DO’STLIKLAR, DO’STLIKLAR...
Odam topmoqqa juda e’tibor qiling!.. Do‘stliklar!.. Do‘stliklar, do‘stliklar... Ko‘ngilni
olmoq, qalbni topmoq, birodar tutinmoq, har kuni birodarlarini orttirib bormoq... Fihrist
daftariga yangi ismlarni qo‘shmoq... Alloh rizosi uchun bo‘lishi sharti bilan ziyoratlar va
yana ziyoratlar qilmoq... Endi menga og‘alarim aytishadiki: «Istanbuldan chiqma,
boshqa tashqi, chekka viloyatlarga ketma!.. Qara, Istanbul falon million, ustozim,
qancha Onado‘li shahridan afzal! Ellik minglik bir shaharga borasan, uch kuning yo‘lda
ketadi. Bu yerda seni izlaganlar topa olmaydi...» Yaxshi, ammo men borgan joyimda
birodaralarim anjumani bo‘ladi, dars bo‘ladi!.. Bir kishi bo‘lsa ham, borgayman!.. Hatto
bir kishi bo‘lsa ham, Fizonga qadar borgayman!.. Bir zal to‘lgulik odam to‘planadi.
Antaliyalik birodarlarim eslaydilar: «Meni faqat markazlarda gapirtirasiz, bir oz uzoq
viloyatlarga ham eltsalaringiz-chi!» dedim. «Ketdik!» deyishdi. «Lekin, afsuski, shundoq,
undoq, bundoq... Qaerga boramiz?..» «Olmaliga boramiz!» dedik. «Olmalida hech
tanishlarimiz yo‘q-da», deyishdi. Men aytdimki, «Mening bir tanishim bor». «Kim?»
deyishdi. «Olmalik Sinoni Ummiy hazratlari!» dedim. «Tasavvuf adabiyotidan bilaman,
shundoq bir muborak zoti muhtaram bor, uni taniyman men. O’shanga boramiz»,
dedim.
Turdik, Antaliyadan u yoqqa ketdik. Peshin namozida u yerda bir kishi bilan qo‘rishdik:
«Ooo, marhabo!» Birodarlar salomlashdilar... Undan bir imom-xatib birodarimiz bilan
qo‘rishdik... Bittasi yonimizga yondoshib: «Bir qahvamizni, choyimizni ichmaysizmi?»
dedi. «Ichamiz!» dedik. Jon deymiz!.. Bordik, choyini ichdik. «Xojam, bu kecha biznikida
qolmaysizmi?» dedi. Valloh, xuddi shundoq gaplashdik. Biror tanish kishi topa olsak,
qolamiz, topa olmasak, mashinamiz tagimizda – qaytib kelaveramiz, Antaliya bu yerdan
ko‘p uzoq emas, deb o‘yladik. «Mamnuniyat bilan qolamiz!» dedik. Va qoldik. Uylarining
zali katta ekan, yonida yana bir zal bor edi. Ikkovini ochishdi, odamga liq to‘ldi.
Men shunday bir so‘radim: «Sening kasbing nima?.. Sen nima ish qilasan?..» «Qur’on
kursi domlasiman, muhandisman, davlat ishlarida ishlagan falonchi, nafaqador
falonchi...» bir jamoa birodarlarimizning hammasi zikr darsini oldi, oltmish-sakson kishi
hammasi zikr vazifasini olishdi. Endi Olmaliga borib bo‘lmaydi?.. Ya’ni, o‘n ming aholisi
bor, deb sakkiz ming, besh ming aholisi bor deb, u yoqlarga borilmaydimi?.. Birodar
topgan bo‘ladi inson... Birodar topgan bo‘ladi, qarindosh topgan bo‘ladi, do‘st topgan
bo‘ladi...
Do'stlaringiz bilan baham: |