Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   165
Bog'liq
Etiket

“Bu  kechani  oilamga  bag‘ishlamoqchi  edim” 
deb  javob 
berish  mumkin.  Bu  sizni  taklif  qilayotgan  kishini  haddan  ziyod  ortiqcha  takliflar 
oiladagi umr yo‘ldoshlardan biriga xush kelmayotganini anglashga imkon beradi. 
Mehmondorchilikda  ayollar  sumkalarini  qayerga  qo‘yishlari  lozim?  Eng 
yaxshisi pardoz stoliga qo‘ygan ma’qul. Dasturxon atrofida tizzaning ustida halaqit 
berishi  mumkin,  o‘rindiqning  suyanchig‘ida  –  tushib  ketishi  tayin.  Agar  kechki 
ovqatda  to‘rt-olti  kishi  uchrashsa,  to  uy  bekasi  joylarni  ko‘rsatgunga  qadar  kutib 
turganlari ma’qul. Ko‘pchilik bo‘lgan kechada o‘zingiz istagan joyga o‘tiring. 
Taklifni  qabul  qilishda: 
“Yana  kim  keladi?”
  deb  so‘rash  nojoiz.  Zarur 
bo‘lsa,  taklif  qilayotgan  kishining  o‘zi  mehmonlar  tarkibi  haqida  aytishi  mumkin. 
Bunday  kechalarda  istalmagan  tanish  bilan  uchrashishga  sabab  bo‘lishi  tabiiy. 
Nima  ham  qilardik,  ko‘rmaslikka  olish,  u  bilan  ko‘rishmaslik  –  mezbonlarni  xafa 
qilishi mumkin. 
Mehmonda  ketma-ket  chekish  yaxshi  emas.  Sigaret  kulini  faqat  kuldonga 
tashlash  lozim.  Parishonxotir  kashandalarning  bu  haqida  yodidan  ko‘tarilib,  yerga 
tashalgan kulni mezbonlar ko‘rib asabiylashshishlari mumkin. Mehmonda ekansiz, 
yaqin 
oynaga 
qarayverish, 
kvartirani 
baholayverish, 
ayniqsa, 
tanqidiy 
mulohazalarni  aytish  odobsizlikdir.  Hadeb  yon-veriga  qaravermasdan,  uy  egasiga 
bir og‘iz shirin so‘z aytish mehmonning vazifalaridan biridir. Nima va qancha deb 
jihozlarni  tekshiraverish,  ularni  olib  tomosha  qilish,  uning  markasi  bilan  qiziqish 
yaramaydi.  Bolalarni  faqat  maxsus  aytilgan  holatdagina  olib  borish  maqsadga 
muvofiq.  Mehribon  ota-onalarning  bolalarini  ko‘pchilikka  ko‘z-ko‘z  qilishdan 
tiyilishini maslahat beramiz. Qadimgi odatlarga ko‘ra, mehmon o‘zi bilan biron-bir 
qarindoshini  yotib  ketishi  uchun  olib  kelar  edi.  Qoidaga  asosan  buni  faqat 
mezbonni ogohlantiribgina amalga oshirish mumkin. Va umuman yo‘lda uchragan 
tanishingizni  olib  kelmang  –  bu  mezbonga  yoqmasligi  tayin,  chunki  tarbiya 


130 
 
ko‘rgan  kishilar  hech  qachon  to‘g‘ri  kelgan  joyga  taklif  qilsa  boravermaydilar. 
Agar u yerda siz biron narsani sindirib yoki buzib qo‘ysangiz, uning qiymatida pul 
taklif  etmagan  ma’qul.  Undan  ko‘ra  shunga  o‘xshash  jihozni  olib  bergan  yaxshi. 
Buni biron tadbirlarda sovg‘a sifatida taqdim etish bilan amalga oshirish  mumkin. 
Buzilgan  narsani  o‘zi  bilan  tuzatgani  olib  ketish  mumkin,  ammo  yillab  uyda 
yotishi uchun emas. 
Agar  jamoat  ikki  guruhga  bo‘linsa,  er  bir  guruhga,  ayol  ikkinchi  guruhga 
qo‘shilgani  yaxshi.  Ammo  davrani  er  yoki  ayol  orqali  xursandchilik  qilishga  yo‘l 
qo‘ymang.  Ba’zi  odamlar  o‘zining 
“yarimtasi”
  bilan  jamoatni  xursand  qilish 
uchun  maqtanishni  xush ko‘radilar. Oxir-oqibat buning aksi bo‘lib chiqadi. Jamoa 
zerikadi, 
“garovga”
  aylangan  rafiqa  o‘zini  noqulay  his  qila  boshlaydi. 
“Ayolim 
yoshlardek  kiyinib  olgan”
  kabi  hazillar  yoki 
“Karamni  yema,  bunday  jigar 
bilan


  kabi  tanbehlar  farosatsizlik  belgisidir.  Er-xotinlardan  birining  ketish 
niyati  bo‘lsa,  ikkinchisi  ham  so‘zsiz  o‘rnidan  turishi  lozim.  Turli  bu  boradagi 
munozaralar  o‘rinsizdir  va  bunday  turdagi  bahslar  guvohlarsiz  amalga  oshgani 
ma’qul. 
Mehmonda  taomdan  voz  kechish  yaramaydi,  har  qanday  taomni  so‘zsiz 
qabul  qiling.  Diyeta  saqlaydiganlarning  umuman  kechki  ovqatga  bo‘lgan  taklifni 
qabul qilmasliklarini maslahat beramiz. Ammo kelgan ekansiz, idishga ozgina olib, 
uni  emaslik  ham  mumkin,  lekin  buni  hamma  bilishi  shart  emas.  O‘zingizni 
muammolaringiz o‘zingizga havola. 
Issiq taomdan voz kechish  mumkin, ammo faqat aniqlik bilan – 
“Rahmat, 
hozir  emas”
  degan  so‘zlarsiz,  chunki  uy  bekasi  aynan  siz  uchun  taomni  issiq 
saqlab turishga yoki stolda qoldirishga  majbur bo‘ladi. Bunday tarzda faqat sovuq 
gazak  yoki  dissertdan  voz  kechish  mumkin,  bunda  ular  stolda  turishi  mumkin  va 
uy bekasining maxsus diqqatini talab qilmaydi. Agar taomdan voz kechish imkoni 
bo‘lmasa,  spirtli  ichimlikdan  voz  kechish  mumkin.  Mashinani  o‘zingiz 
haydashingizni  bahona  qilishingiz  mumkin.  Yoki  jigarni  sabab  qilsangiz  ham 
bo‘ladi.  Mehmon  hech  bo‘lmasa  bitta  taomni  maqtashi  lozim.  Bu  taomni  qanday 
tayyorlanishini  so‘rash  –  uy  bekasiga  ma’lum  ma’noda  xushomaddir;  ammo  agar 
buni  aytishni  istamasa,  sirni  saqlashida  da’vo  qilmang.  Taomdan  so‘ng  darhol 
tashakkur  bildirilmaydi.  Agar  uy  bekasi  kechki  ovqat  tugaganini  bildirsa,  hamma 
turib  boshqa  xonaga  kiradi  yoki  shunchaki  dasturxondan  turadilar.  Kechki  ovqat 
tugagan zahoti ketish yaramaydi, ayniqsa, agar uy bekasi oshxona va mehmonxona 
o‘rtasida  xizmat  bilan  band  bo‘lsa.  Bunday  holatlarda  uy  bekasi  faqat  kechki 
ovqatdan  so‘nggina  mehmonlar  davrasiga  qo‘shilishiga  imkoniyat  topiladi  –  bu 
uning  huquqi.  Ammo  shunday  vaziyatlar  bo‘ladiki,  ketishga  to‘g‘ri  kelib  qoladi. 
Unda  mehmon  mulozamat  bilan  mezbonga  vaqtli  ketish  sababini  tushuntirishi 
lozim.  Agar  odam  ko‘p  bo‘lsa,  uy  egasidan  boshqa  hech  kim  bilan  xayrlashmasa 
ham  bo‘ladi.  Bu  Angliyadan  tashqari  hamma  yerda 
“Inglizcha  ketish” 
deb, 
Angliyaning o‘zida esa 
“Fransuzcha ketish”
 deb nomlanadi.  
Avvalambor,  xayrlashish,  so‘ng  kiyinish  lozim,  aksini  qilmang.  Ketish 
oldidan, mehmonlar mezbonga tashakkur aytadilar, ularga javoban mezbon 
“Sizga 
ham kelganingizga rahmat”,
 deydi. 


131 
 
Mehmonda qancha vaqt bo‘lish  mumkin? Aniq bir holat  yo‘q. Lekin sizni 
bir  piyola  choyga  taklif  qilishgan  bo‘lsa,  shu  bilan  cheklangan  ma’qul.  Kechga 
borib  uy  egalarining  boshqa  rejalari  bo‘lishi  mumkin.  Kechki  ovqat  umumiy 
kayfiyatga  qarab  yarim  kechagacha  cho‘zilishi  mumkin.  Asosan,  mezbonlarning 
qanchalik  charchashiga  e’tibor  berilishi  lozim.  Biz  kirgan  xonada  o‘chirilgan 
televizorni ko‘rsak ham, uni yoqishni mezbondan talab qilmasligimiz joiz. Bundan 
mezbonlar  biroz  suhbat  qurishni  istaganlari  uchun  ham  mehmon  chaqirishganini 
fahmlasa  bo‘ladi.  Ba’zida  aynan  shu  payda  juda  qiziqarli  ko‘rsatuv  bo‘lishini  gap 
orasida  aytib  o‘tish  mumkin,  ammo  bunga  mezbonlar  ro‘yxush  bermasalar, 
indamagan  ma’qul.  Agar  televizor  yoqilgan  bo‘lsa,  uning  yomon  ko‘rsatishi-yu, 
xonandaning kiyinishi va boshqa narsalarni tanqid qilib ketish yaxshi emas, bunda 
mezbonning  aybi  yo‘q.  Ko‘rsatuv  me’dangizga  tekkan  bo‘lsa-yu,  boshqalar  uni 
qiziqish bilan ko‘rayotgan bo‘lishsa, yoki  aksincha,, hamma ketishga chog‘langan 
bo‘lsa-yu,  siz  kinoni  oxirigacha  ko‘rib  olay  deb  tursangiz,  noqulaylik  tug‘iladi. 
Kechki tanovul paytida doim televizorga qarayverish yoki ekranga qadalib o‘tirish 
yaramaydi.  Ayniqsa,  uy  egalari  ovqatlanib  turgan  paytda  o‘rnidan  turib  ketib, 
telvizorni oldiga o‘tirib olishdan yomoni yo‘q. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish