martdagi 222-sonli
qaroriga
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-iyundan kuchga kiradi)
Sug‘urtalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni:
majburiy sug‘urta shartnomasini birinchi marta tuzayotgan shaxs;
transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan shaxs sifatida majburiy sug‘urta qilishda
birinchi martda qatnashayotgan shaxslar;
oldingi majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchi bo‘yicha, shuningdek
majburiy sug‘urtaning oldingi shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasini boshqarishga
qo‘yilgan shaxslar bo‘yicha ushbu sug‘urtalovchiga taqdim etishi talab qilinmaydi.
14. Agar sug‘urta qildiruvchi o‘zi egasi bo‘lgan transport vositasini majburiy sug‘urta qilish
shartnomasini tuzish vaqtigacha belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa,
majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizani to‘ldirishda “Davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish raqami” satrini to‘ldirmaydi. Transport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan
boshlab 3 ish kuni mobaynida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga texnik pasport yoki davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etishi shart, sug‘urtalovchi
ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi blankasida tegishli
yozuvni qayd etadi.
15. Transport vositasining egasi o‘ziga tegishli transport vositasidan cheklangan tarzda
foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqlidir. Transport
vositasidan yil davomida foydalanish davri, shuningdek uni boshqarishga qo‘yilgan barcha
haydovchilar majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizada va sug‘urta polisida
ko‘rsatiladi.
16. Majburiy sug‘urta shartnomasi amal qiladigan davrda sug‘urta qildiruvchi
sug‘urtalovchiga majburiy sug‘urta shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan
ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida yozma shaklda zudlik bilan xabar qilishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
17. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan avval to‘langan sug‘urta mukofoti stavkasiga ta’sir
ko‘rsatmaydigan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda taqdim etilgan ma’lumotlardagi
o‘zgarishlar (transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan shaxsning o‘zgarishidan tashqari)
to‘g‘risidagi arizani olgan taqdirda sug‘urtalovchi amaldagi majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta
polisining “Alohida qaydlar” ustuniga o‘zgartirishlar kiritadi.
Boshqa hollarda sug‘urtalovchi tomonidan 3 ish kuni mobaynida majburiy sug‘urta
bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi qayta rasmiylashtiriladi.
Sug‘urta qildiruvchi qayta rasmiylashtirilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va
maxsus davlat belgisini olgan taqdirda, u ilgari berilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta
polisini va maxsus davlat belgisini qaytarib berishi shart. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan qaytarib
berilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi qayta
rasmiylashtirilgan hujjatlarning ikkinchi nusxalari bilan birga sug‘urtalovchida saqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-
Do'stlaringiz bilan baham: |