3. Diniy fanatizm, shahidlik va jihod.
Diniy ekstremistlarning
shakllanishiga xizmat qiluvchi omillar orasida «shahid» (e‟tiqodi yo„lida
qurbon bo„lgan jafokash)ning albatta jannatiy bo„lishi bilan bog„liq
ishonchga asoslangan diniy fanatizmning rivojlanishini ko„rish mumkin.
Fanatizm musulmonlar ongiga boshqa din vakillariga qarshi dushmanlik
munosabatini singdirmoqchi bo„lgan barcha diniy radikallar tomonidan
faol qo„llaniladi. Bundan tashqari, ular «jihod» konsepsiyalaridan
foydalanadilar. Diniy islom adabiyotlarida mazkur atama zamirida
quyidagi shakllarda e‟tiqod uchun kurash tushuniladi: «nafsga qarshi
jihod» (shaxsiy nojo„ya hislatlarga qarshi kurash); «til jihodi» (hayrli
ishlarni rag„batlantirish va yomonlarini taqiqlash); «qo„l jihodi»
(jinoyatchilarga nisbatan tegishli jazo choralarini qo„llash); «qilich
jihodi» (dinsizlarga qarshi harbiy kurash). Islom uchun «buyuk» va
«kichik jihod»ga an‟anasi xos bo„lib, u Payg„ambar hadislaridan biriga
dahldor: Badr jangidan (624 y.) qaytgach, u: «Biz kichik jihoddan
buyugiga qaytdik», degan edi. Bu mussulmonlar uchun harbiy jang
(«kichik jihod»), balki kishilarning o„zi bilan kurash olib borishi, ya‟ni
axloqiy komillik muhimligini («buyuk jihod») anglatadi.
Ammo, ekstremistlar o„z g„oyasi va faoliyatida jihodning aynan
harbiy shaklidan foydalanadilar. Bunda ular Qur‟onning ayrim oyatlari
va musulmon mutafakkirlarining fikrlariga murojaat etadilar. Xususan,
Maududi yozganidek: «jihod» so„zi Alloh yo„lida Islomga qarshi
dushmanlarga nisbatan olib boriluvchi urush uchun qo„llaniladi… Jihod
musulmonlarning kundalik namoz va ro„zasi kabi majburiyat
hisoblanadi. Bundan bo„yin tovlamoq, gunohdir». Mavjud g„oyalar diniy
ekstemistlarning muhim g„oyaviy vositasi bo„lgan jihod shiori, ya‟ni
e‟tiqod uchun kurashning asosini tashkil etadi.
Ko„plab tadqiqotchilar jihod tamoyili tarafdorlarini e‟tiqod yo„lidagi
harbiy kurash tarafdorlari yoki «dinsizlar»ga qarshi kurashda «islom
9
fundamentalizmining eng radikal tarmog„i», ya‟ni «jihodizm» a‟zolari
sifatida ko„radilar. «Jihodchilar» avvalo, «mavjud xalqaro tizimni
zo„ravonlik asosida parchalashga hamda uning zamirida islom teokratik
davlatini barpo etishga absolyut tayyor ekanligi» bilan xarakterlanadi.
Mavjud holat, uning fikricha, «jihodizm»ning «barcha insoniyatning
islomiylashuvi falsafasi ketma-ketligini» ishlab chiqqan g„oyaviy
asoschilaridan kelib chiquvchi tahdidni anglash hamda ularni bartaraf
etishda asos bo„lib xizmat qilishi lozim.
Barcha islom fundamentalistik guruhlari sof dindorlar (musul-
monlar)ni «dinsizlar»ga qiyoslaydilar, ammo «jihodchilar» mazkur
qarshilikni doimiy va absolyut ekanligini ta‟kidlaydilar. «Jihodchilar»
«dinsizlarni» islomning dushmanlari sifatida e‟tirof etgan holda, uni
bartaraf etishga intiladilar. Shu bois, «jihodchilar»ning o„zi «dush-
man»ga qarshi kurashning haqqoniy ekaniga shubha qilmaydilar.
Jumladan, ekstremistik qanot izdoshlari soxta salafiylikda nafaqat
boshqa din vakillari, balki ilohiy ko„rsatmalarga amal qilmaydigan
musulmonlarga qarshi kurashni targ„ib qiladilar. O„zini e‟tiqod
«pokligi» kurashchilari sifatida tanitgan holda, ular o„z ta‟limotlarini
qabul qilmagan barcha musulmonlarni «dinsizlar»ga qo„shgan holda,
ularga qarshi muqaddas kurashga da‟vat etadilar. Agar musulmonlarning
katta qismi dinsizlarga qarshi kurash g„oyasini inkor etgan bo„lsa,
«jihodchilar» uni o„z g„oyasi poydevoriga aylantirganlar.
Tadqiqotchilar Qur‟onda mazkur ta‟limotni qo„llab-quvvatlovchi
ko„plab parchalarni uchratish mumkinligini e‟tirof etadilar, biroq ularda
rahm-shafqat, hamjihatlik va bardoshlilikka undovchi kuchli g„oyalar
ham uchraydi. Biroq, «jihodizm»ning g„oyaviy asoschilari, odatda,
Qur‟onning mazkur oyatlariga murojaat etmay, balki o„z talqiniga
tayanadilar. Ular Qur‟on kishilik hayotiga doir (islom fundamentalistlari
nuqtai nazariga ko„ra) barcha savollarga to„la javob bera olishini e‟tirof
etgan holda, mazkur javoblarning bir ma‟noli ekanligini ta‟kidlaydilar.
Shunday qilib, «jihodizm» qarashlar rang-barangligi va tanqidchilar
bilan tinch vositalar asosida kelishuvga erishishni inkor etadi. Barcha
«yot» g„oya va qadiyatarning to„la inkor etilishi unga xos bo
„
lgan
hususiyatdir.
Diniy ekstremistlar «global islom tartiboti»ni tuzish borasidagi
asosiy to„siqlarni belgilashda yagona fikrga ega emaslar. Ularning bir
qismi asosiy «yovuzlik» sifatida «xalqaro xalifalik»ni (Turkiya, Misr,
Pokiston, Iordaniya va b.q.) barpo etish uchun kurash o„rniga G„arb
bilan hamkorlikka intilayotgan sekulyar musulmon jamoalar va
davlatlarining mavjudligini e‟tirof etadilar. Boshqalar esa, avvalo, g„arb
10
davlatlarini ularning musulmon davlatlaridagi «dunyoviy hukmdorlar»
bilan munosbatlariga chek qo„yish maqsadida imkon qadar zaiflashuvini
ta‟minlash, so„ngra, o„z kuchlarini alohida davlatlardagi hokimiyatni
qo„lga kiritish va jahonda o„z g„oyasini yoyish plasdarmiga aylantirish
lozim deb hisoblaydilar.
M.Xabek ta‟kidlaganidek, «Al-Qoida» kabi radikal funda-
mentalistik tashkilot kabi mazkur qarash vakillari G„arbga qarshi kurash
abadiy «yaxshilik va yovuzlik kurashi» asoslanib, uning ijrochilari
ilohiyot irodasidir. Bunda, ular taqvodor musulmonlarnigina o„z
tarafdorlari sifatida e‟tirof etadilar.
Ko„plab fundamentalistik guruhlar, xususan salafiylik vakillari
musulmon olamidagi o„z ta‟sirini kengaytirishga alohida e‟tibor
qaratadilar. Ular tashviqot markazlari, bepul ta‟lim muassasalari tashkil
etib, teleradiomarkazlar quradilar, aholi orasida missionerlik faoliyatini
kengaytiradilar hamda turli tillardagi diniy adabiyotlarni nashr etadilar.
Biroq, Saudiya Arabistonida ham hukmron tuzumga qarshi bo„lgan va
terrorga murojaat qiluvchi hukumatga qarshi diniy ekstremistik
«yerto„lalar» mavjud. Mazkur radikal fundamentalistlar faolligi
vaziyatdan kelib chiqqan holda faollashishi mumkin (masalan,
Afg„onistondagi urush davrida, Fors ko„rfazi, Iroq, Livan, Falastindagi
harbiy harakatlar jarayonida). Ayni paytda, Saudiya Arabistoni
hukumati va ularni qo„llab-quvvatlovchi «tradisionalistik» salafiylik
doiralari, ekstremistlarga qarshi samarali kompleks choralarni va
g„oyaviy tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |