Diskda bo‘limlarni tashkil qilish.
Qattiq diskda yaratilgan
bo‘limlar turli xil fayl tizimlarining quvvatlanishini ta’minlaydi,
ulardan har biri diskning ma’lum bo‘limida joylashadi.
Har bir fayl tizimida
klasterlar
yoki
xotiraning yagona
bloklari
deb ataladigan, mantiqiy element bo‘yicha fayl
egallaydigan maydonni taqsimlashga imkon beradigan aniq bir
usuldan foydalaniladi. Qattiq diskda bo‘limlar soni bittadan
to‘rttagacha bo‘lishi mumkin, ulardan har biri bir yoki bir necha
tipdagi fayl tizimlarini quvvatlaydi.
Bo‘limlar yaratilgandan so‘ng operatsion tizim vositalari
yordamida yuqori darajali formatlashni bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |