52. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta
kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sug‘urta
qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan
boshqa shaxsning) barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar
53. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish bo‘yicha xarajatlar sug‘urta tovoni
54. Sug‘urta tovoni sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to‘lovlarni
55. Sug‘urta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta pulidan oshmagan
miqdorda sug‘urtalovchi tomonidan bevosita jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy
vorisiga) to‘lanadi.
56. Agar sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urtalovchining
yozma roziligi bilan o‘z hisobidan qoplasa, sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) yetkazilgan zararning o‘rnini
qoplash tartibida o‘zi amalga oshirgan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin
sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta to‘lovini to‘laydi. Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik
javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs)
jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini o‘z hisobidan qisman qoplasa sug‘urtalovchi
sug‘urta tovonining tegishli qismini sug‘urta qildiruvchiga (fuqarolik javobgarligi majburiy
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga), qolgan qismini esa —
jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) to‘laydi.
Quyidagilar yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibida sug‘urta qildiruvchi to‘laganligini
tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:
sug‘urta qildiruvchilar — yuridik shaxslar uchun — bankning to‘lov amalga oshirilganligi
to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi;
sug‘urta qildiruvchilar — jismoniy shaxslar uchun — jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri
yoki huquqiy vorisining) sug‘urta tovonini olganligi to‘g‘risidagi tilxati.
57. Agar sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalangan boshqa shaxs) transport vositasidan foydalanish natijasida yetkazilgan zararning
o‘rnini jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urtalovchining yozma
roziligisiz har qanday usulda qoplasa yoki qoplashni va’da qilsa, sug‘urta qildiruvchining
(fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa
shaxsning) bu harakatlari sug‘urtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
58. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri) hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini
qoplash hisobiga boshqa manbalardan olgan to‘lovlar sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini
to‘lash bo‘yicha majburiyatini kamaytirmaydi.
59. Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalangan boshqa shaxs) sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda zararni bartaraf qilish va (yoki)
kamaytirish choralarini ko‘rganligi yoxud jabrlanuvchiga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam
ko‘rsatganligi sug‘urtalovchining ushbu Qoidalarga muvofiq o‘zi uchun belgilangan
majburiyatlarni bajarishni rad etishiga asos bo‘lolmaydi.
60. Agar majburiy sug‘urta obyekti bir vaqtning o‘zida ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha ham
sug‘urtalangan bo‘lsa, ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovoni majburiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urta tovonini to‘lash shartlaridan qat’i nazar to‘lanadi.
Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun
sug‘urta tovoni to‘lash yuzasidan sug‘urtalovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lgan taqdirda,
birinchi navbatda majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lanadi, mol-mulkka
yetkazilgan zararning to‘lanmagan qismi ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qoplanadi.
Bunda majburiy va ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha to‘langan sug‘urta tovonining umumiy summasi
jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan haqiqiy zarardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
61. Agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida jabrlanuvchi halok bo‘lgan yoki uning
sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa, sug‘urta tovoni ushbu Qoidalarning
48
va
49-bandlari
talablari inobatga olinmagan holda, shunday hodisa uchun to‘lovni nazarda tutuvchi barcha
turdagi sug‘urta shartnomalariga muvofiq to‘lanadi.
62. Agar bitta sug‘urta hodisasi natijasida ikki yoki undan ortiq sug‘urta qildiruvchining
(fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa
shaxslarning) fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan bo‘lsa, sug‘urtalovchilar jabrlanuvchiga (uning
merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) har bir sug‘urta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi
majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsning) aybi darajasiga
muvofiq sug‘urta tovonini to‘laydi. Sug‘urta qildiruvchilardan har birining aybi darajasini aniqlash
mumkin bo‘lmaganda javobgarlik ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
63. Agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta tovoni to‘lovlari bir nechta
jabrlanuvchiga (ularning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) to‘lanishi kerak bo‘lsa va
ularning sug‘urtalovchiga bildirilgan talablari summasi sug‘urta tovoni miqdoridan ortiq bo‘lsa,
sug‘urta tovoni har bir jabrlanuvchining barcha jabrlanuvchilar (ularning merosxo‘rlari yoki
huquqiy vorislari) talablarining umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
64. O‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdori to‘liq aniqlanguniga qadar
sug‘urtalovchi jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) arizasiga ko‘ra
sug‘urta to‘lovining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq bo‘lgan qismini
to‘lashga haqli.
65. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) bilan kelishuvga ko‘ra va majburiy
sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida sug‘urtalovchi shikastlangan mol-
mulkning sug‘urta tovoni hisobidan ta’mirlanishini va (yoki) uning qoldiqlari utilizatsiya
qilinishini tashkil qilishga va haqini to‘lashga haqli.
66. Sug‘urta tovonini to‘lash sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi qarori
qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
67. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi yoki uni to‘lash
haqidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risida yozma murojaat
etganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak va tovon to‘lash rad
etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilishi lozim.
68. Agar sug‘urta tovonini to‘lash ushbu Qoidalarda belgilangan muddatda amalga
oshirilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga)
sug‘urta tovoniga qo‘shimcha ravishda, sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan
kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda penya to‘laydi.
69. Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi
jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, u holda
sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma
olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy
sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha
sug‘urta mukofotini to‘laydi. To‘lanadigan qo‘shimcha sug‘urta mukofoti hisob-kitobi ushbu
Qoidalarga
5-ilovada
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
70. Sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida vujudga kelgan
zararlarning o‘rnini, agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) zararlarni keltirib
chiqargan sug‘urta hodisasi haqida zararlarning o‘rnini majburiy sug‘urta shartnomasining amal
qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bergan bo‘lsa,
qoplaydi.
71. Jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini
qoplash hisobiga To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasidan kompensatsiya to‘lovi majburiy sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovi quyidagilar oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan
hollarda amalga oshiriladi:
sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo‘llanilganligi;
jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma’lumligi;
Do'stlaringiz bilan baham: