Quritish fazasi.
Tamakini so’litishda xlorofill donachala-rining parchalanishi oqsil va
kraxmalning parchalanishi bilan bir vaqtda borishi sababli bargning sarg’ayishi so’litish
tamom bo’l-ganligi va ikkinchi faza – quritishga o’tish kerakligini bildiradi.
So’litilgan tamaki bargi tarkibida 65-70 foiz suv bo’ladi. Agar bu suv ma’lum tezlikda
barg tarkibidan chiqarib yuborilmasa, barg to’qimalarida oksidlanish jarayoni natijasida
sariq rang to’q tus olib, asta-sekin jigarrang va qo’ng’ir tusga kiradi. Bu esa, mahsulot
sifatining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun quritirgda tamaki barglaridagi suvning
bug’lanish tezligini boshqarib, turli rang va tusdagi xom ashyo olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |