Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
–
FAT (File Allocation Table – fayllar joylashtirish jadvali);
–
FAT32 (File Allocation Table, 32 bit – 32 razryadli fayllar
joylashtirish jadvali);
–
NTFS (Windows NT File System – Windows NT fayllar
tizimi).
FAT16 fayl
tizimi. Bu MS-DOS operatsion tizimidan meros
bo‘lib qolgan eng dastlabki fayl tizimidir. Unda har bir faylga
mos holda klaster zanjiri qo‘yilgan. Disk maxsus FAT (File
Allocation Table – fayllar joylashuvi jadvali) jadvaliga ega, unda
har bir klasterga 16 bit maydon ajratilgan. Bu maydon keyingi fayl
klasteriga ko‘rsatmani o‘z ichiga oladi. Maxsus belgilar klaster
bo‘shligi, yoki yuzasi nuqsonlar tufayli ishlatishga yaroqsiz, yoki
faylning so‘ngi klasteri hisoblanishini ko‘rsatishga imkon beradi.
Katalogda har bir fayl uchun uning birinchi klaster raqami va
faylning so‘nggi klasterida band bo‘lgan maydon hajmi ko‘rsatiladi.
Shuning o‘zi fayl to‘liq o‘qilishi uchun yetarli bo‘ladi (3.6-rasm).