102
yuqori qismida, diafragma va jigarning ostida joylashadi. Uning 3/4 qismi chap
qovurg’a
osti sohasida, 1/4 qismi qorin usti sohasida turadi.
Uning xajmi xam ovqat bilan to’lishiga qarab o’zgarib turadi. Yoshi katta
odamlarda uning xajmi 1-3 l, uzunligi o’rtacha 25-30 sm, eni 12-14 sm bo’ladi.
Me’daning biroz turtib chiqqan, pastga qaragan tomoni katta aylanasi, o’ng va
yuqori tomonga qaragan kichik aylanasi ajratiladi. Me’daning kirish qismi
,
tubi,
chiqish qismi
farqlanadi
.
Me’daga kirish qismi bog’lag’ichlar bilan diafragmaga, chiqish qismi orqa
qorin devoriga birikkan bo’lib, qolgan qismi erkin xarakat qiladi. Me`da devori
uch qavatdan: shilliq, shilliq osti, muskulli va seroz qavatdan tuzilgan bo’ladi.
Shilliq qavat pushti rangda bo’lib, juda ko’p burma hosil qilgan, ustki yuzasi bir
qavat prizmasimon epiteliy xujayralari bilan qoplangan. Shilliq qavat tagida juda
ko’p miqdorda naychasimon bezlar joylashgan. Bu qavatdagi bezlarning umumiy
soni odamda 14 millionga etadi. Bu bezlar me’daning tubi kardiy, pilorik bezlar
deb nomlanadi. Naysimon bezlarning yo’li me’da chuqurchalariga ochiladi.
Asosiy xujayralarning tanasi va tagi pepsin fermenti ishlab chiqaradi. O’rab
turadigan xujayralar pepsin fermentini aktivlashtiradigan xlorid kislota ajratadi.
Pepsin fermenti oqsillarni parchalaydi. Me’daning chiqish qismida o’rab turuvchi
xujayralar bo’lmaydi. Shuning uchun bu qismdan kislotali shira emas, balki
kuchsiz ishqoriy xususiyatga ega bo’lgan, faqat pepsinni o’zida saqlagan shira
ajraladi. Shilliq qavatning tagida shilliq osti qavat joylashgan bo’lib, u yumshoq
biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Unda qon tomirlari va nerv tolalari ko’p bo’ladi.
Me’daning muskul qavati: tashqi ko’ndalang, doiraviy va ichki bo‘ylama
muskullardan tuzilgan. Doiraviy muskullar me’daning kirish qismida, me’da
tanasining chiqish qismiga o’tish joyida yaxshi rivojlangan. Bu muskullar
me’daning kirish va chiqish qismida sfinkterнi hosil qiladi.
Me’da ustki tomondan seroz qavat bilan o’ralgan. Bu qavat yupqa
biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, qorin pardasining ichki varag’idan hosil
bo’ladi. Me’daning oldingi-orqa yuzalarini qoplagan seroz parda katta-kichik
103
aylanalarda birlashib, me’da-jigar, me’da-taloq bog’lamlarini hosil qiladi va katta
charviga tutashadi. Me’daning shakli va joylashishi odam gavdasining tuzilishiga
bog’liq. Uning quyidagi turlari uchraydi: 1.Qarmoq shaklidagi me’da (80%
holatda) normosteniklarda uchraydi. 2. Shox shaklidagi me’da gipersteniklarda
uchraydi va diafragma yuqori turgani uchun yuqori va qiya joylashadi. 3.
Uzaytirilgan qarmoq yoki paypoq shaklidagi me’da asteniklarda uchraydi.
Bunday me’daning tanasi uzun bo’lib, pilorik qismi yuqoriga tez ko’tariladi. Havo
pufagi bo’ylamasiga cho’zilgan noksimon shaklda бўладi
6
. Me’daning shakli
yoshga va jinsga ham bog’liq: ayollarda ko’pincha uzaytirilgan paypoq shaklidagi
me’da uchrasa, bolalar va qariyalarda shox shaklidagi me’da uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: