4
So’z boshi
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston taraqqiyotning yuksak pog‘onalariga
ko‘tarilayotgan bugungi kunda mamlakatimizning nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki
ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda.Uzoq tarixga ega bo’lgan
madaniyatimiz va adabiyotimiz boyliklarini tiklash, ularni o‘rganish, yanada
teranroq tahlil etish adabiyotshunosligimizning ustuvor vazifalaridan biriga
aylandi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, «o‘z
tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo‘lmaydi», deb qayta-
qayta ta’kidlaydiki, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni
ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Bu masalada, ya’ni ko‘p asrlik
davlatimiz tarixini yaratishda uzoq o‘tmishimiz, tarixiy tomirlarimiz bo‘yicha o‘z
mustaqil fikrimizga, chuqur ilmiy asosga ega bo‘lishimiz shart. «Haqqoniy tarixni
bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas... Bir so‘z bilan aytganda,
davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixi keng jamoatchiligimiz uchun
g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim»
1
— deb uqtirgan edi Islom
Karimov o‘zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida.
Binobarin, tarixiy mavzularda yaratilgan asarlarni o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki yosh avlodni ona-yurt va Vatanga chuqur muhabbat
ruhida tarbiyalashda tarix kitoblarining o‘rni beqiyosdir.
Ma’lumki, adabiyotimiz tarixining barcha bosqichlarida tarixiy mavzularda
asar yozish an’ana tusini olgan. Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam»,
«Tarixi anbiyo va hukamo» kabi asarlari fikrimizning yorqin dalilidir. Tarix
kitoblari yozish XVII-XIX asrlarda ham davom etdi. Biz buni Xorazm adabiy
muhiti vakillari misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Xususan, XVII asrda
Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima», XIX asrda
Munis va Ogahiyning «Firdavsul-iqbol», Ogahiyning «Riyoz ud-davla», «Zubdat
ut-tavorix», «Jomi’ ul-voqeoti sultoniy», «Gulshani davlat», «Shohid ul-iqboli
Feruzshohiy», XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Bayoniyning «Shajarai
1
Каримов И.. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Тошкент: Ўзбекистон, 1998. –Б.19.
5
Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» asarlari yaratildi
2
. Bu asarlar XVII-XX asr
boshlaridagi Xorazm tarixini tasvirlashga, ijtimoiy hayot, tarixiy voqea-hodisalarni
bayon etishga bag‘ishlangan. Mazkur asarlar faktik materillarga boyligi, voqealarni
bayon etish uslubi va boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Bu asarlarning
yana bir qimmati shundaki, ularda tarixiy voqealarning bayoni bilan birgalikda
madaniy-adabiy hayotga doir xilma-xil qiziqarli ma’lumot va materiallar beriladi.
Binobarin, bu asarlar XVII-XX asr boshlari madaniy hayotini, jumladan, adabiy
hayotni yoritishda muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida tilga olingan asarlarni o‘rganish borasida amalga oshirilgan
tadqiqotlardagi ma’lumot va materiallarni umumlashtirish Xorazm adabiy
muhitidagi tarixiy asarlar yozish an’anasi xususidagi tasavvurlarimizni
kengaytiradi, yurtimiz tarixini, shu davrlardagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy
hayot tarzi va mohiyatini teranroq anglashga yordam beradi. Bu tanlangan
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: