o„z hayotida ongli ravishda diniy me‟yorlarga amal qilishini tushunish
3
«og„ishda» ayblagan holda, Qur‟on va shariatga asoslangan «ideal»
musulmon jamoasini yaratishga intiladilar
1
. Shu tariqa, «islom
fundamentalizmi»ni muayyan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma-
daniy-ma‟rifiy va boshqa guruhlar faoliyati bilan bog„liq bo„lgan hamda
amalda «boshlang„ich islom» (Payg„ambar va to„rt xalifa davridagi)
tamoyillariga asoslangan davlatchilikni qaror toptirishga da‟vat etuvchi
shiorlarni qo„llovchi islomning diniy-siyosiy oqimi sifatida ifodalash
mumkin.
Ba‟zan «harbiylashgan islom» sifatida noo„rin qo„llaniluvchi, hatto
o„z davrida AQSh prezidenti Dj.Bush tomonidan «islamofashizm»
sifatida tilga olingan va Amerikaning neokonservativ va boshqa
OAVlarida shu mazmunda qo„llaniluvchi radikalizm va ekstremizm
kuchli xavf tug„dirmoqda. Ekstremizmga shunchaki bo„yoq berilmay,
balki muayyan siyosiy kuchlar undan foydalangan holda, G„arbda yangi
«dushman obrazi»ni yaratish va shu asosda Yaqin Sharqdagi harbiy
harakatlar va «antiterror urushlari»ni yuritishning amerikan usullarini
oqlashga intiladilar. Jumladan, amerikalik ekspert Daniel Payps o„zining
«islomizm – bu fashizm»
va hokazo bayonotlari bilan mashhur.
Fundamentalistlar, chindan ham, aksariyat hollarda siyosiy
xarakterdagi o„z maqsadlari yo„lida ekstremistik usullar va zo„ra-
vonlikdan
foydalanishga
urinadilar.
Ammo,
«fundamentalizm»
o„zaklarining ekstremizm, radikalizm va hattoki, nasistik mafkuralarga
tenglashtirilishi noo„rin. Islom olamida ekstremizm kompromislarsiz
siyosat va jamiyat hayotiga «sof islom»ni tatbiq etishga intiladi. Bu
muayyan
fundamentalistik
kuchlarning
ijtimoiy
institutlar
va
jamiyatning siyosiy tizimini tubdan o„zgartirishga yo„naltirilgan
ijtimoiy-siyosiy g„oyava harakatlari majmuidir. Shu boisdan ham,
amerikalik tadqiqotchi Meri Xabek mazkur atamalarni mujmal tarzda
«islom fundamentalizmi» yohud shunchaki «islomizm» sifatida qo„llash
taklifini ilgari suradi. Uning fikricha, ilmiy va maxsus adabiyotlarda
islomchilar sifatida islom dinini qayta tiklash, uning siyosiy ta‟sirini
oshirishning faol tarafdorlari tilga olingan. Biroq, islomizm na tashkiliy
va na g„oyaviy jihatdan bir xilda harakat kasb etmaydi. Mazkur
tushuncha ostida ko„p sonli guruhlarning o„z maqsadlari yo„lida turlicha
maqsad va vositalarning ilgari surilishi tushuniladi. Misol tariqasida,
M.Xabek xalqaro huquq normalari va siyosiy demokratik jarayonlar
1
Shariat- Қur‟on va sunnat (muqaddas musulmon naqllari) asosida tuzilgan, davlat, meros,
jinoiy hamda oila va nikoh normalariga asoslangan diniy va ҳuquqiy me‟yorlar majmui/
Юридическая энциклопедия под ред. М. Ю.Тихомирова. – Москва, 1997. –C.495.
4
doirasida faoliyat yuritayotgan turklarning hukmron «Adolat va
Taraqqiyot Partiyasi»ni keltirib o„tgan.
Siyosiy hokimiyatni qo„lga kiritish maqsadida xalqaro huquq
normalariga zid bo„lgan kurash vositalarini qo„llovchi fundamentalistik
harakat va guruhlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Misrda – «al-
Jamaa al-islamiya», «al-Jihad al-islami»; Iordaniyada – «Alloh
jangchilari»; Yamanda – «Al-Islah»; Saudiya Arabistonida– «Al-Fajar»;
Pokistonda-«Tanzim
da'avat
al-Irshad»,
«Harakat
al-Ansar»;
Afg„onistonda – «Jama'a al-afgan al-modjaxedin» va «Tolibon»;
Turkiyada – «Boz qurt»; Shimoliy Kavkazda – «Islom jamoalari»,
«Imom armiyasi» va boshqa salafiylik guruhlari
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: