iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
18. Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi yo‘qotib qo‘yilgan
yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda sug‘urta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga
ega. Bunda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini
to‘langan sug‘urta mukofoti summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashi kerak.
Dublikatlar sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchi murojaat qilgan va u
dublikatlarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lagan kundan boshlab ikki kun muddatda
beriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-
iyundagi 163-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
19. Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi:
a) transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanganda;
b) majburiy sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi bundan buyon foydalanish
uchun yaroqsiz bo‘lib qolganda;
v) transport vositasining egasi o‘zgarganda muddatidan oldin to‘xtatiladi.
Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa hollarda ham muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
20. Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda
sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan tovon summasiga va majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi
shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda
qaytariladi. Bunda majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalarning 19-bandi
“a”
,
“b”
va
“v”
kichik bandlarida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga ko‘ra muddatidan oldin to‘xtatilgan
taqdirda sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining qaytarilayotgan qismidan uning ushbu majburiy
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha isbot qilinadigan xarajatlari summasini sug‘urta mukofotining 25
foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chegirishi mumkin.
Sug‘urta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxo‘rlariga, huquqiy vorislariga)
sug‘urta summasining bir qismini ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda qaytarish sug‘urta
qildiruvchining (uning qonuniy vakillari, merosxo‘rlari, huquqiy vorislari) tegishli tartibda
murojaat qilgan kunidan boshlab 14 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bunda sug‘urta qildiruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofotining bir qismi
sug‘urta qildiruvchining arizasiga muvofiq yangi tuzilgan majburiy sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha sug‘urta mukofoti hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli
qaroriga
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y.,
09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-iyundan kuchga kiradi)
21. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining yoki majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisida
ko‘rsatilgan haydovchining tegishli murojaati sanasidan boshlab 5 kun muddatda unga ushbu
Qoidalarga
3-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha sug‘urta qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim
etishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
22. Majburiy sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini almashtirish ushbu
sug‘urtalovchi tomonidan boshqa sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida, ushbu
Qoidalarning
23—25-bandlari
talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
23. Sug‘urtalovchini almashtirishga sug‘urtalovchining qaysi sug‘urta qildiruvchilar oldidagi
majburiyatlari majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha boshqa sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan
bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchilarning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar
boshqa sug‘urtalovchiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta
to‘lovlarini amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ular merosxo‘rlarining yoki
huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-
noyabrdagi 313-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul qiluvchi sug‘urtalovchining
sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari)
sug‘urtalovchini almashtirishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi so‘rovi yozma shaklda amalga oshiriladi.
So‘rovda sug‘urta qildiruvchilarning va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy
vorislarining) almashtirishni rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.
24. Sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari)
sug‘urtalovchining almashtirilishiga rozi bo‘lish yoxud rad etishga haqlidirlar. Sug‘urta
qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) majburiy sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sug‘urtalovchini o‘z
qarori to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |