99
chaynash muskulining ustidan o’tib, og’iz dahliziga, yuqorigi 2-jag’ tish sathida
ochiladi. Bu bez 7 bo’lakdan iborat bo’lib, qon tomirlar va nervlar bilan yaxshi
ta`minlangan. Jag’ osti so’lak bezi bo’yinning yuqori qismida, pastki jag’ ostida
joylashgan. Uning vazni 15 g gacha etadi. So’lak chiqarish yog’li til ostiga, til
tutqichining 2 yoniga ochiladi.
Til osti so’lak bezi
til ostida joylashgan bo’lib, so’lak chiqarish yo‘li jag’ osti
so’lak bezining so’lak yo’li bilan birga yoki aloxida til tutqichi asosiga ochiladi.
Xalqum.
Halqum
(pharynx)
bosh va bo’yin sohasida joylashgan toq a’zo bo’lib, hazm
va nafas tizimiga kiradi. U voronkasimon shaklda bo’lib uzunligi 12-14 sm
tashkil etadi. Halqum yuqorida kalla asosiga birikadi. Pastda u VI-VII bo’yin
umurtqalari sohasida qizilo’ngachga o’tib ketadi. Kalla asosiga birikkan yuqori
devorini halqum gumbazi deyiladi. Halqumning orqa devori bilan bo’yin fastsiyasi
o’rtasida bo’sh biriktiruvchi to’qima bilan to’lgan halqum orqa sohasi joylashgan.
Halqumning old tomonida burun bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i va hiqildoq
joylashgan bo’lib, nafas yo’li hazm yo’li bilan kesishadi. Bu a’zolarga nisbatan
halqumda uch: burun, og’iz va hiqildoq qismi tafovut qilinadi.
Halqumning burun qismi halqum gumbazi bilan yumshoq tanglay o’rtasida
joylashgan. U o’ng va chap xaonalar vositasida burun bo’shlig’i bilan tutashgan.
Halqum gumbazini orqa devorga o’tish joyida limfoid to’qima to’plami - halqum
murtagi joylashgan. Halqumning burun qismini yon devorida eshituv nayining
halqum teshigi, uning ust va orqa tomonida eshituv nayi bo’rtiq maydoni
joylashgan. Halqumning og’iz qismi tanglay chodiri bilan hiqildoqqa
kirish teshigi
o’rtasida joylashgan. Bu qism old tomondan tomoq teshigi vositasida og’iz
bo’shlig’i bilan qo’shiladi. Halqumning og’iz qismida til ildizi sohasida til murtagi
va juft tanglay murtagi joylashgan.
100
30-rasm. Halqum
Halqumning hiqildoq qismi hiqildoqning orqasida hiqildoqqa kirish
teshigidan qizilo'ngachgacha davom etadi.
Xalqumda ovqat yutish va nafas olish yo’llari bir - biri bilan kesishadi. Bu
nafas organlari oldingi ichakdan rivojlanganligining dalilidir. Ovqat yutish vaqtida
kichik tilcha ko’tarilib, burun bo’shlig’ini, xiqildoq ustligi pastga tushib,
xiqildoqni berkitadi va ovqat og’izdan tomoqqa, undan qizilo’ngachga o’tadi.
Qizilo’ngach
(
esophagus)
xalqumni me`da bilan birlashtiruvchi muskul
naydan iborat. Uning uzunligi 25-30 sm bo’lib, 6- bo’yin umurtqasidan boshlanib,
XII ko’krak umurtqasigacha davom etadi. Qizilo’ngach traxeyaning orqasida
joylashgan. U 3 qismdan: bo’yin, ko’krak va qorin qismlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: