«Onalik vazifasi farzandni o‘ziga qarshi
isyon qildirmaslikdir».
Ya’ni, bir gapni gapirsang, tinglamaydi, onasiga osiy bo‘ladi,
boshiga tosh yog‘adi. Bolani onaga osiy bo‘ladigan holatga tushirmaslik sergak onaning
vazifasidir.
BURCHIMIZ BIRODARLIKDIR
Alloh sizlarga amr etganidek: «Ey Allohning qullari, bir-biringizga birodar
bo‘lingiz».
Ko‘ring, bir uyda ulg‘aygan, ota-onasi bir insonlar bir-birlarini qandoq yaxshi qo‘radi,
yaqinlik tuyadi, bir-birlarini qandoq qo‘llab, qandoq yordamchi bo‘ladi bir-birlariga!..
Islom ana shundoq bir oiladir! Alloh taolo hazratlari Qur’oni karimda musulmonlarni bir-
birlariga birodar qilgan va musulmonning musulmonga birodarlik qilmog‘ini amr etgan.
Ana, Alloh Qur’onda amr etgani kabi, Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) ham: «Ey Allohning
qullari, bir-birlaringizga birodar bo‘lingiz, qardosh bo‘lingiz», deb marhamat etadilar.
Birodarlikning insonga beradigan ma’naviy darajalarini ta’riflamoq juda qiyin. Birodarlik
qilganlarga juda yuksak ma’naviy daraja bergaydir Alloh taolo hazratlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |