II bob. XIX asr I yarmi XX asr boshlari Xorazm adabiy
muhitida tarixnavislik an’anasi rivoji
2.1. Ogahiyning tarixnavislik faoliyati
XVIII asrda Turkiston o‘lkasida ro‘y bergan o‘zaro to‘qnashuvlar, toju taxt
uchun yuz bergan kurashlar natijasida bu erda 3 ta mustaqil xonlik vujudga keldi.
Qo‘qonda o‘zbeklarning minglar, Buxoroda mang‘itlar, Xivada qo‘ng‘irotlar
sulolasi davlat tepasiga keldi va hukmronlik qila boshlaydilar. Har uchala davlat
ham o‘zbeklar qo‘l ostida bo‘lishiga qaramasdan, tarixnavislik Buxoro va Qo‘qon
xonliklarida eski an’anaga muvofiq, fors-tojik tilida olib boriladi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, faqatgina Xiva xonligida bu soha o‘zbek
adabiy tilida amalga oshiriladi. O‘zbekcha ajoyib tarixiy asarlar yaratiladiki,
ularning har biri nafaqat Xiva xonligi, balki butun Turkistonning voqealarga boy
o‘tmishi sahifalarini haqqoniy va hayotiy faktik ma’lumotlar asosida yoritishda
beqiyos ahamiyatga egadir.
XVIII asr oxiriga kelib, Xorazmdagi siyosiy ahvol izga tushadi, taxtni
egallagan qo‘ng‘irotlar sulolasi o‘lkada madaniy hayotni, xususan, tarixnavislikni
rivojlantirishga katta e’tibor qaratadilar,
Bu mas’uliyatli va xayrli ishlarni bajarish XIX asr o‘zbek madaniyati
tarixining yorqin yulduzlaridan biri Muhammadrizo Ogahiy zimmasiga tushadi.
Ogahiy o‘z davrining zabardast shoiri bo‘lish bilan birga, badiiy adabiyotimiz
xazinasini o‘lmas tarjima asarlari bilan boyitgan tabarruk zotdir. U o‘nlab badiiy
va tarixiy asarlarni yuksak mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qiladi. Tarjima
asarlari orasida «Ravzat-us-safo», «Zafarnoma», «Nodirnoma», «Tabaqoti
Akbarshohiy»,»Tazkirai Muqimxoniy» kabi nodir tarixiy kitoblar mavjud. Ogahiy
o‘zining bu tarixiy asarlari bilan Xorazmning yarim asrdan ortiqroq davrini yoritib
beruvchi qimmatli tarixiy xronikasini yaratadi va O‘rta Osiyodagi tarixnavislik fani
taraqqiyotiga qimmatli hissa qo‘shdi. Uning tarixiy asarlari yirik sharqshunos
33
tarixchi olimlar V.V.Bartold, S.P.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov,
Ya.G‘.G‘ulomov, M.Yo‘ldoshev va Q.Munirovlar tomonidan yuksak baholandi.
Bizga ma’lumki, Ogahiy Xiva taxtiga ketma-ket kelib ketgan 8 xon
hukmronligi davrida yashadi va faoliyat ko‘rcatdi, U xonlarning harbiy
yurishlarida qatnashdi, barcha voqea va hodisalarni bevosita o‘z ko‘zi bilan ko‘rib,
keyinchalik tarixiy asarlarida haqqoniy aks ettirdi.
Ogahiyning tarixiy asarlari, o‘z navbatida, o‘ziga xos uslubda yozilgan
badiiy nasr namunasi ham hisoblanadi. Ularda har bir tarixiy voqea badiiy tarzda
bayon qilib beriladi va ba’zi o‘rinlarda she’riy parchalar ham ishlatiladi. SHe’riy
parchalar masnaviy, qita, bayt, ruboiy, fard tarzida har bir voqea tasviri va ruhiga
mos ravishda qo‘llaniladi. SHoirning tarixiy asarlari tarkibidagi she’rlari ham
alohida tadqiqotni talab qiladiki, bu g‘oyatda muhim jihat hamon tadqiqotchilar
e’tiboridan chetda qolib kelmoqda.
Ogahiyning deyarlik barcha tarixiy asarlarida faqat o‘zbek xalqigina emas,
balki Xorazm diyorida yashagan qardosh xalqlar - turkmanlar, qoraqalpoqlar,
qozoqlar va boshqa guruhlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi, Ayniqsa,
turkman va qoraqalpoq xalqlari ahvoli va ularning ijtimoiy-madaniy vaziyatlari,
turli xil harakatlari va qo‘zg‘olonlari beg‘araz tarzda xolisona yoritib berilgan.
Bular Ogahiyning juda odilona ish tutganligidan darak beradi. Ayniqsa,
qoraqalpoqlarning Oydo‘stbiy boshchiligidagi, turkman va qozoq aholisining o‘z
oqsoqollari boshchiligidagi Xiva xonlari zulmiga qarshi kurashga otlanishlari, xon
va boshqa saroy amaldorlarivi yuz-xotir qilmasdan, haqqoniy tasvirlanadi va
tegishli baho berilib, munosabat bildiriladi.
Ogahiyning matnshunoslik nuqtai nazaridan katta ilmiy ahamiyatga ega
bo‘lgan bu qo‘lyozma tarixiy asarlari qariyb yuz yildan buyon olimlar, tarixchilar
va sharqshunoslarning diqqatini o‘ziga tortib kelmokda. Darhaqiqat, Xorazmdagi
o‘zbek davlatchiligi hamda unga qo‘shni bo‘lgan turkman va qoraqalpoq xalqlari
tarixini o‘rganishda ham bu asarlarning ahamiyati kattadir.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |