Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

Akkumulatorlar  batareyasini  yuklama  ostida  tekshirish.  Ak-
kumulatorni yuklama ostida tekshirishdan avval elektrolit zichligi
indikatori ko‘rinishiga qarab, batareyaning zaryadlanganlik da-
rajasi aniqlanadi:

 indikator qora rangda, o‘rtasida yashil nuqtasi bor — akku-
mulatorni  yuklama ostida tekshirishni darhol boshlash mumkin;

  indikator  qora  rangda,  yashil  nuqta  yo‘q  —  akkumulator
avval zaryadlanadi va so‘ngra, yuklama ostida tekshiriladi.


21
Akkumulatorlar  batareyasini  yuklama  ostida  tekshirish  qu-
yidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) akkumulator qisqichlariga voltmetr va tester ulanadi;
b) akkumulatorlar batareyasiga 15 soniya davomida 300 A yuk-
lama beriladi;
d) batareyaning sig‘imini tiklash uchun 15 soniya vaqt berib,
so‘ngra tavsifnomasida ko‘rsatilgan nominal tok miqdorida (test
yuklamasi)  yuklama  beriladi.  15  soniyadan  keyin  batareya  qis-
qichlaridagi kuchlanish o‘lchanadi va yuklama olinadi;
e) agar o‘lchangan kuchlanish 2.2-jadvaldagi ko‘rsatkichlardan
past  bo‘lmasa,  akkumulatorlar  batareyasi  soz,  ishlatish  mum-
kin. Agar olingan natija jadvaldagi ko‘rsatkichlardan past bo‘lsa,
bu  akkumulatorni  almashtirish  zarur.
2.2-jadval
Elektrolit harorati
21°C 20°C 0°C –16°C –18°C –18°C dan past
Kuchlanishning mini-
mal qiymati,  V
9,6
9,4 9,1
8,8
8,5
8,0
Akkumulatorlar  batareyasini  zaryadlash.  Akkumulatorlarni
zaryad  qilish  uchun,  odatda,  maxsus  o‘zgarmas  tok  manbala-
ridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda avtokorxona sharoitida zaryad-
lashning ikki usuli qo‘llaniladi:

 zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmas bo‘lganda;

 zaryadlash kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganda.
Òok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash. Bu usulda zaryad
qilinganda  akkumulatorlar  batareyasi  o‘zgarmas  tok  manbayiga
ketma-ket ulanadi (2.7-rasm, a). Zaryadlash davomida tok qiy-
matini o‘zgarmas holda saqlash va uni nazorat qilish uchun ak-
kumulatorlarga ketma-ket reostat va ampermetr ulanadi.
Zaryadlash jarayoni bir yoki ikki bosqichda amalga oshiri-
lishi mumkin.  Bir bosqichli  jarayonning  boshidan  oxirigacha
zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmaydi va u 0,05C
20
 ga teng
bo‘ladi (C
20
 — akkumulatorning nominal sig‘imi). Ikki bosqichli
jarayonda, elektrolitda  gaz ajralib chiqish  boshlanguncha ak-
kumulator qiymati 0,15C
20
 ga teng tok bilan zaryadlanadi (1-bos-
qich).  Bunda  akkumulatorning  har  bir  bankasidagi  kuchla-
nish 2,4 V gacha ortadi (2.7-rasm, b). Shundan keyin, zaryad-
lash toki 2—3 marta kamaytiriladi va jarayon 0,05C
20
 ga teng tok
bilan tugallanadi (2-bosqich).


22
Ikki bosqichli zaryadlash jarayonining afzallik tomoni shundan
iboratki,  birinchidan,  akkumulatorlarni  to‘la  zaryadlash  uchun
ketadigan vaqt tejaladi (1-bosqichda zaryadlash tokining oshiri-
lishi  hisobiga),  ikkinchidan,  zaryadlash  oxirida  elektrolit  qattiq
«qaynab» ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (2-bosqichda zaryadlash to-
kini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga) va natijada, plastinalar-
dagi aktiv massa muddatidan avval yemirilishining oldi olinadi.
Kuchlanishi U
tm
 ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tok manbayiga ket-
ma-ket ulanishi mumkin bo‘lgan akkumulator bankalarining soni
(reostat qarshiligi R=0 bo‘lganda) quyidagicha aniqlanadi:
n = U
tm
 / 2,7,
bu yerda, U
tm
 — o‘zgarmas tok manbayining kuchlanishi, V;
2,7 — zaryadlash oxirida har bir akkumulator elementiga to‘g‘ri
keladigan kuchlanish, V.
Zaryadlashga qo‘yilayotgan akkumulator batareyalarning sig‘imi
bir  xil   yoki  imkon  boricha  bir-biriga  yaqin bo‘lishi  kerak,  aks
holda zaryadlash toki qiymatini sig‘imi eng kichik bo‘lgan batareya
bo‘yicha belgilashga to‘g‘ri keladi va sig‘imi katta bo‘lgan batareya-
lar juda sekin zaryadlanadi.
Òok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash, hozirgi vaqtda
akkumulatorlarni zaryad qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu
usul yordamida akkumulatorlarni to‘la zaryadlashga erishish mumkin.
Bundan tashqari, zaryadlash tokining qiymatini ma’lum chegarada
tanlash,  uni  rostlab  turish  va  nazorat  qilish  imkoniyati  borligi,

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish