Yuqori darajali formatlash.
Yuqori darajali formatlashda
operatsion tizim ma’lumotlar va fayllar bilan ishlash uchun
strukturani yaratadi. Har bir bo‘limga (mantiqiy disk) tomning
yuklash sektori (Volume Boot Sector – VBS), fayllar joylashuvi
jadvalining ikki nusxasi (FAT) va o‘zak katalog (Root Directory)
kiritiladi. Bu ma’lumotlar strukturasi yordamida operatsion tizim
disk maydonini taqsimlaydi, fayllar joylashuvini kuzatadi va
diskdagi nosoz joylarni aylanib o‘tadi.
Yuqori darajali formatlash – bu
formatlash emas, balki fayllar
joylashuvining jadvali va disk mundarijasining yaratilishidir.
Haqiqiy formatlash – bu quyi darajali formatlash, bunda disk
yo‘lak va sektorlarga bo‘linadi. Qattiq diskning quyi darajali
formatlashni bajarish uchun disk ishlab chiqaruvchi tomonidan
taqdim etiladigan maxsus dastur kerak.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |