Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
Quyi darajali formatlash. Quyi darajali formatlash
jarayonida diskning yo‘laklari sektorlarga bo‘linadi. Bunda
sektorlar sarlavhasi va natijasi (prefikslar va suffikslar)
yoziladi, shuningdek, yo‘laklar va sektorlar orasidagi intervallar
shakllanadi. Har bir sektorning ma’lumotlar sohasi soxta
qiymatlar bilan yoki maxsus ma’lumotlarning test to‘plami
bilan to‘ldiriladi. Qattiq diskning yo‘laklaridagi sektorlar soni
kontroller va jamlagich interfeysiga bog‘liq bo‘ladi.
IDE va SCSI jamlagichlarining deyarli barchasida
zonali yozish deb ataladigan yo‘laklardagi o‘zgaruvchi sonli sektorlar
ishlatiladi. Markazdan uzoqda joylashgan, ya’ni nisbatan uzun
bo‘lgan yo‘lak lar markazga yaqin joylashgan yo‘lakka qaraganda
ko‘p sonli sektorlarni o‘z ichiga oladi. Qattiq disk sig‘imini
oshirish usullaridan biri – ichki silindrlar bilan solishtirganda
tashqi silindrlarni ko‘p sonli sektorlarga bo‘lishdir. Nazariy
jihatdan tashqi silindrlar ko‘p ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi
mumkin, negaki katta aylana uzunligiga ega (3.4-rasm).