Book · January 017 citations reads 5,818 authors


Norasmiy tantanali tushlik



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Norasmiy tantanali tushlik 
Jihozlar qanday bo‘lmasin, ular batartib yozilgan oppoq dasturxon chetidan 
bir  qarichda  joylashadiki,  unda  mehmonlarning  joyi  o‘rtasidagi  masofa  baravar 
bo‘lishi  lozim.  Salfetka  kichik  kosaga  qo‘yiladi;  agar  darhol  gazak  qo‘yilgan 
bo‘lsa,  unda  salfetka  sanchqidan  chaproqqa  sanchqini  yopib  yubormagan  holda 
qo‘yiladi. Shunday kosalarning chekkalari ham jihozlarni yopib qo‘ymasligi lozim. 
Stol  bezatishda  qolgan  narsalar,  stolning  hajmi,  taklif  qilingan  mehmonlarning 
soniga  ham  bog‘liq.  Masalan,  katta  bo‘lmagan  doira  shaklidagi  stolga  agar  go‘sht 
va sabzavotli taomlar tortilishi taqozo etilsa, unda stol bezaklaridan voz kechishga 
to‘g‘ri  keladi.  Taomlardan  tashqari  bunda  stolga  faqat  shamdon  qo‘yish  mumkin. 
Shamlar  chiroqlarni  o‘chirib  yoqiladi,  o‘tirganlarning  ko‘zlaridan  baland 
bo‘lmasligi lozim (shamdonlar istalgan xona uchun ziynat vazifasini o‘taydi, kerak 
bo‘lsa,  ularni  yoqish  ham  mumkin.)  Odatda  tushlik  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha 
jihozlar  qo‘yilib,  ular  bilan  birga  disert  jihozlarini  ham  qo‘yish  mumkin.  Birinchi 
holatda  disert  sanchqilar  va  qoshiqlar  yoki  faqat  qoshiqning  o‘zi  kosadan  oldin 


135 
 
qo‘yiladi.  Norasmiy  tushlikda  to‘rtta  taomdan  ortiq  taom  bo‘lishi  kamdan-kam 
uchragani  uchun,  odatda,  ikkitadan  pichoq  –  bittasi  gazak  uchun  (agar  oldindan 
rejlashtirilgan  bo‘lsa),  boshqasi  esa  –  go‘sht  uchun  beriladi.  Pishloqli  salat  uchun 
esa  maxsus  pichoq  zarur.  Jihozlarni  kosaning  o‘ng  va  chap  tarafidan  ketma-
ketlikda chekkadan markazga qarab shunday joylashtirib chiqiladiki, birinchi taom 
uchun  kerakli  bo‘lgan  pichoq  va  sanchqilar  kosadan  uzoqroq  joylashtiriladi. 
Odatda,  ikkita  sanchqi  –  bittasi  go‘shtga,  ikkinchisi  salat  uchun  mo‘ljallab 
qo‘yiladi,  ammo  uchtadan  ortiq  bo‘lmasligi  lozim.  Salat  uchun  mo‘ljallangan 
sanchqi  kosaga  yaqinroq  qo‘yiladi;  agar  salat  gazak  sifatida  tortilsa,  tabiiyki, 
sanchqi  ham  birinchi  qo‘yiladi.  Norasmiy  tushliklarda  muz  bilan  sovuq  kofe  yoki 
choy  beriladi.  Uy  egasining  xohishiga  ko‘ra  choy  yoki  kofe  tushlikning  oxirida 
chashkachalarda tortiladi. Muz bilan qoshiqcha pichoqdan o‘ngga qo‘yiladi. Sovuq 
kofega  qaymoq  bilan  qand  tortiladi.  Yaxshisi,  choyga  avvaldan  shakar  va  limon 
qo‘shib, uni muz solingan stakanlarga to‘g‘ri idishdan quygan ma’qul. Sho‘rva va 
meva  qoshiqlari  stolga  pichoqlarning  o‘ng  tomonidan  qo‘yiladi.  Agar  issiq  kofe 
yoki  choy  tashkillashtirilsa,  unda  kofe  yoki  choy  qoshiqlar  chashkani  kosasiga, 
o‘ng  tarafidan  ushlagichini  o‘ngga  burib  uzatiladi.  Stolga  yana  sariyog‘  uchun 
kosalar  hamda pichoqlar ham  qo‘yiladi, bunda pichoqni turlicha qo‘yish  mumkin: 
ko‘ndalang  holda  kosaning  tepa  qismiga,  xo‘randaga  tig‘i  bilan  qaratilgan  holda 
qo‘yiladi,  kosaning  tepa  qismiga  uchini  markazga  qaratgan  holda  joylanadi, 
ba’zida esa qolgan pichoqlarga parallel, tig‘i chapga qaratib qo‘yiladi. 
Norasmiy  stolga  qo‘yiladigan  tuzdon  va  murchdonlar  turlicha  bo‘ladi  – 
yog‘ochdan,  shishadan  qilingan  uksus,  garmdori,  murch  va  boshqa  ziravorlar 
uchun mo‘ljallangan idishlardir. Agar stol juda katta bo‘lsa, tuz va garmdori har bir 
emas, oralab qo‘yiladi. Buning uchun unchalik katta hajmga ega bo‘lmagan shisha, 
billur, keramika va farfordan foydalaniladi. Tushlikdan oldin ularni qayta to‘ldirib, 
qoshiqlarni qo‘yib qo‘yish kerak. Albatta, agar ular shaxsiy bo‘lmasa. Shuni yodda 
tutish  lozimki,  kumush  qopqoqli  tuzdonni  har  foydalanganda  qopqog‘ini  tozalash 
lozim.  Aks  holda, tuzdonning teshiklari to‘lib qoladi  va  mehmon kosasidagi tuz  u 
istagandan  ko‘ra  ko‘payib  ketishi  yoki  umuman  tuz  bo‘lmasligi  mumkin. 
Mehmonlar orasida chekadiganlar bo‘lsa, unda norasmiy tushlikda ular stol oldida 
chekishlari  mumkin.  Har  bir  jihozga  qo‘shib  bittadan  kuldon  qo‘ysa  ham,  yoki 
katta bitta kuldon qo‘ysa ham bo‘ladi. Garchi kuldon bilan gugurt qo‘yilgan bo‘lsa 
ham, uy bekasiga, odatda, stolda chekishni taklif qilishmaydi. Chekuvchilar o‘zlari 
istagan  sigaret  markasini  tanlab  olishadi  degan  holat  nazarda  tutiladi.  Chekishni 
taklif  qilmas  ekan,  uy  bekasi  stol  atrofida  chekishdan  o‘zini  tiyishni  afzal 
ekanligiga  shama  qiladi.  Hozirgi  kunga  kelib  chekmaydigan  soni  kamayib 
bormoqda, shu bois ular atrofdagilarga e’tibor berishlar lozim.  
 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish