi  muddati  –  ikki  kun  avval,  ammo  keltirgan 
sabab  jiddiy  bo‘lishi  lozim.  Bunga  yo‘l  qo‘yilgan  taqdirda  imkon  qadar  tezroq 
og‘zaki  ravishda  uzr  so‘rashni  unutmaslik  muhim.  Mehmondorchilikda  ko‘p 
bo‘lib, ammo javoban o‘zi ham mehmonga chaqirmaslik odobga to‘g‘ri kelmaydi. 
Agar  o‘z  uyingizda  mehmon  qabul  qilishga  sharoit  bo‘lmasa,  uning  boshqa 
yo‘llarini  qidirib  ko‘rish  mumkin,  masalan,  qahvaxona,  restoran,  teatr,  agar 
mashinangiz bo‘lsa – shahardan tashqaridagi sayrga taklif qilish mumkin.  
Shunday  hollar  bo‘ladiki,  oiladagi  er-xotinlardan  biri  taklifni  qabul  qilib, 
juftisiz  mehmonga  borish-bormasligi  masalasida  ziddiyatlar  kelib  chiqadi. 
Ko‘pincha  bunday  takliflarni  hamkasablardan  olamiz,  darajaning  oshishi, 
dissertatsiya  himoyasi  va  boshqalar.  Bunday  takliflarni  tadbirning  bir  martalik 
xususiyatga  ega  bo‘lgani  uchun  qabul  qilish  mumkin.  Tez-tez  qaytariladigan 
takliflarga  nisbatan  esa: 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish