noqonuniy yo‘l bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan
foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o‘z fuqarolik
72. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy kalendar yilda yakunlanayotgan har qanday
ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr mobaynida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq
muddat O‘zbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
kompensatsiya to‘lovlarini olish huquqiga ega.
73. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet davlatlar fuqarolari
kompensatsiya to‘lovlarini olish huquqiga, agar shu chet davlatlarning qonun hujjatlariga
muvofiq shunday huquq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan bo‘lsa, egadir.
74. Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi talab jabrlanuvchining hayoti,
sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e’tiboran uch yil mobaynida bildirilishi
mumkin.
75. Sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo‘llanilganligi oqibatida
sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda sug‘urtalovchi
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani va sug‘urtalovchiga nisbatan
bankrotlik tartib-taomili qo‘llanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda To‘lovlarni
kafolatlash jamg‘armasiga jabrlanuvchilarga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga)
kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
76. Foydalanilayotganda yoki noqonuniy yo‘l bilan transport vositasini egallagan shaxs
tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda jabrlanuvchiga zarar
yetkazilgan
transport
vositasi
egasining
noma’lumligi
yoki
fuqarolik
javobgarligi
sug‘urtalanmaganligi sababli sug‘urta tovonini to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda jabrlanuvchi
yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini
bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari quyidagi hujjatlarning aslini
yoki nusxalarini ilova qilgan holda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kompensatsiya
to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qiladi:
(76-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-
iyundagi 163-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
sug‘urta polisi (agar bo‘lsa);
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi sud qarori, agar ish sud tomonidan
ko‘rilgan bo‘lsa;
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi
to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasalaridan olingan ma’lumotnoma yoxud hayotga
yoki sog‘liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o‘lim haqidagi dalolatnoma
yoxud guvohnoma);
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat
dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko‘chirmalar, to‘lov hujjatlari,
shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);
jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo‘rlarning
shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar
sug‘urta tovoni jabrlanuvchilarning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga to‘lanishi lozim
bo‘lsa).
77. Kompensatsiya to‘lovlari qonun hujjatlarida, shu jumladan To‘lovlarni kafolatlash
jamg‘armasi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: