«Ashiddau ‘alal kuffori ruhamau baynahum...» «Kofirlarga nisbatan shiddatli,
qattiq, o‘z oralarida marhamatli» tarzida bo‘lmog‘i lozim!..
Buning uchun do‘stlikning savobini qo‘lga kiritaylik. Allohning sevgisiga noil bo‘laylik;
dori na’imi bo‘lgan, rizosining yurti bo‘lgan jannatga kirmoqdan mahrum qolmaylik, deb
sevgi – mehr-muhabbat ishlarining ahamiyatiga ishonganimiz uchun bu boralarda
faoliyat ko‘rsatishga kirishdik.
MUHABBATIMIZ OLAMSHUMULDIR
«Mo‘‘min mo‘‘minning do‘stidir. Mo‘‘minlar bir-birlari bilan birdamlik qilsalar,
imperializmning ularga qilayotgan ezishlarini, zulmlarini yenga olgaylar. Yurtlarini,
o‘lkalarini qutqara olgaylar, qashshoqliklarining oldini olgaylar, boylik-davlatlarini qo‘ldan
bermagaylar. Bir-birlarini qo‘llasalar, baxtli va baxtiyor bo‘lgaylar. Dushman ham hujum
qilmoqqa botina olmas». Ana shundoq asosiy g‘oyalar bilan muhabbat va do‘stlikni
rivojlantirish ishlariga yo‘naldik.
Bu ishlar faqatgina bir yurt hududiga taalluqli suhbat mavzuyi emas. Yurtdan
tashqaridagi musulmonlar ham bizning birodarlarimizdir... Yugoslaviya ham bizning
aloqa maydonimizdir, Yunoniston ham muomala hududimizga kirar, Bulg‘oriston ham
kirar. Kavkaziyya ham kirgay, Markaziy Osiyo ham kirgay, Hindiston ham kirgay,
Bangladesh ham kirgay, Janubiy-Sharqiy Osiyo ham, Chin ham kirgay...Ya’ni, biz har
tomon bilan ham bog‘liqmiz, aloqadormiz. Shuning uchun ular bilan do‘stlashmoqqa,
munosabatlar o‘rnatmoqqa, ularning dardlarini bilmoqqa qaratilgan ishlarni bajarmoqqa
kirishdik... Va men jurnalimizni chiqaradigan vazifador birodarlarimizga aytdimki,
«Yurtimizdan ham ko‘ra yurtimiz tashqarisidagi musulmonlar bilan bog‘liq xabarlarni
ko‘proq to‘plang va ko‘proq yoriting!..» Bizning birodarlarimiz yurtdan tashqarida ham
o‘zlarining ko‘ngildoshlari, dindoshlari, birodarlari, qardoshlari borligini bilsinlar,
eslasinlar, ular bilan bog‘lansinlar...
Bu muhim bir faoliyat edi. Hatto, shu darajaga bordikki, «Islom» jurnali Turkiyani
gapirmaydi! Xuddi Turkiyada chiqmaydigandek...» degan tanqidiy fikrlar ham chiqdi.
«Qaerda yashaysan o‘zi, muborak? Ozgina Turkiyadan ham gapirsang-chi!..» deganlar
bo‘ldi. Tabiiy, har kim har xil tanqid qilishi mumkin. Ba’zilari do‘stona emas, illo bir ayb
qidirmoq dardida... Ish shu darajaga kelib qoldi. Tabiiy, biz alhamdulillah, deymiz.
Keyin, ayrim gazeta va jurnallar, «Siz tasavvufiy bir guruhsizlar, avval boshda
muhabbatdan va hokazolardan gapirib, endi boshqa mavzularga o‘ta boshladingiz...»
deb bezovta bo‘la boshladi. Alhamdulillah, ularning bezovtaligi, boyagilarning tanqidlari
bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni qo‘rsatadi, bu mamnuniyat hissini bag‘ishlovchi bir
holatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |