7
Diniy ekstremistlar jamiyat va hukumatni hudosizlikda ayblash
yo„li bilan o„z tartibini o„rnatish va shu asosda davlat funksiyalarini
o„zlashtirishga intiladilar. Eng muhimi, ular hokimiyatni qo„lga
kiritishga urinadilar. Shu maqsadda ko„plab vositalar, xususan,
muammoni hal etishda kuch ishlatish vositasidan ham foydalaniladi.
Ayrim diniy ekstremistik tashkilotlar mazkur tashkilotga a‟zo
bo„lmaganlarning barini g„ayrinlar sirasiga kiritadilar. Boshqalari esa,
jamiyat gunohlarga botgan bo„lsada, u begunoh va uni qutqarish
mumkinligini, shu bois, uni musulmon jamiyati sifatida tilga olish
mumkinligini e‟tirof etadilar.
Ikkinchidan
– o„z harakatlari zamirida faol, qat‟iy va agressiv
choralarni qo„llash, xususan «islom qonunchiligi g„alabasi» yo„lida
zo„ravonlikdan foydalanish zarurati ilgari surilib, ularning fikricha
bularning bariga «sof musulmonlar» hokimiyatga kelgachgina amalga
oshirish mumkin.
Ta‟kidlash joizki, oddiy va diniy ekstremizm o„rtasida farqli jihatlar
mavjud bo„lib, u ijrochilarning ma‟naviy-emotsional holati bilan
belgilanadi. Qo„poruvchilik harakatini amalga oshirayotgan diniy
ekstremist o„zining omon qolishi (diniy nuqtai nazardan)ga ishonch
hosil qilgan holda, to„g„ri ish qilayotganiga amin bo„ladi. Oddiy terrorist
esa, muayyan kuchlar qo„lidagi sovuq va rejali qurol vazifasini o„taydi.
Shundan kelib chiqqan holda, diniy ekstremist "muqaddas ish" yo„lida
o„zini qurbon qilishga tayyor bo„lgan xavfli shaxsga aylanadi.
Ekstremizmning muhim jihatlaridan biri, undagi mazmun va
hulosalarning jamiyatda mavjud me‟yor va qadriyatlarga keskin qarama-
qarshi ekanligi bilan xarakterlanadi. Mavjud nazariyaning jamiyat va
uning muayyan qismi uchun nomuvofiq ekanligi, uni ekstremistik
nazariya sifatida tan olish imkonini beradi.
Ekstremizmning muhim jihatlaridan biri, bu dunyoga nisbatan "oq-
qora nazar" bo„lib, bunda barcha narsa yaxshi va yomon, ezgu va
yovuzga bo„linadi, ya‟ni biz bilan birga bo„lmaganlar bizga qarishidir
shiori amal qiladi. Boshqa dinlarga nisbatan radikallik, murosasizlik va
sabrsizlik, boshqa mafkuraning mavjudligini inkor etish kabilar aynan
shu jihatlar bilan xarakterlanadi.
Islom ekstremizmi va uning keskin ko„rinishi – terrorizmning
qiyofasi o„zgaruvchan va vaqtga nisbatan moslashuvchandir. So„nggi
yillarda islom ekstremizmini davlat siyosati darajasiga ko„tarish, ayrim
davlatlardagi davlat tuzilmalari tomonidan zo„ravonlik va terrorizm
usullaridan
foydalanish
holatlari,
shuningdek,
ekstremistik
tashkilotlarning xalqaro tarmog„i kengayishi va o„zaro hamkorlikning
8
yo„lga qo„yilishi kabilar islom ekstremizmining yangi ko„rinishlari
sifatida namoyon bo„la boshladi.
Shunday qilib, diniy ekstremizm tezkor sur‟atlarda yoyilib, davlat
chegaralaridan kechib o„tayotgan xavfli voqelikka aylanib bormoqda. U
XX asr oxiri – XXI asr boshlarining g„oyaviy vabosiga aylandi. Mazkur
"kasallik"ning yoyilishi, odatda, keskinlik o„choqlarining avj olishi va
ularning internasionalizatsiyasiga sabab bo„ladi.
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning islom diniga qiyoslanishi
turli diniy e‟tiqodlar o„rtasida sun‟iy to„siqni barpo etishga intilayotgan
muayyan siyosiy doiralarning manfaatlariga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: