Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy


V . Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi



Download 433,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/59
Sana25.01.2022
Hajmi433,47 Kb.
#409169
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
Bog'liq
141-сон 24.06.2008. “Transport vositalari egalarining fuqarolik

V . Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi

47 . Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan

haydovchilar  tomonidan  darhol  joyning  o‘zida  ichki  ishlar  organi  xodimlarining  ishtirokisiz

ixtiyoriy ravishda ikki nusxada tuziladi.

Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma blankasi sug‘urtalovchi tomonidan mustaqil

ravishda  yoki  bosmaxona  usulida  mazkur  Qoidalarga 

7-ilovada

  keltirilgan  shaklga  muvofiq

tayyorlanadi.

Sug‘urta  qildiruvchi  sug‘urtalovchining  dasturiy  ta’minoti  (mobil  ilovasi)dan  yo‘l-transport

hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma blankasini mustaqil ravishda chop etib olish huquqiga ega.

Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnomani  tuzish  mazkur  Qoidalarga 

8-ilovada

keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

47 .  Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnomani  tuzish  uchun  quyidagi  asoslar  bir

vaqtning o‘zida mavjud bo‘lishi shart:

yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yo‘l harakatini

tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan bo‘lsa;

yo‘l-transport  hodisasida  ishtirokchi  bo‘lgan  haydovchilardan  biri  o‘z  aybiga  to‘liq  iqror

bo‘lsa;


yo‘l-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan bo‘lsa;

yo‘l-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan, tirkamali transport vositalari)

to‘qnashuvi natijasida ro‘y bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan

bo‘lsa;


transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligi  yo‘l-transport  hodisasi  sodir

etilguniga qadar sug‘urta qilingan bo‘lsa;

yo‘l-transport  hodisasida  ishtirok  etgan  haydovchilarda  haydovchilik  guvohnomasi,

transport  vositasi  ro‘yxatdan  o‘tkazilganligi  to‘g‘risidagi  guvohnoma,  ishonchnoma

(ishonchnoma  talab  etilmaydigan  hollar  bundan  mustasno),  yo‘l  varaqasi  (qonunchilikda

nazarda  tutilgan  hollarda)  mavjud  bo‘lib,  mazkur  hujjatlarning  amal  qilish  muddati  o‘tmagan

bo‘lsa;

yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari bo‘lgan haydovchilarda mastlik holati bo‘lmasa;

yo‘l-transport  hodisasi  natijasida  transport  vositalarining  shikastlanishi  holatlari,

shuningdek,  transport  vositalarining  shikastlangan  qismlari  tavsiflari  va  ro‘yxati  yo‘l-transport

hodisasi ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa.

1

1

2




Ushbu  bandda  ko‘rsatilgan  asoslardan  bittasi  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda,  tuzilgan  yo‘l-

transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

47 .  Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnoma  haqiqiy  emas  deb  topilgan  taqdirda

yoxud  sug‘urtalovchi  tomonidan  ishni  ko‘rib  chiqish  jarayonida  aybdor  taraf  o‘zgarganligi  fakti

aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari

asosida  yaqqol  namoyon  bo‘lganda)  sug‘urtalovchi  yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi

xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek, ko‘rik va (yoki) mustaqil ekspertiza

natijalarini (aybdor taraf o‘zgarganligi fakti aniqlangan hollarda) o‘sha kunning o‘zida ichki ishlar

organlariga yuboradi.

Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnomani  ko‘rib  chiqish  chog‘ida  aybdor  taraf

o‘zgarganligi  fakti  aniqlanishi  va  boshqa  tarafning  aybini  tasdiqlovchi  materiallar  yoki

videoyozuvlar yoxud ushbu bandning 

birinchi xatboshisida

 ko‘rsatilgan ko‘rik va (yoki) mustaqil

ekspertiza natijalari bo‘lmaganda sug‘urtalovchining yig‘ilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga

yuborishi sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni asossiz rad etgan deb baholanadi.

Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnoma  ushbu  bandning 

ikkinchi  xatboshisida

ko‘rsatilgan  holda  yuborilganda,  ichki  ishlar  organlari  uch  ish  kuni  mobaynida  xabarnoma  va

unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi va yo‘l-transport hodisasi yuzasidan xabarnoma

tuzishni  rad  etuvchi  holatlar  mavjud  emas  deb  topilganda  xabarnoma  hamda  unga  ilova

qilingan materiallar va hujjatlarni sug‘urtalovchiga qaytarib yuboradi.

47 .  Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnoma  haydovchilarning  fuqarolik

javobgarligini sug‘urta qilgan sug‘urtalovchilarga quyidagi materiallar va hujjatlar ilova qilingan

holda uch ish kuni ichida yuboriladi:

yo‘l-transport  hodisasi  joyining  (avtotransport  vositalari  to‘qnashgan  joyning  (vaziyat

o‘zgartirilmagan  holdagi),  transport  vositalarining  fotosurati  va  (yoki)  videoyozuvi,  transport

vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;

haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari;

yo‘l-transport  hodisasi  sodir  bo‘lgan  joydagi  yoki  unga  yaqin  joydagi  narkologik

dispanserda  yoxud  sog‘liqni  saqlash  organlari  tomonidan  belgilangan  tuman  va  shahar

davolash-profilaktika muassasasida yo‘l-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan

e’tiboran  to‘rt  soat  ichida  haydovchilarning  mastlik  holatini  aniqlash  bo‘yicha  tibbiy  tekshiruv

o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma;

yo‘l-transport  hodisasida  ishtirok  etgan  haydovchilarning  transport  vositasini  boshqarish

huquqini  beruvchi  hujjatlarining,  transport  vositalari  ro‘yxatdan,  o‘tkazilganligi  haqidagi

hujjatlarining ko‘chirma nusxalari, shuningdek sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari.

47 .  Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnomada  yo‘l-transport  hodisasi  natijasida

transport  vositalarining  shikastlanishi  holatlari,  shuningdek,  transport  vositalarining

shikastlangan  qismlari  tavsiflari  va  ro‘yxati  bo‘yicha  yo‘l-transport  ishtirokchilari  o‘rtasida

kelishmovchiliklar (nizolar) yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

47 . Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomaning ko‘chirma nusxasi sug‘urtalovchiga

ushbu  Qoidalarning 

47 -bandida

  ko‘rsatilgan  materiallar  va  hujjatlar  ilova  qilingan  holda

sug‘urtalovchining dasturiy ta’minoti (mobil ilovasi) orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.

47 .  Transport  vositalari  egalari  yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risidagi  xabarnomada

ko‘rsatilgan  transport  vositalarini  ko‘rikdan  va  (yoki)  mustaqil  ekspertizadan  o‘tkazish  uchun

so‘rov  olingan  kundan  e’tiboran  uch  ish  kuni  ichida  sug‘urtalovchining  so‘roviga  ko‘ra  taqdim

etishi shart.

47 .  Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risida  xabarnoma  tuzilgan  holatlarda  yo‘l-transport

hodisasida  ishtirok  etgan  transport  vositalarini  ko‘rikdan  yoki  mustaqil  texnik  ekspertizadan

o‘tkazish  ushbu  Qoidalarning 

41  —  44-bandlarida

  ko‘rsatilgan  tartibda  va  shartlarda  amalga

oshiriladi.

Transport  vositalarining  egalari  transport  vositalarini  sug‘urtalovchining  yozma  roziligisiz

yoki sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yoxud uni to‘lashni rad etish haqida qaror

qabul qiladigan kunga qadar ta’mirlashga yoki utilizatsiya qilishga haqli emas.

3

4



5

6

4



7

8



47 . Sug‘urtalovchi yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu Qoidalarning 

47 -


bandida

 ko‘rsatilgan materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan kundan e’tiboran

o‘n  besh  kalendar  kun  ichida  sug‘urta  tovonini  to‘lash  to‘g‘risida  yoki  uni  to‘lashni  rad  etish

haqida qaror qabul qiladi.

Transport vositalarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertizani hamda o‘rni qoplanishi lozim

bo‘lgan  zararning  miqdorini  belgilash  uchun  baholashni  tashkil  etish  ushbu  bandning 

birinchi

xatboshisida

 ko‘rsatilgan muddatda sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladi.

47 .  Yo‘l-transport  hodisasi  to‘g‘risida  xabarnoma  tuzilganda  jabrlanuvchining  transport

vositasiga  yetkazilgan  zarar  ushbu  Qoidalarning 

39-bandida

  belgilangan  sug‘urta  to‘lovi

miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda yetkazilgan zarar miqdori yo‘l-transport hodisasi haqidagi

xabarnoma sug‘urtalovchiga taqdim etilganidan so‘ng oshgan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urta

summasining  faqat  ushbu  Qoidalarning 

39-bandida

  ko‘rsatilgan  miqdordan  ortiq  bo‘lmagan

qismini sug‘urta tovoni sifatida to‘laydi.

(V   bob  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  27-sentabrdagi  609-sonli

qaroriga

 asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2021-y., 09/21/609/0916-son)


Download 433,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish